Uchquduq sanoat texnikumida tahsil olayotgan talabalar orasida “30 iyul - Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan “30 kun – xamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi”ni 2020-2021 o’quv yilining iyul oyida o’tkazilgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT
Bugungi kunga kelib asrimizning jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash xalqaro, mintaqaviy, koʼp va ikki tomonlama munosabatlarni talab etmoqda. Hozirga qadar jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator xalqaro tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega hujjatlari qabul qilingan boʼlib, ular doirasida ushbu xavfga qarshi dunyo miqyosida tegishli chora-tadbirlar koʼrilmoqda.
Shularning qatorida Uchquduq sanoat texnikumi talabalari o’rtasida ham ushbu jinoyatchilik va uni oldini olish maqsadida, turli hil tadbirlar ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bag’rikenglikni mustahkamlash bo’yicha bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari hamda profilaktika tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda.
2021-yil 30 - iyun kuni Uchquduq sanoat texnikumida talaba-yoshlar o’rtasida «Odam savdosi» zamonamizning global muammolaridan biri ekanligi va bu jinoyatga aldanib qolmaslik maqsadida Uchquduq tuman IIB xodimi S.Qudratov va tuman prokuratura xodimlari tashrif buyurib suhbat davomida - “Odam savdosi - insonni xayoti, erkinligi va xuquqlaridan maxrum qilib, birovlarning qo’lida qul bo’lishga maxkum etish, insonlar umriga zomin bo’lish, ularning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishdek eng og’ir va jirkanch jinoyatlardan sanalishi” - to’g’risida tushuncha berib o’tdi. “Insonni begona yurtlarda birovga sotib yuborish, horijiy davlatlarga qul sifatida jo’natish, yosh bolalarni o’g’irlab boshqa nopok shahslarga pullash kabi mudxish voqealar jamiyatimizda tez-tez uchrab turibdi. Bunday ayanchli xolatlar, odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar xozirgi kunda ko’plab mamlakatlarda keng tarqalib borib dunyo xamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda”- deya ta’kidlab o’tdi. Uchrashuv davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga IIB xodimi S.Qudratov va tuman prokuratura xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi.
Uchquduq sanoat texnikumida 2021-yil 2-iyul kuni "Odam savdosi - davr muammosi" mavzusida ochiq ma’naviyat soatlari tashkillashtirildi. Tashkillashtirilgan ma’naviyat soatlarida talaba yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda vatanparvarlik tuyg’ularini yanada chuqurroq singdirish yuzasidan talabalarga slayd va videoroliklar ko‘rsatilib tushuntirib o‘tildi.
30 iyul - Odam savdosiga qarshi kurashish butunjaxon kuni” bag’ishlangan keng qamrovli axborot targ’ibot ishlari olib borildi bunda: mavzuga oid bannerlar tayyorlanib ta’lim muassasasiga o’rnatildi, har bir oquv xonasiga kirib “Odam savdosi” haqida o’quvchi va pedagoglarning bilish darajasi o’rganildi qo’shimcha ma’lumotlar berildi o’quvchilar tomonidan tarqatilgan bukletlar tarqatildi.
Texnikum talabalari o’rtasida “Odamlar - buyum emas!”, “Odam savdosi xaqida Siz nima bilasiz?“, “Odam savdosining ayanchli qismatlari!” mavzusida insholar tanlovini o’tkazisldi. Tanlovda g’olib bo’lgan ishtirokchilar taqdirlandi.
“30 iyul – Odam savdosiga qarshi kurashish butunjaxon kuni” munosabati bilan “30 kun - xamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” yakunlariga bagishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Uchquduq sanoat texnikumi Odam savdosiga qarshi kurashish komissiyasi raisi N.Z.Najmiddinova, rais oʼrinbosari G.S. Nazirova, komissiya masʼul kotibi F.S.Xudaynazarova, guruh rahbarlari kengashi raisib L.A. Shakarova, “Yoshlar ittifoqi” BT yetakchisi M.M.Bobomurodova, texnikum xotin qizlar kengashi raisi I.O.Islomova, texnikum psixologi J.B.Mardisadikova, texnikum kasaba uyushmasi raisi S.N. Qahhorova hamda o’quvchilar ishtirok etishdi.
Ma’lumotni tayyorladi: M.Bobomuradova
Bayonlashtirdi: F.S. Xudaynazarova
Do'stlaringiz bilan baham: |