Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Nukus shahrining 70 yilligiga 
bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi so‘z, 
2003-yil 12-sentabr
Muazzam va mukarram shahar shodiyonasi 
Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar! 
Xonimlar va janoblar! 
Aziz mehmonlar! 
Bugun O„zbekiston xayotida unutilmas kun, ulkan tantana. Qashqadaryo eli, butun 
xalqimiz go„zal va betakror diyorimiz tarixidagi qutlug„ sana – qadimiy Nasaf – 
navqiron Qarshi shahrining 2700 yillik to„yini katta xursandchilik bilan nishon-
lamoqda. 
Mana shu quvonchli ayyom munosabati bilan siz, aziz yurtdoshlarimni, sizlarning 
timsolingizda Qashqadaryo ahlini, butun o„zbek xalqini chin qalbimdan muborakbod 
etib, barchangizga o„zimning hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan 
baxtiyorman. 
Fursatdan foydalanib, bugungi bayramga uzoq-yaqindan tashrif buyurgan qadrli 
mehmonlarimizni, YuNESKO tashkiloti, xorijiy davlatlar elchilari va xalqaro 
tashkilotlar vakillarini, chet el ommaviy axborot vositalari xodimlarini bag„rikeng va 
mehmondo„st xalqimiz nomidan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. 
Hurmatli yurtdoshlar! 
Har bir qarich yeri muqaddas bo„lgan ona O„zbekistonimiz tuprog„ida joylashgan 
va butun jahon ahliga o„zini tanitgan, yoshi asrlar, ming yillarga teng keladigan 
mashhur shahar va maskanlar, bebaho moddiy va ma‟naviy meros yodgorliklari bilan 
xalqimiz, barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Birgina saxovatli Qashqadaryo 


509 
zaminida 2700 yillik tarixga ega, nufuzli YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan 
e‟tirof etilgan Shahrisabz va Qarshi kabi shaharlarning mavjudligi ham bizning tarixiy 
ildizlarimiz naqadar chuqur va naqadar qadimiy ekanidan yaqqol dalolat beradi. 
O„zining uzoq va boy o„tmishi davomida goh Nikshapa, goho Naxshab, 
keyinchalik Nasaf degan nomlar bilan atalgan ko„hna Qarshi shahri tarix va 
bashariyat uchun avvalo betakror sivilizatsiya va madaniyat beshigi sifatida, ko„p-
ko„p ulug„ siymolar, buyuk mutafakkir zotlar, aziz-avliyolarning vatani sifatida qadrli 
va mukarramdir. Bu yurt o„z tarixida kimlarni, qanday og„ir va mashaqqatli sinovlar, 
to„fon va suronlarni ko„rmagan. Bu yerga kimlar kelib ketmagan. Aleksandr 
Makedonskiy bosqini, sosoniylar xujumi, arab istilosi, Chingizxonning qonli 
yurishlari, tabiiy ofatlar oqibatida Qarshi shahri necha bor yakson bo„lib, vayronaga 
aylangan. Bu yurt ne-ne xonlar, amirlar, chor istilosining zulm va zo„ravonliklarini 
boshidan kechirgan. 
Yaqin o„tmishda, mustabid tuzum davrida ham shu betakror yerda yashayotgan, 
o„z qadr-qimmatini chuqur anglaydigan elni qatag„on qilish, tazyiq ostiga olish, uning 
ustidan turli bo„hton va uydirmalarni to„qish, sha‟ni va g„ururini toptash kabi qanday 
azob-uqubatlarni Qashqadaryo ahli boshidan kechirgani, jabr tortgani hali-beri 
yodimizda. Lekin, har qanday qirg„in va fojialarga qaramasdan, bu vohaning, 
Qarshidek umri boqiy shaharning hayot va davr sinovlaridan omon o„tib, mana shu 
yorug„ kunlarga yetib kelgani shu zaminda yashab o„tgan ajdodlarimiz, bugun hayot 
kechirayotgan avlodning mustahkam irodasi, erkinlik va ozodlikka intilish tuyg„usi 
naqadar kuchli ekanining tasdig„idir, desam, hech qanday mubolag„a bo„lmaydi. 
Bugungi kunda Qarshi shahrining nafaqat ko„hna tarixiy maskan, balki har qanday 
odamning ham e‟tiborini o„ziga tortadigan navqiron, zamonaviy shaharga aylanib 
turgani istiqlolimizning beqiyos qudrati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining amaliy 
isbotidir. 
Aziz do„stlar! 
Qadimiy Nasaf shahri nafaqat o„zining muhtasham asriy obidalari, balki ilm-u fan, 
hunarmandchilik, adabiyot va san‟at, muqaddas islom dini, islom falsafasi rivojiga 
ulkan hissa qo„shgan buyuk farzandlari bilan tariximizda alohida o„rin tutadi. Uning 
o„z davrida musulmon olamidagi madina, ya‟ni muazzam shahar maqomiga ega 
bo„lgan sakkiz shaharning biri sifatida tarixiy manbalarda e‟tirof etilishi ham bu 
fikrning yorqin dalilidir. 
Ayniqsa, bu tabarruk maskanda shakllangan yuksak madaniyat, ilmiy-ma‟naviy 
muhit tufayli bu yerdan Nasafiy taxallusi bilan nom qozongan yuzlab fozil insonlar 
yetishib chiqqan va ular o„z ona yurti shuhratini butun dunyoga tarannum yetgan. Ana 
shunday betakror siymolar qatorida hadis ilmining bilimdonlaridan Abul Abbos al-
Mustag„firiy, Abu Turob Naxshabiy, yetuk shoir va olimlar Ziyoviddin Naxshabiy, 
Muyididdin Nasafiy, Sayido Nasafiy, huquqshunos alloma Najmiddin Nasafiy, kalom 
ilmining namoyandasi Abul Mu‟in Nasafiy, faylasuf Aziziddin Nasafiy, mohir 
me‟morlar Ali Nasafiy, Olim Nasafiy va boshqa ko„plab ulug„ zotlarning mo„tabar 
nomlarini bugun hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. Ularning boy ilmiy va ijodiy 


510 
faoliyati, qoldirgan merosini har tomonlama chuqur o„rganish, bu bebaho boylikni 
kelgusi avlodlarimizga yetkazish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Taassufki, yurtimizda istilochi va mustabid tuzumlar, qadriyatlarimizni yo„q 
qilishga qaratilgan zo„ravon mafkura hukmronlik qilgan yillarda bizni ana shunday 
buyuk madaniy meros, ma‟naviy boyliklardan, o„zligimiz, din-u diyonatimizdan judo 
qilish, xalqimizning milliy g„ururini sindirish maqsadida Qarshi shahridagi ko„plab 
qadimiy va betakror obidalar buzib tashlandi, Abdulaziz va Qilichbek madrasalari, 
Odina masjidi kabi omon qolgan ayrim me‟moriy obidalar esa qamoqxonalarga 
aylantirildi. Allaqanday, «Ardom», «Damzah» degan mudhish nomlar bilan ataldi. 
Mana shuning uchun buyuk tariximizni har tomonlama chuqur o„rganish, undan 
zarur saboq chiqargan holda yo„l tutish, boshqacha aytganda, moziyga qaytib ish 
ko„rish xayrlidir. Bugungi dorilamon kunlarda erkin va ozod nafas olib yashar 
ekanmiz, yaqin o„tmishimizda yuz bergan ana shunday mash‟um kunlarni, ularning 
saboqlarini hech qachon unutmasligimizni istardim. 
Qadrli vatandoshlar!
Biz Qarshi shahrining 2700 yillik to„yini nafaqat milliy tariximiz, balki 
umumbashariy taraqqiyot tarixida beqiyos o„rin egallaydigan ulug„ ajdodimiz, buyuk 
davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning 670 yillik tavallud 
ayyomi bilan birga nishonlamoqdamiz. Buning zamirida teran ramziy ma‟no, o„ziga 
xos tarixiy bog„liqlik bor, albatta. Nega deganda, o„z timsolida millatimiz, xalqimizga 
mansub bo„lgan aql va zakovat, bag„rikenglik va Vatanga sodiqlik, qat‟iyatlik va 
bunyodkorlik salohiyatini mujassam etgan va dunyoga namoyish qilgan Amir 
Temurning hayoti va faoliyatini, uning milliy ozodlik uchun, mustaqil va qudratli 
davlat barpo etish uchun olib borgan kurashini Qarshi shahrisiz tasavvur etib 
bo„lmaydi. 
Sohibqiron hazratlarining xalqimizni mo„g„ul zulmidan xalos etish, parokanda el 
va elatlarni birlashtirish, diyonat va adolatni qaror toptirish, ilm-fan, ma‟rifat va 
madaniyatni yuksaltirish yo„lidagi buyuk orzu-niyat va intilishlariga mana shu Qarshi 
zamini mustahkam qanot bergan, desak, haqiqatni aytgan bo„lamiz. Ayni Qarshi 
diyoridan yetishib chiqqan tabarruk zot piri murshid Shamsiddin Kulolning oq 
fotihasini olib, Amir Temur ezgu maqsadlar yo„lida ilk qadamlar qo„ygani, 
Sohibqiron bobomizning oqilona siyosati va sa‟y-harakatlari tufayli ushbu shahar 
Movarounnahrning yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylangani 
haqida ko„hna tariximiz guvohlik beradi. 
Mana, qariyb yetti asrdirki, Amur Temur bobomizning o„lmas nomi, so„nmas 
shon-shavkati, bunyodkorlik faoliyatiga bo„lgan qiziqish butun dunyoda tobora 
kuchayib bormoqda. Buni birgina shu yilning o„zida Ispaniya, Belgiya, Fransiya kabi 
mamlakatlarda ulug„ ajdodimizning tavallud ayyomiga bag„ishlab o„tkazilgan qator 
ilmiy anjuman va ma‟rifiy tadbirlar, xususan, kuni kecha Parijda mashhur olim 
Lusyen Keren tomonidan «Samarqandga – Amir Temur davriga sayohat» nomli 
fundamental asarning nashr etilgani misolida ham ko„rish mumkin. 


511 
Bir so„z bilan aytganda, o„z davrining yengilmas qahramoni, millatning haqiqiy 
yetakchisi, favqulodda buyuk shaxs, buyuk inson bo„lgan Amir Temurning betakror 
hayoti va faoliyati, jasorati va ibrati bugungi kunda bizning yorug„ kelajagimizga 
ishonch bag„ishlaydi, oldimizga qo„ygan maqsadlarga erishish uchun cheksiz kuch-
quvvat, qat‟iyat va shijoat baxsh etadi. 
Hurmatli do„stlar! 
Taqdir deymizmi, tuz-nasiba deymizmi, hayotimning uzviy bir qismi, hech 
unutilmas davri mana shu Qashqadaryo zaminida kechdi. Shu bois, men bu go„zal 
yurtga nisbatan qalbim to„rida mehr-muhabbat tuyg„usini saqlab, qizg„in mehnat, 
ezgu orzu-niyat va intilishlar bilan o„tgan o„sha yillarni doimo minnatdorlik bilan 
eslayman. O„sha murakkab paytlarda og„ir muammolar girdobida qolib ketgan 
Qashqadaryo viloyatida mavjud bo„lgan nochor ahvolni o„nglash, yurtni obod etish 
yo„lida siz, azizlar bilan qanday harakatlar, qanday katta maqsad va rejalarni amalga 
oshirishga erishganimiz, o„ylaymanki, barchamizning xotiramizda yorqin sahifa 
bo„lib qolajak. 
Shaxsan men umrimning eng qizg„in, suronli va baxtli damlarini Qashqa vohasida 
o„tkazganimni, shu yurtda o„zim uchun hayotiy maktab, katta tajriba topganimni, 
sizlarning quvonch va tashvishlaringizga sherik bo„lib, mehr-oqibat ko„rganimni hech 
qachon unutmayman. 
Oradan yillar o„tib, istiqlolga erishib, o„z taqdirimizni o„z qo„limizga olganimizdan 
so„ng, Qashqa vohasining qadimiy tarixi, yuksak nufuzini qayta tiklashga, Qarshi 
shahrini o„z salohiyati va avvalo, shu yurtda yashayotgan mard va tanti xalqning 
mehnati bilan mamlakatimizning eng go„zal va ko„rkam shaharlaridan biriga, yirik 
sanoat va madaniyat markaziga aylantirishga muyassar bo„ldik. Qarshi shahrining 
qutlug„ to„yi munosabati bilan viloyatda faqat so„nggi ikki yil davomida ko„plab 
obyektlarda amalga oshirilgan qurilish, kapital ta‟mirlash va rekonstruksiya ishlariga 
qariyb 50 milliard so„m mablag„ sarflanganining o„ziyoq bajarilgan ishlar ko„lami 
qanchalik ulkan ekanini yaqqol ko„rsatib turibdi. 
Bu haqda gapirganda, avvalambor, bu qadimiy shaharning tarixiy qiyofasini 
tiklash maqsadida qilingan ishlarni, xususan, eski shahar qismining, Registon 
maydoni, o„nlab me‟moriy obidalarning tubdan qayta tiklanib-ta‟mirlangani, yangicha 
ko„rk-u salobat kasb etgani barchamizga mamnuniyat bilan birga, beixtiyor 
xalqimizning ruhini ko„taradigan bunday bunyodkorlik ishlarini davom ettirishga 
ishonch bag„ishlaydi. 
Ayni paytda Mustaqillik maydoni, Markaziy va Bolalar istirohat bog„i, amfiteatr 
maydoni, ko„plab yangi turarjoylar, tibbiyot va madaniyat muassasalari, keng va 
ravon ko„chalar, obod bozor va ko„rkam xiyobonlar misolida Qarshi shahrining 
zamonaviy qiyofasini ko„rishimiz mumkin. Ayniqsa, bizning oliy maqsadimiz 
bo„lmish sog„lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga xizmat qiladigan 
zamonaviy litsey va kollejlar, yangi maktablar, Olimpiya zaxiralari sport kolleji
yengil atletika maneji va yopiq suv sporti havzasi, yangi markaziy stadion, xotin-


512 
qizlar sport majmuasi nafaqat viloyatda, balki butun mamlakatimizda alohida o„rin 
egallaydi. 
Qadrli do„stlar, birodarlar, menga buyursa, mana shunday hayajonli daqiqalarda 
Sohibqiron Amir Temur bobomizning yuksak g„urur va iftixor to„la so„zlarini davom 
ettirib, shunday degan bo„lardim: kimki bizning kuch-qudratimizni, xalqimizning 
azm-u shijoatini, qanday buyuk ishlarga qodir ekanini ko„rmoqchi bo„lsa, mana shu 
Qarshi shahrida, butun O„zbekistonda amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlarimizni 
kelib ko„rsin. 
Azizlarim, «Qarshi» degan so„zning «qasr, saroy» degan ma‟noni anglatishini 
ko„pchiligingiz yaxshi bilasiz. Men bugungi xursandchilik kunida qadimiy Qarshi 
shahrini saroydek go„zal shaharga aylantirish uchun kechani kecha, kunduzni kunduz 
demasdan sidqidildan mehnat qilgan qo„li gul quruvchi va ishchilarga, muhandis va 
me‟morlarga, pudratchi va homiy tashkilotlarga, respublika vazirliklari va hokimiyat 
idoralari mutasaddilariga, bu olijanob ishga o„z hissasini qo„shgan barcha insonlarga 
o„z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman. Fursatdan 
foydalanib, qariyb 700 ming tonna g„alla, 435 ming tonnadan ziyod ulkan paxta 
xirmonini bunyod etib, bugungi bayramni yorug„ yuz bilan kutib olayotgan Qarshi 
vohasining mirishkor va fidoyi dehqonlarini, barcha mehnatkashlarini qutlab, 
bag„rimga bosib, qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. 
Aziz va muhtaram vatandoshlarim! 
Ishonchim komilki, yosh avlodimiz, kelgusi nasllar biz boshlagan mana shu 
ishlarning munosib davomchilari bo„lib, ona yurtimiz, bebaho tariximiz, ulug„ 
ajdodlarimiz, qadimiy shaharlarimiz bilan hamisha g„ururlanib yashaydi. Ulardan 
kuch va ruhiy quvvat olib, jonajon O„zbekistonimiz dovrug„ini butun olamga 
tarannum etadi. 
Go„zal Qarshi shahrining qutlug„ to„yi bilan sizlarni yana bir bor muborakbod etib, 
barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat tilayman. 
Ona zaminimiz doimo gullab-yashnasin, fayz-u barakaga to„lsin! 
El-yurtimizni Yaratganning o„zi panohida asrasin! 
Qarshi shahri, Qashqadaryo ahli hamisha omon bo„lsin! 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish