Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag„ishlangan tantanali



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag„ishlangan tantanali 
marosimda so„zlangan nutq 
Assalomu alaykum, aziz, vatandoshlar! 
Qadrli mehmonlar! 
Xonimlar va janoblar! 
Avvalo, barchangizni qadimiy va muqaddas Xorazm zaminida turib, Vatan 
ozodligi uchun jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 
800 yilligi bilan muborakbod etaman. 
Vatanimizning ko„pming yillik tarixi el-yurtimizni bosqinchi, yovuz kuchlardan 
himoya qilish, millatimizning erkinligi va or-nomusini asrash yo„lidagi buyuk 
voqealarni, bu kurashlarda jasorat va mardlik ko„rsatgan buyuk shaxslarning 
nomlarini asrlar davomida o„zining yorqin xotirasida saqlab kelmoqda. 
Jaloliddin Manguberdi – ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, 
xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda 
o„chmas iz qoldirgan milliy qahramonidir. 
Jaloliddin Manguberdi – bor-yo„g„i o„ttiz ikki yillik qisqa hayoti davomida el-u 
yurt uchun, xalq ozodligi uchun so„nmas xizmat qilishga ulgurgan ulug„ ajdodimizdir. 
Aziz do„stlar! 
Jaloliddin Manguberdining beqiyos jasoratini anglash uchun, avvalo, shu 
davrlarning mashaqqatli va beshafqat sahifalarini o„zimizga tasavvur qilib ko„raylik. 
Shu paytgacha hech qaysi davlat, hech qaysi el bas kelolmagan, Xitoy va bepoyon 
Sibir yerlaridan boshlab bugungi Kaspiy va Qora dengiz bo„ylarigacha bo„lgan 
o„lkalarni zabt etgan, yo„lida uchragan shahar-qishloqlarni yondirgan, dahshati 
o„zidan oldin yetib, ne-ne shoh-u shahanshohlar, amir-u sultonlar, sarkardalar 
yuragiga vahima solgan Chingizxon lashkarining Xorazm ustiga balo-qazoday 
yopirilib kelayotganini ko„z oldingizga keltiring. 
Bir tomondan, boy-badavlat, ikkinchi tomondan, parokanda bo„lib yotgan 
yurtimizning o„sha paytdagi ahvolini ham bir o„zingizga tasavvur qilib ko„ring. 
Chingizxon shunday bir mash‟um kuch ediki, dunyodagi manaman degan qancha 
zotlar uning qarshisida tiz cho„kib, qullug„ qilib yashashga tayyor edi. 
Muhammad Xorazmshoh atrofidagi ko„plab beklar ham yov qo„liga taslim 
bo„lishni afzal ko„rganlarida, Jaloliddin bu fikrga qarshi chiqib, o„zining beqiyos 
jasorati va qat‟iyatini namoyon etdi. Shu paytgacha mag„lubiyatga uchramagan 
mo„g„ul lashkariga qarshi o„n bir yil muttasil jang qildi. Va g„animlarga shunday 
qaqshatqich zarbalar berdiki, hatto Chingizxonday makkor va beshafqat, dunyoning 
yarmini zabt etgan fotih ham unga tan berishga majbur bo„ldi. 


482 
Aytinglar, aziz do„stlar, ana shunday qaltis vaziyatda o„zi kabi fidoyi, botir 
insonlarni jipslashtirib, Xorazm zaminini toptashga shay turgan yovuz dushmanga 
qarshi chiqish uchun odamda qanday jur‟at, qanday yurak, qanday iroda, qanchalar 
baquvvat imon-e‟tiqod bo„lishi kerak? 
Aytinglar, buning uchun insonda Vatanga muhabbat, el-u yurtga sadoqat, fidoyilik, 
ozodlikka intilish tuyg„usi nechog„li bo„lishi kerak? 
Qani, aytinglar, do„stlarim, qadrdonlarim, oldindan o„zini qurbon bo„lishini 
bilaturib, lekin Vatan uchun, uning or-nomusi, uning tarixi va istiqboli uchun, 
zimmasiga shunday og„ir qismatni olgan zotlarni tarixda ko„p uchratish mumkinmi? 
Aminman, bunday shijoatli va mard o„g„lonni dunyoga keltirgan, voyaga 
yetkazgan xalq har qancha hurmat-ehtiromga, har qancha tasannolarga munosibdir. 
Hurmatli mehmonlar! 
Qadrli do„stlar! 
Sulton Jaloliddin Manguberdi o„z elining baxt-u saodati uchun hayot-mamot 
janglarida jon fido etdi. Lekin dunyoda hech qanday xayrli ish beiz ketmaydi. Millat 
ruhi, odamzodning ozodlik sari intilishi abadiydir. 
Oradan bir asr o„tib, sohibqiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan 
ozodlik kurashini yangi sharoit va ulkan miqyoslarda davom ettirdi. Ona yurtimizni 
bosqinchilardan xalos qilib, markazlashgan qudratli davlat barpo etdi. 
Muhtaram jamoat! 
Jaloliddin Manguberdining hayot yo„lini tahlil qiladigan, o„sha tarixiy voqealarga 
bugungi kun ko„zi bilan qarab baho beradigan bo„lsak, ular bizni mana shunday tabiiy 
va ibratli saboq xulosalarni chaqirishga undaydi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish