Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Buyuk allomaga yuksak ehtirom



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

1997-yil 20-oktabr.
Buyuk allomaga yuksak ehtirom 
Bismillohir rohmanir rohim. 
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlarim! 
Muhtaram mehmonlar! 
Bugun yurtimiz va xalqimiz tarixida o„chmas iz qoldiradigan muborak va 
munavvar kundir. 
Bugun ulug„ ajdodimiz Imom al-Buxoriy hazratlarining ruhini shod etish, 
bobokalonimiz tavallud topgan muqaddas zaminda ul zoti sharifning xotirasini yod 
etish kunidir. 
O„ylaymanki, bu yerga yig„ilgan jamoat, al-Buxoriyning mo„tabar xokini ziyorat 
qilish 
sharafiga muyassar bo„lgan mo„‟min-musulmonlar, tom ma‟noda 
baxtiyordirlar. 
Aziz do„stlar! 
Bu kabi tantanalarni o„tkazishdan ko„zlangan niyat va maqsadlarimiz haqida, 
muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari to„g„risida ikki og„iz so„z aytishga 
ijozat bergaysizlar. 


473 
Eng avvalo, bu ishlarni amalga oshirish zamirida savob degan olijanob tushuncha 
yotadi. Savob – ulug„ insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir. Mening 
komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish 
kerak. 
Savobli amallar qilish esa xalqimizga xos azaliy xislatdir. 
Savobli ishlarni qilgan odamga, uning el-u yurtiga albatta Ollohning rahmatlari 
yog„iladi. Muqaddas qur‟oniy oyatda ta‟kidlanganidek, «Yaxshilikning mukofoti 
faqat yaxshilikdir». Biz ezgu ishlarni qancha ko„p qilsak, ulug„ ajdodlarimizning 
izzat-ikromini joyiga qo„ysak, ularning tabarruk nomlarini butun dunyoga tarannum 
etsak, Yaratganimizning o„zi bizni balo-qazolardan asraydi, bizga kuch-qudrat ato 
etadi, yo„limizni ochib beradi. 
Aziz yurtdoshlarim! 
Biz muhim savolga javob izlab ko„raylik: Olloh taolo qaysi yurtda, qaysi tuproqda 
mana shunday ulug„ zotlarni dunyoga keltiradi? 
Parvardigori olam buyuk zotlarni O„zi aziz etgan joylardagina dunyoga keltiradi. 
Bunday yurtlar esa yer yuzida sanoqli. Biz cheksiz shukronalik bilan aytamizki, ona 
Vatanimiz Ollohning nazari tushgan ana shunday muqaddas diyordir. 
Yurtning muqaddasligi nima bilan belgilanadi? 
Butun umrini iymon va e‟tiqod, vatanparvarlik va insonparvarlik, poklik va 
halollik, ilm va ma‟rifat, adolat va diyonat yo„lida fido etgan zotlarning mo„tabar 
xoklari makon topgan zamingina muqaddasdir. Agar shunday insonlar bo„lmasa, ular 
dahosining nafasi sezilib turmasa, har qanday zamin oddiy tuproq bo„lib qolaveradi. 
Qadrli do„stlar! 
Nima uchun biz kelajagimizning yorug„ va farovon bo„lishiga qat‟iy ishonamiz? 
Xalqimizni, ayniqsa, o„sib kelayotgan navqiron avlodimizni nega aynan shu 
e‟tiqod asosida tarbiya etmoqdamiz? 
Bu murakkab va qaltis zamonda yo„limizda og„ir sinov va to„siqlar duch kelganda, 
ular qarshisida chorasiz qolganda, mislsiz mashaqqatlar holdan toydirganda ham biz 
kuch-qudratni qayerdan olamiz? 
Eng avvalo Olloh taoloning bizga ko„rsatayotgan marhamatidan olamiz. 
Mana shunday vaziyatlarda bizga metin iroda, sabot-matonat, g„ayrat va jasorat 
baxsh etadigan buyuk va cheksiz yana bir manba bor. 
Bu manba – ulug„ ajdodlarimizning qonimizda jo„sh urayotgan azm-u shijoatidir. 
Bu manba – al-Buxoriydek mumtoz bobolarimiz dahosining hayotbaxsh qudratidir. 
Bu manba – ularning bizga hamisha madadkor bo„ladigan o„lmas ruhi poklaridir. 
Ana shu haqiqat, ana shu e‟tiqod vatandoshlarimiz, aziz farzandlarimiz yuragiga, 
ong-u shuuriga, tafakkuriga tobora teran singib bormoqda. 
Biz komil ishonch bilan, O„zbekistonning istiqloli boqiy, istiqboli buyuk, der 
ekanmiz mana shunday mustahkam asolarga tayanamiz. 
Muhtaram jamoat! 
Qadrli mehmonlar! 


474 
Biz musulmon dunyosining uzviy qismimiz. Tariximizning eng fojiali, eng og„ir 
davrlarida ham, mustabid tuzum changalida bo„lgan paytimizda ham, bizni 
dinimizdan ayirishga, unga xiyonat etishga majbur qilganlarida ham xalqimiz hech 
qachon o„z islomiy e‟tiqodidan qaytmagan. Boshiga qilich kelganda ham ota-bobola-
rining muqaddas dini bo„lmish musulmonchilikka hamisha sodiq qolgan. 
Biz, shioriy ezgulik bo„lgan butun dunyodagi ahli islom qatori, dinimizni doimo 
pok va sof saqlashga intilib kelganmiz. Va bu yo„ldan aslo qaytmaymiz. Shuning 
uchun ham dinimizdan har xil g„arazlik va nopok maqsadlar yo„lida foydalanishga 
mutlaqo qarshimiz. 
Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qiladigan, xayrli 
ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbayi bo„lib 
qolishiga ishonaman. 
Aziz birodarlarim!
Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o„zbek xalqi, balki butun musulmon olamining 
faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma‟nodagi ilmiy va insoniy jasorat, 
bukilmas iroda, so„nmas e‟tiqod timsolidir. 
Olti buyuk muhaddisning ikkinchisi hisoblangan Imom Muslimning al-Buxoriyga 
qarata: «Ey, ustozlarning ustozi, muhaddislarning sultoni, hadislarning tabibi! 
Poyingizni o„pishga ijozat bering!» deya qilgan xitobi ahli islomning ulug„ 
bobomizga hurmat va e‟tirofi naqadar yuksakligini ko„rsatadi. 
Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma‟naviy meros qoldirib ketdi. Bu 
merosning gultoji – eng ishonchli hadislar to„plami – «Al-Jome‟ as-Sahih» islom 
dinida Qur‟oni Karimdan keyin e‟zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo 
musulmonlarining e‟tiqodiga ko„ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng 
ulug„idir. 
Mana, o„n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan 
munavvar etib, haq va ezgulik yo„liga chorlab kelmoqda. 
Yaratganimizga shukurlar bo„lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriydek 
ulug„ ajdodlarimiz el-yurti bag„riga qaytmoqda. Allomaning o„lmas merosi har bir 
yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ong-u tafakkurimizni ravshan etmoqda. Qalblarimizni 
iymon nuri va mehr-oqibat tuyg„ulari bilan musaffo etmoqda. 
Muhtaram birodarlarim!
Biz eski tuzum, eski mafkura tuzumidan xalos bo„lgach, o„zligimizni, qanday 
ulug„ insonlarning avlodi ekanimizni, qanday boy va betakror ma‟naviy meros 
vorislari ekanimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash yo„lida tarixda iz 
qoldiradigan ko„pgina xayrli ishlarni amalga oshirdik. 
Shular qatorida ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom al-Buxoriy 
maqbarasini ul zotning sha‟n-shavkatiga munosib, yon-atrofi munavvar go„shaga, 
ziyoratga kelgan mo„min-musulmonlarga ruhiy-ma‟naviy kuch ato etadigan 
qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik. 
Ollohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo„lgan shu qutlug„ kundan men bu 
muazzam yodgorlik majmuining shunchaki ziyoratgoh emas, balki go„zal 


475 
O„zbekistonimizni butun dunyoga tanitadigan, yosh avlodimizni ezgulik ruhida 
tarbiyalaydigan, har bir insonni hayot va abadiyat haqida o„ylantiradigan aziz maskan 
bo„lib qolishiga ishonaman. 
Keyingi yillarda yurtimizda qad rostlayotgan muhtasham imorat va inshootlarni 
bunyod qilishda milliy an‟analarimizga, me‟morchilik san‟atimizning o„ziga xos va 
o„ziga mos uslub va naqsh-u ziynatlaridan foydalanishga alohida e‟tibor berilmoqda. 
Mamlakatimiz ko„rkiga ko„rk qo„shadigan bunday betakror va ko„rkam binolar har bir 
yurtdoshimizni mamnun etishi, yuragida g„urur uyg„otishi tabiiydir. 
Istiqlol davrida mana shunday loyihalarni tuzish va amalga oshirishda bosh bo„lib 
turganimdan, shu olijanob ishlarga hissa qo„shish nasib etganidan ko„pchilik qatori 
men ham benihoya mamnunman. Ayniqsa, al-Buxoriy majmui loyihasining 
tashabbuskori bo„lganimdan, uning shu shaklda, shu mazmunda barpo etilishida 
hissam borligidan umrim boricha faxrlanib yuraman. 
Bu Olloh taolo oldida, ajdodlar ruhi oldida, xalqim oldida mening insoniy burchim 
edi. 
Bu qutlug„ maskanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har qancha tahsinga 
arziydi. Bu ulug„vor majmua Samarqandu Buxoro, Xiva-yu Toshkent, Andijon-u 
Namangan, Shahrisabz-u Qo„qon va Marg„ilon shaharlaridan, mamlakatimizning turli 
viloyatidan kelgan fidoyi insonlar mehnatining samarasidir. 
Bir so„z bilan aytganda, uning bunyodkori butun O„zbekistondir. 
Fursatdan foydalanib, ushbu ziyoratgohni obod qilishda jonbozlik ko„rsatgan 
quruvchilarga, qo„li gul ustalarimizga, mohir me‟morlarimizga, shu ulug„ obidaga 
g„isht qo„ygan, naqsh-u jilo bilan unga sayqal bergan har bir vatandoshimizga, ulug„ 
bobomizga ehtirom bildirib, uzoq-yaqindan yurtimizga tashrif buyurgan aziz 
mehmonlarga xalqim nomidan cheksiz minnatdorlik izhor etaman. 
Muhtaram jamoat! 
Ma‟lumki, Islom dinining bosh g„oyasi – bu «Lo iloha illallohu, Muhammadun 
rasulilloh» kalimasidir. Mana shu iymon kalimasini ro„yi zamindagi har bir 
musulmon qalbiga singdirishda al-Buxoriy beqiyos jasorat ko„rsatdi. Shu sababli ham 
ul hazratning muborak nomi abadul-abad insoniyat xotirasidan o„chmagay, 
inshoolloh. 
Ushbu saodatli damlarda Imom al-Buxoriy bobomizning ruhi poklari shod bo„lib, 
qabrlari nuri ilohiyga to„lgan bo„lsin! 
Ul muborak zotning poyida duogo„y bo„lib turganlarning, butun xalqimizning, 
jamiki ahli islomning xayrli va savobli ishlarida Robbimizning o„zi madadkor bo„lsin! 
Samarqand 
1998-yil 23-oktabr. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish