Buyuk Britaniya XVII-XX asr boshlarida
R E J A :
1. XVII asr boshlarida siyosiy taraqqiyot.
2. Inqilob arafasida Angliyadagi ijtimoiy iqtisodiy tuzum.
3. Angliyada inqilobiy vaziyatning vujudga kelishi va inqilobiy
harakatlarning boshlanishi.
4. Parlament va qirol tarafdorlari o‘rtasidagi kurash.
5. Oliver Kromvel va Angliyada Respublikaning o‘rnatilishi.
6. Inqilob natijalari va yuz bergan o‘zgarishlar.
Tarixda shunday voqealar yuz beradiki, bu voqealar jahon siyosiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Ana shunday voqealardan biri XVII asr 40-yillarda bo‘lib o‘tgan Angliya burjua inqilobidir.
XVII asr 40-yillardagi ingliz inqilobi ilk bor burjua jamiyati va davlati tamoyillarini e’lon qildi. Bu inqilob Fransiya, Italiya, Germaniya, Polshada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan bir vaqtda bo‘lib, qo‘shni Fransiyaga juda katta g‘oyaviy tasir ko‘rsatdi. Inqilob Angliyada rivojlangan falsafiy va siyosiy xarakterdagi burjua g‘oyalari, ayniqsa XVIII asr Fransiya burjua inqilobi arafasida Fransuz burjua mafkurasining shakllanishiga yordam berib, Angliyaning o‘zida kapitalizm taraqqiyoti uchun keng imkoniyat ochib berdi. Natijada XUIII asr 2-yarmida bu erda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan sanoat to‘ntarishi yuz berdi.
Angliya XVI-XVII asrlarda agrar mamlakat bo‘lib, XVII asr boshida Angliyadagi aholining 1/5 qismi shaharlarda yashar edi. XVII asr 1-yarmida ingliz savdo floti kichik edi. SHu sababli, Golland kemalaridan foydalanib, turli mamlakatlardan va mustamlakalardan Angliyaga juda ko‘p mahsulotlar tashib kelinar edi. Angliyaning chetga chiqaradigan mollaridan biri dag‘al movut bo‘lib, u Gollandiyada qayta ishlanar edi.
Movut sanoati Angliyaning turli rayonlarida:sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri) , shimoliy okruglarda Yorkshir grafligi, markaziy grafliklarda-Nyuberi shahri va janubiy-sharkda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chikarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chika boshlayotgan edi.
SHunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chikayotgan bo‘lsa ham, ishlab chikarishning kapitalistik formasi etilib kelayotganligi xarakterlidir.
XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlakatlar bilan savdo qiluvchi ko‘plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo‘lishi, ingliz kapitalining er sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maksadida tuzilgan Moskva kompaniyasi va Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.
Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo‘yilishi, Hindistonda va g‘arbiy Afrika qirg‘oqlarida ba’zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz mustamlakachilik siyosati boshlanganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko‘prok, yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog‘liq edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o‘ziga er olishni istar va Evropa talab kilayotgan ba’zi mahsulotlarni kupaytirishdan manfaatdor edi.
SHu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo‘jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining emirilishiga muhim turtki bo‘ldi. Ingliz qishlog‘i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan, so‘ngra ichki bozor bilan bog‘langan edi. Ayniksa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Evropa qit’asiga juda ko‘p jun chiqarilar edi. Angliyaning o‘zida movut to‘qish qanchalik rivojlanayotgan bo‘lsa mamlakat ichida shunchalik ko‘p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o‘sishi Angliyada qo‘ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo‘ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning 1-yarmida mashhur bo‘lib ketgan "g‘ov tutish" ning boshlanishiga turtki bo‘ldi. Qo‘y bokishning ommaviy suratda ko‘paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. G‘ov tutishni ingliz qishlog‘ida katta er egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriatsiya qilishning ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Erdan mahrum qilingan dehqonlarning ko‘payishi g‘ov tutishning natijasi bo‘ldi.
Angliyada kapitallarni o‘z qo‘liga to‘plagan yirik burjuaziya sinf sifatida o‘smokda edi. Burjua manufakturachilari savdo burjuaziyasi bilan birlashib ularga davlat qarz berib turgach chet el bilan alokada bo‘lgan bank-sudxo‘r burjuaziyasiga yaqinlashdilar. Er egasi bo‘lgan ingliz feodallari XVI asrdayoq bo‘linib ketayotgan edi. O‘z xo‘jaligini kapitalistik izga ko‘yayotgan yangi dvoryanlar rivojlana bordi, bular asosan o‘rta va mayda dvoryanlardan iborat edi. Bularning bir qismi XVII asr boshiga kelib lord lavozimini ola oldi. Dedford, Pembrok, Sesil va boshqa nomlar buning yaqqol misolidir. YAngi dvoryanlar asosan Angliyaning janubiy sharqida va markaziy grafliklarida shakllangan edi. Inqilob arafasida Angliyada sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. "YUqori tabaqalar" bilan "quyi tabaqalar" o‘rtasidagi farq chuqurlashdi. Natijada qirol boshchiligidagi rahbar sinf bo‘lgan feodallar bilan dehqonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kuchaydi. Dehqonlar eriga gov tutish va kapitalistik fermerlikning rivojlanishi jamoa manoreal tartibni darhol tugata olmadi. Kopigolder-dehqonlar va boshqa ijorachilar hali ham bor edi. Lekin ularning erini ijaraga olib "egalik qilish" sharoiti borgan sari og‘irlashib bordi. Lord va jentelmenlar odatdagi "eski" rentani oshirmay dehqonlarni ekspluatatsiya kilishning va boshqa usullarini izlab topardilar. Ular juda katta miqdorda fayn to‘lashni talab qilardilar. YA’ni ijorachilar uchun yillik rentadan bir necha bor ko‘proq bo‘lgan bir yo‘la olinadigan bir qator to‘lovlarni tayinlar edilar. Inqilobdan oldingi davrda shaharlarda ham xalq ommasining chiqishlari yuz berib turdi. Burjuaziya inqilobning dastlabki davrida o‘z manfaati uchun ustalik bilan foydalandi. Keyinchalik u o‘zining qirol va eski feodal dvoryanlarga qarshi kayfiyatidan ham foydalanib, dehqonlardan o‘z harbiy otryadlarini tuzdi. Feodal-absolyutistik davlat uzoq vaqt davomida burjuaziya bilan ittifoq bo‘lib turdi. XVI asrda tuyudorlar dinastiyasi davrida bu davlat burjuaziyaga yon berib keldi va bu bilan burjuaziyani XVI asrda g‘alayonlar ko‘tarish oldida turgan dehqon plebey revolyusion kuchlar bilan ittifoq tuzishga yo‘l qo‘ymay, o‘z tomonida saqlab qoldi. Tuyudorlar absolyutizmi fakat feodalarga emas burjuaziyalashgan yangi dvoryanlarga tayanar edi. Tyudorlar davlati dvoryanlar davlatchiligicha qolaverib, kapitalizmning rivojlanishiga va burjua oppozitsiyasining kuchsizlanishiga yordam bergan siyosat olib bordi. Buni shunda ko‘ramizki parlament toifa vakillari organi bo‘lib, butun XVI asr davomida yaqqol namoyon bo‘ldi. Parlamentning umumpalatasida asosan yangi dvoryanlarning vakillari o‘tirib, burjuaziyaning manfaatlarini yo‘qlardi. Ammo parlamentning bunday kelishtiruvchilik roli burjuaziyaning rivojlanishi va kuchayishi bilan o‘zgarib bordi. Parlament asta-sekin absolyutizimga nisbatan oppoziyasiga bo‘lgan organga aylanadi. Tyudorlar dinastiyasining so‘nggi vakili bo‘lgan qirolicha Elizavetta davrida qirollik bilan parlament o‘rtasidagi kelishmovchilik namoyon bo‘ldi. Umumpalata qirolicha hukumining bir qator ya’ni taxt vorisi to‘g‘risidagi, diniy masalalar to‘g‘risidagi, savdo-sanoat monopoliyalarini sotish to‘g‘risidagi tadbirlaridan noroziligini bildirdi. Tyudorlar davrida halq ommasining chiqishlari o‘sib bordi. Irland xalkining ozodlik kurashi ham jiddiy axamiyat kasb eta boshladi. 1603 yil Elizavettaning vasiyatiga ko‘ra YAkov VI Angliyaning qiroli qilib tayinlandi. Angliyada u YAkov I nomini oldi. YAngi dinastiya davrida feodal tuzum bilan burjuaziya o‘rtasidagi ajralish yaqqolroq ko‘rindi. YAngi qirol Angliyaning oq suyak feodal elementlariga tayanib ish ko‘rdi. Parlament YAkov I ga soliq yig‘ish huquqini bermagan paytlarda u juda g‘azablanardi. U 1610 yilda g‘azab bilan "Axir, Fransiya, Daniya, Ispaniya qirollari boj oladilarku, nega men boj olmas ekanman?" der edi. Pul topishga intilib, YAkov I savdo va sanoat monopoliyalarn tuzish huquqini beradigan patentlar sotishni qizitib yubordi. Ammo parlament bu gal ham qiroldan suiste’mol qilishlarni tugatishni talab kildi. 1624 yilda YAkov I davridagi so‘nggi parlament moliya ministri graf Midlseksni sud javobgarligiga tortdi. Qirolning o‘zi ordonans chiqarib, unda qirollikda nimaiki bo‘lmasin sotish, tortib olish, ishlab chikarish yoki iste’mol qilishga monopol huquq beruvchi hamma patentlar bekor qilindi, deb e’lon qildi. Parlament qirolning ichki siyosatidangina emas, balki tashqi siyosatidan ham norozi bo‘lgandi. Elizavetta ispanlarga va katoliklarga qarshi turgan bo‘lsa, YAkov I siyosatni o‘zgartirib men Ispaniya bilan urush holatda emasman deb e’lon qildi. Bunday siyosat ingliz burjuaziyasiga qarshi chiqish degan rap edi, chunki ingliz burjuaziyasi Ispaniyani va mustamlakachilik savdosi sohasidagi raqibi edi. Ispaniya va Niderlandiya o‘rtasida urush davom etayotganligi sababli, Ispanlar Gollandlarni yoki Golland tovarlarini qidirish bahonasi bilan ingliz kemalarini tez-tez tutib qolar edilar. Ingliz hukumati o‘z savdogarlarining arzlariga quloq solmay kelayotgan edi. Evropada 30-yillik urush boshlanib ketganda YAkov I German protestantlarining boshlig‘i Fridrix Pfalsning qaynatasi sifatida Gabsburglarga qarshi urushda qatnashdi. Ammo YAkov I Germaniya protestantlariga yordam berish o‘rniga, Fridrix Pfalsga imperator tortib olgan erlarni qaytarib olib bermoqchi bo‘ldi. Ispan diplomatlari, chunonchi YAkov I ning cheksiz ishonchiga sazovor bo‘lgan elchi Gondomar uni necha yillar axmoq qilib keldi, chunki Ispan Gabsburglari Avstraliyalik Gabsburglar bilan yagona siyosat yurgizayotgan edilar. 1624 yilda YAkov I o‘z o‘g‘li Karl I ni Ispan malikasiga uylantirish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish uchun Madridga jo‘nadi. Bu diplomatik niyatlaridan, tabiiyki hech nima chiqmadi. YAkov I ning yana shu maqsadga Fridrix Pfalsga yordam berish uchun Fransiya bilan ittifoq tuzishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. SHaxzoda Karl I bilan Fransuz malikasi Genrieta-Mariya o‘rtasidagi nikohni Angliyaliklar sovuqqina qabul qildilar. By nikoh natijasida ingliz saroyi katoliklarning ig‘vo markaziga aylanib ketadi deb xavfsiradilar. Haqiqatdan ham shunday bo‘ldi. YAkov I 1625 yil bahorida vafot etdi. Uni o‘rniga taxtni egallagan Karl I (1625-1649) otasi kabi u ham qirol hokimiyatini cheksiz deb xisobladi. Gersog Bekingemning maslahatlariga amal qilib, aktiv tashqi siyosat olib borishga urindi, lekin muvafaqiyatsizlikka uchradi. Ispaniyaga qarshi urush boshlab, Bekingem 3-ta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalarning asosiy maqsadi Amerikadan Ispaniyaga kumush tashiyotgan ispan kemalarini qo‘lga kiritgan, mahsulotlarni sotib, qirolning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu yo‘l bilan xukumatni parlamentdan mustaqil qilib olish nazarda tutilgan edi. Ispaniyaning Kadis portini qo‘lga kiritish va Ispaniya hududiga ekspeditsion korpus tushirish ham mo‘ljallangan edi.
Urush natijasida ingliz kemalari sharmanda bo‘lib, ko‘p soldat va matroslarni yo‘qotib o‘z yurtiga kaytib keldi. Xolbuki. Fransiya bilan ittifoqda bo‘lgan ingliz xukumati fransuz qiroli tomonida turib, La-Roshel kal’asida to‘plangan gugenotlarga qarshi kurashda ishtirok qilishi lozim edi. Bu esa Angliyada styuartlar siyosatidan yana norozilikni oshirdi. SHundan keyin Angliya jamoatchilik fikri tazyiki ostida. Fransiya bilan ittifoqni buzdi va urush e’lon qildi. Ammo gersog Bekingemning qamal ostidagi La- Roshelga uyushtirilgan yordami hech narsa bermadi va 1628 yil kuzida fransuz qo‘shinlari qal’ani ishg‘ol qildi. Karl I yana sharmanda bo‘ldi. Styuartlar istibdodiga qarshi parlament oppozitsiyasi YAkov I davridayoq yaqqol namoyon bo‘lgan edi. Har gal parlament chaqirilganida YAkov I tashqi siyosati tanqidga uchrardi. Karl I davrida ham parlament oppozitsiyasi vakillarining chiqishlari yanada keskin tus oldi. Parlamentning umumpalatasi gersog Bekingemning iste’fo berishini talab qildi. Karl I ning 1625 yilda chaqirilgan 1-parlament yig‘ilishi juda kisqa bo‘ldi, qirol uni bir necha hafta o‘tgach, tarqatib yubordi. Ana shu parlamentdagi oppozitsiya a’zolaridan etuk notiqlar ajralib chiqdilar. SHulardan yurist ser Eduard Kok Buyuk ozodlik xartiyasining ixlosmand tarafdori polkovnik Jon Eliot, bekingemshirlik boy skvayr Jon Gempden va Kokrshlik dvoryan - yurist Tomas Uent-vort parlamentdagi notiklardan edilar. 1626 yilda chaqirilgan 2-parlament ham tarqatib yuborildi. Karl I ning uchinchi parlamenti (1628-1629) gersog Bekingemni sud qilishini, katoliklarga qarshi qonunlarni amalga oshirishni, qonunsiz soliqlar to‘plashni to‘xtatishni talab qildi. Parlament qabul qilgan va qirol tasdiqlagan xujjat 1628-1629 yillarda siyosiy kurash olib borilganligining yorkin misolidir. Bu-huquq to‘g‘risidagi 1629 yilgi Petitsiya edi. U 4 moddadan iborat bo‘lib: jumladan
1. Aholi va parlament tasdiqidan o‘tmagan zayomlar olishga va soliklar to‘lashga majbur etilmasligi lozim;
2. Sudning qonuniy hukmisiz hech kim qamoqqa olinishi va mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas;
3. Harbiy davr qonunlari asosida fuqarolarni qamash to‘xtalishi lozim;
4. Qo‘shinlarning aholi uylarida turish tartibi tugatilishi lozim. Petitsiyada XIII asrdagi Buyuk erkinlik xartiyasi pesh qilingan edi. Karl I kup o‘tmay Petitsiyani buza boshladi. 1629 yil martda 3-parlament ham tarqatib yuborildi. Parlament aholini soliq to‘lamaslikka chaqiruvchi rezolyusiya qabul qildi. Karl I ning mamlakatni parlamentsiz idora qilishga qaror qilishi natijasida mustabid hukumatning ahvoli yanada tang bo‘ldi. Parlamentning soliqlar to‘lanmasin degan chakirig‘i keng xalk ommasiga ma’qul tushdi. Ispaniyaga hamda Fransiyaga qarshi urushning davom etishi, tashqi savdo sohasida krizisga olib keldi. Parlamentsiz idora davrida Karl I maslahatchilaridan uchinchisi xazinachi-lord Richard Uetson bo‘lib, u Karlni nohaq yig‘imlar joriy qilishga undadi. Parlamentsiz davridagi moliya siyosati shunday ediki, bunda saltanat xususiy mulkchilikka qo‘pol aralashar edi. Hukumat parlament tasdiqlamagan yangi soliqlar undirib olish uchun har xil bahonalar qidirib topar edi. Parlamentga bog‘liq bo‘lmagan moliya bazasini yaratish va doimiy armiyani tashkil etish, absolyutizmning aniq maqsadi bo‘lib qoldi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun qilingan urinishlar revolyusion portlashni tezlashtirdi, xolos.
Karl1 tomonidan turli-tuman nohaq yig‘imlar, nihoyat Angliyada XI-XII asrlarda joriy qilingan kema pullari yana olinadigan bo‘ldi va bu hukumatga mablag‘ tushib turishini ta’min etmadi, balki davlat byudjetiga yamoqday kichik bir madad bo‘ldi, xolos. Bunday soliqlar er soliqlaridan ko‘ra keng aholi ommasining g‘azabini qo‘zg‘atdi. 1635 yilda xukumat ”kema solig‘i”ni joriy kilgandan so‘ng soliq yig‘ishga qarshi norozilik harakatlari boshlandi. Natijada mamlakatda revolyusion vaziyat vujudga kela boshladi. Bu SHotlandiya bilan Karl I ning urushiga sabab bo‘lib, SHotlandiya qo‘zg‘oloni Angliyada inqilobning boshlanishi uchun turtki bo‘ldi .
SHotlandiya ustidan nazoratni kuchaytirishga urinishi natijasida kelib chiqqan bo‘lib, SHotlandiya 1603 yilda YAkov I vaqtida Angliya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan bo‘lsada, hali avtonomiya huquqini saqlab qolgan edi. SHotland dvoryanlari o‘z mustaqilliklarini himoya qilishlarining sababi shundan iborat ediki, quyi SHotlandiya burjuaziyasi Angliya savdogarlarining raqobatidan qo‘rqib, Angliya bilan batamom birlashishdan qo‘rqar edi. SHotland dvoryanlari YAkov I ning onasi Mariya Styuart vaqtida qo‘lga kiritgan feodal erkinliklarini saqlab qolishga intilar edi. XVI asrdan boshlab SHotlandiyada keng tarqalgan oppozitsion ruxda bo‘lgan dvoryanlarga qo‘l kelgan presviterianlik shaklidagi kalvinizm bu ikki sinfning ittifoqini mustahkamlab, styuartlarga qarshi kurashda ideologik qurol bo‘lgan edi. SHotlandiyada ingliz episkop cherkoviga nafrat bilan qarar edi. Lord 1637 yilda SHotlandiyani ingliz cherkovi tarkibiga kiritmoqchi bo‘lganida, Karl I ga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga sabab bo‘lganligi bejiz emas edi. SHotlandlar maxsus hujjatga imzo chekib, papa oldida "haqiqiy dinni" himoya qilish majburiyatini olgan edilar. SHotlandiyada juda tez ko‘ngilli qo‘shin tashkil topdi va 1639 yilda Angliyaga bostirib kirdi. Angliyada xalqning keng qatlamlari, shotlandlarga xayrixoxlik bildirdilar. YOllanma qo‘shinlar yordamida SHotlandiyaga qarshi urush yana boshlanib ketdi. Karl I 1640 yil 13 aprelda parlamentni chaqirdi. Parlamentga Jon Pim va Jon Gempden kabi oldingi parlamentdagi oppozitsiya a’zolari yana qaytadan saylandi. Parlament urushni davom ettirishga pul ajratmadi. Natijada 1640 yil 5 mayda Karl I bu parlamentni ham tarqatib yubordi va bu qirol xukumatiga qarshi namoyish qilinishiga sabab buldi. Xalq 6-mayda qamaldagi "to‘polonchilarni'' qutqarish uchun qamoqxonalarga hujum qildilar. Dehqonlar bu siyosiy krizisni o‘z iqtisodiy manfaatlari yo‘lida oshkorona kurash olib borish uchun qulay fursat etganligini hisobga olib, 1640 yilning yozidan boshlab revolyusion harakatlarini kuchaytira boshladi. Ana shu hol inqilobning negizini tashkil qildi.
SHotlandlar esa parlament tarqatilgandan keyin hujum boshladilar. 1640 yil 24 sentyabrda York shahrida to‘plangan lordlar palatasi a’zolari ham yangi parlamentni chaqirishi kerak deb o‘z fikrlarini bildirdilar. Karl I 1640 yil 30 sentyabrda parlament chaqirilishini e’lon qildi. Oktyabrda Angliyada favqulotda keskin bir sharoitda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Puritantlarning peshvolaridan Pim, Gempden, shuningdek 1628-1629 yillardagi parlament deputati bo‘lgan Kromvel saylov vaqtida aktivlik ko‘rsatdilar. Saylov eskicha tartiblar asosida o‘tkazilishiga qaramay, saylovda parlament-burjuaziya oppozitsiyasi ustidan g‘alaba qozondi. Pim parlament rahbari qilib belgilandi.
Angliyada vujudga kelgan revolyusion vaziyat nihoyat inqilobga aylandi. 1640 yil 3 noyabrda chaqirilgan parlament to 1653 yil aprelgacha o‘z faoliyatini davom ettirdi. Uning a’zolari orasida asl burjuaziya namoyondalari oz bo‘lsa-da, boshlanib ketgan Angliya burjua inqilobida ular katta rol o‘ynadilar. Sal kam 13 yil ushbu parlament feodal absolyutik lagerga qarshi kurashni uyushtiruvchi markaz bo‘la oldi.
Burjua tarixchilari inqilobning boshlanishini parlament bilan qirol o‘rtasida chiqqan "konstitutsion kelishmovchilik" edi deydilar. Bu haqiqatga uncha to‘g‘ri kelmaydi. Aslida puritanlar qirolga qarshi targ‘ibot ishlarini ancha oldin boshlab yuborganlar. Fermerlar va shaharliklardan uzluksiz parlamentga xatlar kelib turdi. Bu xatlarni ko‘rib chiqish uchun maxsus komitet tuzish lozim bo‘ldi. Uzoq parlament devorlari orqasida va ko‘pgina grafliklarda dehqonlar urushining alangasi lovullamoqda edi.
Bir tomondan parlament ijtimoiy kuchlardan madad olib ikkinchi tomondan ularni "tinchlantirish"ga intilib, o‘z zarbalarini Karl I ning eng yaqin yordamchilariga qarshi qaratdi. Uzoq parlament chaqirilgandan keyin ko‘p vaqt o‘tmay, Strafford qamaldi.
Straffordning sudi bir necha oy mobaynida parlamentning diqqat markazida turdi. Lekin 1641 yilning may oyining boshida Londonda xalq ommasi Straffordni o‘ldirishni talab qilib chiqdi. Xalq olomoni "xiyonatchini" o‘ldirishga qarshilik qilayotgan peshvolarning nomlarini aytib berishni talab qildi. Natijada lordlar Straffordni aybdor deb e’lon qilishga majbur bo‘ldilar.
Karl I ham yon berishga majbur bo‘ldi va 1641 yil 12 mayda xalq oldida Strafford qatl qilindi.
SHu narsa diqqatga sazovorki, 1641 yil may oyining o‘rtalarida parlament absolyut rejimning qurbonlari Jon Lilbernni va siyosiy mahbuslarni ozod qildirdi. Demokratik kuchlar o‘rtasida Jon Lilbern juda mashxur edi.
O‘sha 10 may kuni parlament qirolni yana yon berishga majbur qilib, parlament roziligisiz parlamentni tarqatish mumkin emas degan xujjatga qirolni imzo chektirishga majbur etdi. Uzoq parlament 1641 yilning may oyida London shahri mehnatkashlarining g‘alayonlaridan foydalanib, qirolni yana shunday g‘oyat muhim siyosiy masala ya’ni parlament ruxsatisiz olinadigan xar qanday soliq g‘ayri qonuniy ekanligi yana bir marta qatiyroq tasdiqlandi.
1640-1641 yillarda dehqonlar harakati kuchayib bordi. SHunday qilib, lordlar palatasi a’zolari manfaatlarinigina emas, balki umumpalatasida ko‘pchilikni tashkil qilgan yangi dvoryanlarning manfaatlari ham xavf ostida qolgan edi. Xatto burjuaziyaning Milton kabi ideologi "boltaning juda aniq xavfi" borligini ogoxlantirdi. SHuning uchun ham parlamentning ko‘pgina a’zolari islohotlar yordamida dehqon-plebeylar qo‘lidagi bolta "zarbasining" oldini olish mumkin, deb reformalar o‘tkazishni talab qildilar.
Parlament yozgi kanikuldan keyin 1641 yil 20 oktyabrda yana ish boshladi. Absolyutizm bilan kurash davom etdi.
Karl I hatti-harakatlaridan g‘ashi kelgan, uzoq parlament 1641 yil noyabrda Ulug‘ remonstratsiya degan nom bilan muhim xujjat ishlab chiqdi. 204-moddadan iborat bo‘lgan xujjatda Karl I suiste’molliklari sanab ko‘rsatilgan edi. Ulug‘ remonstratsiyada uzoq parlamentning tadbiri ham ko‘rsatilgan bo‘lib, bundan keyin ministrlar parlamentning ishonchini qozongan kishilardan tayinlanishi talab qilingan edi. Savdo va sanoat erkinligi masalalari, burjuaziya presviteran cherkovini barpo qilish, parlament oldida javobgar hukumat tuzish haqidagi fikrlar Ulug‘ remonstratsiyada yo‘k edi. Burjuaziya va yangi dvoryanlar xalq ommasi manfaatlarini ko‘zlab, jiddiy-sotsial-demokratik reformalar o‘tkazmoqchi emas edilar. Vaxolanki, parlament o‘zi, Angliya xalqining keng noroziligi asosida siyosiy kuch bo‘lib qaror topgan edi. Jon Gempdenga "ko‘maklashgani" kelgan Gxekingemsher grafligining dexqonlari, ayniqsa, katta faoliyat ko‘rsatdilar. Qirol parlament binosidan chiqib, olamon oldida gapirmoqchi bo‘ldi, ammo xalq uning so‘ziga kuloq solmadi Natijada qirol oppozitsiya peshvolarini kamoqqa olish to‘g‘risidagi farmonini bekor qildi. 10 yanvarda Karl I Londonni tark etib, dvoryanlardan madad olish niyatida, York shaxriga jo‘nadi. Bu hol Angliyada grajdanlar urushi xavfi kuchayib borayotganligini ko‘rsatar edi.
Ulur remonstratsiyada ingliz burjuaziyasi bilan yangi yirik dvoryanlar, manufakturachi-mofutchilar va indipendentlar manfaatlari aks etgan edi. Bu sinfiy kuchlarning hammasi o‘z dasturida Angliya feodal munosabatlariga qarshi kurash g‘oyalarini ilgari surgan edilar. Grajdanlar urushi yillarida sinfiy manfaatlar bir biridan ajraldi. Bu ziddiyatlar shuning uchun ham kuchaydiki, eng radikal kuch deb talqin qilingan ingliz puritanizmi g‘oyalari xalq ommasiga singib borib, xalqni yanada inqilobni kuchaytirishga otlantirdi. 1642-1648 yillar grajdanlar urushi jarayonida yirik burjuaziya Angliyaning feodal absolyut kuchlari bilan murosaga kelishga intila boshladi.
Karl I parlamentga qarshi kurash uchun harbiy kuch to‘plash maksadida, 1642 yilning yanvarida poytaxtni tashlab, kichik bir otryad bilan Gun shahridagi qurolxonani olishga urinib ko‘rdi. Bu urunish muvaffakiyatsiz bo‘lgach, Notingem grafligiga yo‘l oldi va o‘z kuchini mustahkamlab olishga erishdi. Parlament esa qirol bilan kelishishga harakat qildi. Jumladan, 1642 yilning yozida qirolga 19 taklif deb atalgan hujjat - Ulug‘ remonstratsiyada qo‘yilgan talablarning qisqacha ro‘yxati yuborilib, Parlament papa tarafdorlarining lordlar palatasidan chiqarilishini va yangi merlar parlamentning ikkala palatasi roziligi bilan tayinlanishini va nihoyat, ushbu tayinlash parlament ixtiyoriga o‘tkazilishini talab qildi.
Qirol bu talablarni rad qildi. Natijada parlament bilan qirol o‘rtasida kelishmovchilik kelib chikdi. Bu voqealardan so‘ng parlament armiyasi tuzila bordi va unga ko‘proq kishilar yozila boshladilar. Angliyani shimoli bilan g‘arbi asosan qirol qo‘lida edi. Lekin Angliyaning shimolidagi yirik sanoat markazlari esa parlamentni quvvatlar edi. Barcha eng yirik dengiz portlar parlament tomonida edi. Bu mamlakatning barcha hududlarini parlament atrofida birlashishga keng imkon berdi. Ammo Fransiyadan qurol-aslaha keltirishni qiyinlashtirdi.
Angliya territoriyasi shu tarzda ikki qismga bo‘lindi. Bu bo‘linish Angliyaning sinfiy jihatdan ham ya’ni feodallar va burjua Angliyasiga bo‘linishiga olib keldi. SHunday qilib, qirol armiyasining sinfiy negizi eski dvoryanlardan tashkil topgan edi.
1643 yilning may-iyun oylarida janubiy-g‘arbiy Angliyada dehqonlarning katta qo‘zolonlari bo‘lib o‘tdi. Jamoa erlarining o‘rab olinishiga turli guruhdagi dehqonlarning munosabati turlicha edi. SHunday bo‘lishiga qaramay, grajdanlar urushining birinchi yillarida bo‘lib o‘tgan dehqonlar harakatlari er-suv egalariga qarshi qaratilgan, ammo yaxshi uyushmagan va stixiyali kurash edi. Katolizmga moyil bo‘lgan anglichan cherkovi qirolga tayanch bo‘ldi, ammo ingliz puritanizmi tarkibiga kiruvchi presvetirianlar bilan independentlar parlamentni ko‘llab quvvatladi. Kalvinizm Angliyadagi burjuaziyaning eng ilg‘or qismining diniy va siyosiy ideologiyasi bo‘lib qoldi, bu ideologiyani u monarxiyaga qarshi kurashning "tayyor jangovar nazariyasi" deb bildi. Iktisodiy jihatdan qoloq hisoblangan katoliklar Irlandiyasi ham, qirol tomonida edi. Qirol tarafdorlari "kavallerlar" degan umumiy lakab oldi, parlament tarafdorlari esa "dumaloq boshlilar" (sochi olinganlar) deb atala boshlandi. Grajdanlar urushining birinchi katta jangi 1642 yilning kuzida Edjgillda bo‘ldi. qirolning otliq askarlari parlament qo‘shinlariga og‘ir talofot etkazishdi. qirol Oksfordni bosib olib, London tomon yo‘l oldi. Biroq u erda matonatli xalq lashkarlarining kattiq qarshiligiga duch keldi. Qurolli kurashning dastlabki davrida qirol poytaxtni ro‘paradan zarba berish yo‘li bilan ololmay, Oksfordga chekindi. Oksford butun grajdanlar urushi davrida qirolning asosiy qarorgohi bo‘ldi. Parlamentning ikkala palatasidagi qirol tarafdorlari nihoyat Oksfordga qochdilar.
1643 yilning yozida parlament kuchlari yana katta xavfga duch kelib, parlament qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradilar, buning natijasida qirol qo‘shinlari Devonsher bilan Bristolni bosib oldilar. Bu joylarda Karl I ko‘p qurol aslahalarni qo‘lga kiritdi. Ammo Londonga shimoldan ya’ni Oksforddan, Temza vodiysi orqali hujum qilish uchun qirolning kuchi kamlik qildi.
1643 yilning 25 sentyabrida Angliya parlamenti bila SHotlandiya parlamenti o‘rtasida ittifoq 'kovenant" tuzildi, bu "kovenant" ga muvofiq inglizlar bilan shotlandlar o‘z zimmalariga Angliya hamda SHotlandiya parlamentlarining erkinliklarini saqlab qolish majburiyatlarini oldilar.
'Kovenant" tuzilishi natijasida 1644 yilda vaziyat parlament uchun birmuncha qulay bo‘ldi. SHimoldan bostirib kirgan SHotlandiya armiyasi parlament qo‘shinlari bilan birgalikda harakat qildi va bu armiya, shubhasiz, grajdanlar urushining dastlabki paytida katta rol o‘ynadi.
Parlament armiyasi qirolning asosiy qarorgohi bo‘lmish Oksfordga hujum qildi. Ammo Karl I parlamentning ikki generali-Esseks va Uoller qo‘shinlarini batamom tor-mor qildi. Parlament armiyasining mag‘lubiyatga uchrashishning ikki sababi bor edi. Birinchidan parlament armiyasi doimiy qo‘shinlardan va xalq lashkarlaridan iborat edi. Qirol armiyasi esa asosan dvoryanlardan iborat ediki, ular uchun xarbiy xizmat kasbday bo‘lib qolgan edi. Ikkinchidan grajdan urushining birinchi yillarida qirol tomonidan qozonilgan g‘alabalarning sababi qirol armiyasining "kovalerlar" dan iborat armiyaning harbiy jixatdan ustunligi emas, balki parlament qo‘shinlariga shunday kishilar boshchilik qilar ediki, bu kishilar qirol bilan kelishishni xoxlar va inqilobning yanada chuqurlashib borishidan qo‘rqar edi. Bu armiyaning bosh qo‘mondoni eski arestokrat graf Esseks bo‘lib, uning qo‘l ostidagilar asosan zodagonlardan iborat edi. Bular qirol bilan parlament o‘rtasidagi janglarni fakat "konstitutsion" janjal deb qarashar edi. SHuning uchun ular qirolga kamroq shikast etkazishga intilar edilar. Bu armiyaning bosh qo‘mondonlaridan biri Lord Manchester o‘z mavkeini quyidagicha ifodalagan edi: "Biz qirolni xatto 999 marta tor-mor keltirsak ham, baribir u qirolligicha qolaveradi, ammo qirol bizni biror marta tor-mor keltirsa, xammamiz osilamiz, avlodlarimiz qullikka tushadi". Urushning birinchi yillaridayok Kromvel o‘zining zo‘r harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Parlament armiyasining kamchiliklarini ko‘rib, Kromvel o‘z mablag‘lari xisobidan otliq askarlar otryadini tuzishga kirishdi va bunga erishdi. Kromvel intizomga ongli ravishda bo‘ysunadigan kishilarni tanlab, bunday kishilarni u Kembridjdagi dehqon yomenlar va hunarmandlar ichidan osongina to‘play oldi. Kromvel shular bilan bir vaqtda askarlikka faqat sektantlarni, o‘z kurashiga diniy kurash deb qarovchi kishilarni ham oldi. Kromvelning nazarida, bu xususiyatlar xalkning jangovor kuchini, dvoryan burjua rahbarligida bo‘ysundirish uchun imkon beradi. Kromvel otryadi "temir bikinlilar" degan laqab oldi. 1644 yilning 2 iyulida Marston Mur yonida bo‘lgan jangda "temir bikinlilar" dushman safini yorib o‘tib, jang natijalarini hal kildi. Bu g‘alaba inqilob tarafdorlarining ruhini juda ham ko‘tarib yubordi. SHundan keyin qirol tarafdorlarini tor-mor keltirish mumkin ekanligi aniq bo‘lib qoldi. Ammo armiya qo‘mondonligi buni e’tiborga olmadi. Kromvel esa qo‘mondonlarning bu xatti-harakatidan norozi bo‘lib, xalq madadiga tayangan holda "yangi xil" armiya tuzishga kirishdi va barcha qo‘mondonlar o‘z vazifasidan chetlashtirildi. Natijada keng xalq ommasi Kromvelning bu siyosatini har jixatdan ma’qullashdi. Ommaning 1644-1646 yillardagi revolyusion harakatlari o‘ziga xos ikki formada ya’ni parlament nazoratidagi territoriyada bu harakat sektanlik gruppalari va jamoalarning faoliyati formasida va kambag‘allarning revolyusion faolligi esa eski feodal-absolyutizm usul idorasiga qarshi karatilgan diniy oppozitsiya tusida namoyon bo‘ldi. Parlament 1643 yilning kuzida "konvent" qabul qilish bilan eski ingliz davlat cherkovini bekor qildi va yangi davlat presveterian cherkovini joriy etgan edi. Ana shu davlat diniga barcha sektalar qarshi chiqdi. qabul qilinishi majbur qilib qo‘yilgan bu dinga qarshi olib borilayotgan kurashning yashirin formasi edi. Har bir diniy jamoaning tamoman mustaqil bo‘lishi sektalar oppozitsiyasining asosiy masalasi bo‘lib qoldi. SHimoliy Amerikadan kaytib kelayotgan qochoq puritanlar bu erkinlik ruhini avj oldirib yubordi Xalq xarakatining boshqa bir formasi Angliyaning g‘arbida va janubiy g‘arbida ro‘y berdi. Bu "tayoqchilar" yoki "klobmenlar" deb atalgan nom bilan mashhurdir ("Clubs" -tayoq degani bo‘lib, dexqonlar qurol topa olmaganlaridan tayoklar bilan ham qurollangan edilar) . Klobmenlar harakati dehqonlarni stixiyali xarakati bo‘lib, uning g‘oyasi yo‘q edi. Ammo bu harakatning rahbarlari tomonidan ilgari surilgan fikrlardan ma’lumki, harakat rahbarlari badavlat kishilarga mansub edi.
Klobmenlar parlament armiyasiga ham dushmanlik bilan qaragan yoki goh unga, goh bunga yordam berayotgan gurux bo‘lib, bu parlamentning dehqonlar manfaatiga befarq karaganini bildirar edi. Dehqonlarni qirol armiyasi kanday xonavayron qilgan bo‘lsa, parlament armiyasi ham shunday xonavayron qildi. Dehqonlar kandaydir "uchinchi bir gurux" tashkil qilishga urindilar. Klobmenlar "Bizning niyatimiz-zo‘ravonlikdan va aldanishdan saqlab qolishdir, xaqiqatan biz istagan baxtli dunyoning dushmani kim ekanligini bilib olmagunimizcha hech kimga qo‘shilmaslik va hech kimga qarshi ish ko‘rmaslikdir", -dedilar. SHubhasiz, bir xil gruppalar ba’zan: klobmenlarni qirol qo‘shinlari tomonidan turib parlamentga qarshi jang qilishga tortdi. Kromvel tomonidan qayta tuzilgan armiya 1645 yilning 14 iyunida Nezbi yonida qirol armiyasi ustidan katta g‘alabani qo‘lga kiritdi. G‘oliblar qirolning qarorgoxini va u erdagi "shaxsiy kabinetini" (bu kabinetda diplomatik yozishmalar bo‘lib" bu yozishmalar Karl I ni batamom fosh qilib tashladi) qo‘lga kiritdi. Qirolning Irlandiya katoliklari bilan shartnoma tuzilganligi, Evropada chet eldan xarbiy yordam olishga harakat qilganligi aniqlandi. Karl I shotlandlar bilan parlament o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish maqsadida, 1646 yilning mayida shotlandlar lageriga qochib bordi. U, shuningdek, klanlarning (urug‘ jamoalarining) boshliqdaridan xam yordam olish umidida ularga murojaat qildi. Bunday boshliqlarning biri, Montroz 1645 yildayoq ochiqdan-ochiq Karl I tomoniga o‘tgan edi. Ammo shu yilning avgustida Montroz tor-mor keltirildi. Qirolning SHotlandiyani o‘z tomoniga og‘dirib olish umidlari puchga chiqdi, unga ishonmadilar.
Parlament SHotlandiya armiyasiga 1645-1646 yillarda ko‘rsatgan yordami uchun to‘lanishi lozim 400 ming funt sterling maoshni endi darhol to‘lay boshlashni taklif qildi va shu pulga qirolni shotlandlardan sotib oldi. 1647 yilning fevralida Angliya vakillari qirolni Nezbi yaqinidagi Golmbi qal’asiga soqchilar bilan olib ketdilar. Presviterianlardan iborat ko‘pchilik o‘z muvafaqiyatlarini yangi mazhab-presveterianlar (kalvinistlar) cherkovini joriy etish yo‘li bilan mustahkamladi. Hamma erda oqsoqolikka maxalliy puldor kishilar ko‘tarila boshladi, bu oqsoqollar, parlamentning presviterian siyosatini ayniqsa, so‘ldan turib kalinadigan har kanday tankiddan ximoya qilishga harakat qildilar. "Levellerlar" -"tenglashtiruv-chilar" ijtimoiy sostavi xilma-xil bo‘lgan bir gurux edi. Levellerlar, asosan, 17 asrning 40-yillaridagi ingliz burjuaziyasining eng revolyusion qismining manfaatlarini aks ettirardi. Ammo levellerlar o‘z faoliyatining dastlabki davrlarida (1848 yilning oxirigacha) xalqning independentlardan ixlosi qaytgan tabaqalarini-o‘z ketidan ergashtira oldi.
Ammo bu partiyaning birinchi bosqichidagi asosiy talablari keng siyosiy reformalar o‘tkazish, umumiy saylov huquqi joriy etish, xammani qonun oldida rasmiy ravishda teng qilish va boshqa demokratik o‘zgarishlar edi. Iqtisodiy sohada levellerlar to‘la savdo va sanoat erkinligi joriy etilishini, talab qildi.
Lilbern asarlari soldatlar orasida zo‘r berib o‘qilar edi, hamda xalq orasida keng tarqalgan edi. Lilbern 1646 yilning noyabrida Trauerda qamokda yotgan vaqtidayoq "Lordlar zalemona hukmronligining anatomiyasi" degan asar ezdi. Bu asarda u Vilgelmni gersoglar, graflar, baronlar deb atalgan safdoshlarining avlodlaridan, deb atadi. Karl I ning parlamentga ushlab berilishi va uni keyingi taqdiri masalasi bayon qilingan bo‘lib, qirolning o‘limga mahkum etilishi aytilgan edi. Parlament revolyusion xalqning tazyiqidan so‘ng Karl I ning o‘z taxtiga qaytib kelish shartlari haqida u bilan muzokara olib borish niyatida edi. Ammo independet qo‘mondonlikning amaldagi siyosati esa bu xayoliy umidlarga mutlaqo to‘g‘ri kelmas edi. SHunday bo‘lsa ham 1647 yilning yozi va kuzida soldatlar ommasining tazyiqi ostida armiya kengashi davlatni yangi, demokratik asosda tuzishga urindi.
1647 yil iyul oyining o‘rtalaridayok targ‘ibotchilar armiyani poytaxtga kirishini va parlamentning hech qanaqa bahona bilan unga qarshilik qila olmasligini ma’lum qilayotgan edilar. Uayt oroliga qochib ketgan qirol yirik feodallarning SHotlandiyada g‘alaba qilgan o‘ng presviteran partiyasi bilan 1647 yil dekabrining oxirlarida maxfiy shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra shotlandlar qurol kuchi bilan qirol hokimiyatining tiklashlari hamda armiya va parlamentni tarqatib yuborishlari kerak edi. Angliyaning o‘zida ham qirolni yoqlovchi harakatlar tayyorlanayotgan edi.
Karl I parlament bilan aloqani uzdi. 1648 yilning mart oyidan boshlab, bir qator hududlarda qirolni yoqlab dehqonlar qo‘zg‘alonini ko‘tarishga urindilar. Ammo hech narsaga erisha olmadilar. 1648 yil aprel oyida London ko‘chalarida parlament soldatlari bilan qirol taraf soldatlar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Bir necha kemalar, qo‘zg‘olon ko‘tarib, Gollandiyaga jo‘nab ketdi, bu erda ular bilan Karl I ning o‘g‘li shaxzoda Uelskiy aloqa bog‘ladi. SHimoldan Angliyaga shotlandlarning 20 ming armiyasi bosib kelmoqda edi.
1648 yil avgustda Kromvel armiyasi bilan shotlandlar armiyasi Prestonda to‘qnashdilar va shotlandlar batamom tor-mor keltirildi.
1648 yil sentyabr oyida ingliz qo‘shinlari SHotlandiya poytaxti Edinburgni ishg‘ol qildi. SHotlandiyada xokimiyat Angliya parlamentining ittifoqchisi bo‘lgan so‘l presviteranlar qo‘liga o‘tdi.
Biroq endi boshqa tomondan xavf tug‘ildi. Armiya Londondan tashqarida bo‘lganidan foydalanib, presviteranlar parlamentda yana ustun bo‘lib qoldi. Bundan foydalangan qirol o‘z talablarini parlament oldiga qo‘ya boshladi.
G‘olib parlament armiyasi Londonga qaytib keldi, barcha muzokaralarni to‘xtattirdi va qirol ustidan sud o‘tkazilishini, parlamentni tozalashni talab qildi.
1648 yil 5 dekabrda polkovnik Prayd boshchiligidagi otryad parlament majlis o‘tkazayotgan binoning barcha zinapoyalarini va unga kiradigan eshiklarni ishg‘ol qildi va qirol Karl I asr olindi.
Qirol ustidan sud o‘tkazish uchun 135 kishidan iborat maxsus oliy tribunal tashkil qilindi. Bu tribunal sostaviga ikkala palata a’zolari, mashxur yuristlar, katta ofitserlar kirdilar.
1649 yilning 27 yanvarida Oliy sud qirol Karl I ni o‘lim jazosiga hukum qildi. 30 yanvarda Karl I qatl qilindi. SHunday qilib, Angliya 1649 yil fevralidan boshlab qirolsiz va lordlar palatasiz respublika bulib koldi.
YOsh Angliya burjua respublikasi tez kunda ham tashqi ham ichki sohada katta qiyinchiliklarga duch keldi. Qirolning qatl qilinishi royalistlarning inqilobga nafratini oshirdi. Royalistlar safida endi fakat kavalerlargina bo‘lmay, balki ko‘pgina dvoryanlar, shuningdek siti presvetirianlari ham bor edi. Angliyaning 1649 yildagi xo‘jalik ahvoli nihoyatda og‘ip edi...
Hatto o‘rta hollar ham kambag‘allashib qoldilar. Xalq ommasi hukumatning bunday siyosatiga revolyusion chiqishlar bilan javob berdi. XVII asrniyag 50 yillari boshlarida diggerlar ham levellerlarning ham siyosiy roli tugadi. Burjua dvoryan blokining Respublikadan voz kechib, Kromvelning harbiy diktaturasiga o‘tishga sabab ham shu edi. Kromvel armiyani Irlandiyaga qarshi qaratib, imtiyozlar bergandan keyin armiyaning revolyusion ruhi tugadi.
1649 yilda Irlandiyani bo‘ysundirish uchun armiyaga bosh bo‘lib, Kromvelning o‘zi bordi. Bu jazo ekspeditsiyasi bo‘lib, 1641 yilgi qo‘zg‘olonlari uchun jazo berish bahonasi bilan ko‘rilgan chora edi, amalda esa Irlandiya xalqi hisobiga parlament kreditlari bilan xisob-kitob qilish uchun qilingan tadbir edi. Inglizlar Irlandiyaning barcha istexkomlari va shaharlarini birin-ketin bosib oldi, 1652 yilning mayida xarbiy operatsiyalar asosan tugashi bilan inglizlar o‘z rejalarini amalga oshira boshladilar. Irlandiya dehqonlariga parlamentning dilenkventlar va papachilarning erlarini xatlash to‘g‘risidagi farmon va aktlari ham tayyorlandi. Irlandiya to‘g‘risidagi 1652 yilda "tuzilgan" aktga asosan "Ko‘k orol" aholisining erlari talana boshlandi va dehqonlar ommaviy suratda ekspropriatsiya qilindi. Ko‘pgina Irlandlar majburiy orolning g‘arbiga ko‘chirildi, Irlandiyada qolgan aholi esa ochlikdan asta-sekin qirilib ketishga mahkum bo‘lgan, mayda ijarachilarga aylandi. Karl I qatl qilingach uning Niderlandiyaga qochib yurgan o‘g‘li Karl II nomi bilan qirol deb e’lon qilindi. Karl II yirik ingliz kapitali manfaatlarini nazarda tutib, 1649-1651 yillarda katta flot qurishga kirishdi va Gollandiya kismlaridan ustun bo‘lgan yangi kema qurish uchun 1654 yilda Daniya bilan shartnoma tuzdi. SHartnoma Angliya kemalariga zund orqali Boltik dengiziga chiqishga yo‘l ochib berdi, Fransiya bilan boshlangan to‘qnashuvlar 1653-1655 yillarda bir-birining yaqinlashuvi bilan, 1655 yilda esa Ispaniyaga qarshi ittifoq tuzish bilan yakunlandi. 1655 yilda Kromvel Fransiya bilan birgalikda Angliyaning bir vaqtlar dushmani bo‘lgan, Ispaniyaga qarshi kurash boshladi.
Kromvelning Irlandiya va SHotlandiya ustidan qozongan g‘alabalari unga engilmas deb nom olishga sabab bo‘ldi. SHotlandiya armiyasining 1648 yilda va 1650-1651 yillarda ikki marta tor-mor qilinishi Kromvel harbiy mahoratining yorqin misolidir. 1653 yilning iyunda mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlardan kichik parlament chaqirildi.
Nomzodlar ro‘yxati Kromvel tomonidan tasdiqlandi va kichik parlamentga sektalarning ko‘pgina vakillari saylandilar. Bularning xammasi so‘l qanotni tashkil etardi. 1654 yilda yangi Konstitutsiyaga muvofiq saylangan birinchi parlament yig‘ildi. Saylanganlar orasida harbiy diktaturaga dushman bo‘lgan bir qancha kishi bo‘lib, ular yangi Konstitutsiyaga sodiqliklari xaqida qasamyod qilishdilar. SHunisi xarakterliki, parlament ham armiyani qisqartirishni talab qila boshladi. SHundan keyin Kromvel parlamentni tarqatib yubordi.
Kromvel Gollandiya va Portugaliya urushlaridan keyin Ispaniyaga qarshi urush olib bordi. Kromvel, Ispaniya hukumati bilan kelishib, Angliyaning erkin savdo qilishiga ruxsat olishga urinib ko‘rdi. Bu natija bermagach, 1655 yilda Ispan mustamlakalarini bosib olish uchun Vest-Indiya qirg‘oqlariga askar yubordi. Inglizlar YAmayka orolini" bosib oldilar bu orol birinchi ingliz mustamlakasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |