Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Xotira chirog„i o„chmaydi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
Xotira chirog„i o„chmaydi 
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! 
Qadrli urush va mehnat faxriylari! 
Bugun o„lkamizda ilk bor Xotira va Qadrlash kuni nishonlanmoqda. 
Men barchangizni – jafokash, mehnatkash, ko„pni ko„rgan, katta-kichik janglarda 
mardlik va jasorat ko„rsatgan xalqimizni mana shu qutlug„ sana bilan chin qalbimdan 
tabriklayman. 
Biz nima uchun 9 may bayramini Xotira va Qadrlash kuni, deb e‟lon qildik. 
Ijozatingiz bilan shu to„g„rida yana ikki og„iz aytib o„tsam. 
Xotira deganda biz bu foniy dunyodan o„tgan ajdodlarimizni eslash, ularning 
chirog„ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tushunamiz. Bu xalqimizga xos 
azaliy fazilatdir. 
Xotirasi bo„lmagan, tarixini unutgan, o„z ajdodlarining qadriga yetmaydigan 
millatning istiqboli yo„q. Bu haqiqatni kishilik tarixi isbotlab turibdi. 


479 
Qadrlash degani – bu asrlar davomida ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va 
istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi 
vatandoshlarimizni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko„rsatmoqdir. 
Hayotning ko„p-ko„p sinovlarini, azob-uqubatlarini boshidan kechirgan, Vatan 
uchun, el-yurt uchun, mana shu sof osmonimiz uchun jon olib jon bergan, bugun ham 
saflarimizda yurgan mehribon ota-bobolarimizni, olijanob insonlarni e‟zozlashdir. 
Xotira va Qadrlash kuni degan tushuncha g„oyat teran ma‟noga ega. Bu faqat 
fashizm balosiga qarshi jang-u jadallarda qatnashgan, ona-yurt himoyasi uchun umrini 
baxsh etgan kishilarni sharaflash degani emas. 
Bu muborak kunda, xalqimizning asrlar davomida orzu-niyat qilib, intilib kelgani – 
hurriyat va ozodlik yo„lida hayotini qurbon qilib shahid ketgan To„maris, Shiroq, 
Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Namoz botir kabi xalq 
qahramonlarini, Qodiriy, Behbudiy, Munavvarqori, Cho„lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon 
Nosir singari millatimiz fidoyilarini eslashimiz ham qarz, ham farzdir. 
Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o„zimizni inson sifatida anglashni, 
odamiylik fazilatlarimizni ulug„lashni nazarda tutamiz. Eng muhimi, bu hayajonli va 
iztirobli sana o„rnimizga keladigan yosh avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular 
qalbida Vatan va yurt uchun g„urur va iftixor tuyg„ularini uyg„otishga xizmat qiladi. 
Bu hayotning go„zal va nurafshon, yurtimizning ozod va obod bo„lishida shu 
muqaddas zaminda yashayotgan qo„li qadoq, niyati pok million-million 
yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor. Bugungi Xotira va Qadrlash kunida men 
ko„pchilik qatorida ana shu kamtar va kamsuqum, oddiy, zahmatkash insonlarni 
bag„rimga olib, barchasiga ta‟zim qilaman. 
Muhtaram do„stlar, yurtdoshlarim! 
Bugun poytaxtimiz markazida bunyod etilgan muazzam Xotira maydoni 
ochilmoqda. Bu ham mustaqillik tafakkurining yana bir bor namoyon bo„lishi, 
xalqimizning tabiatiga yot bo„lgan eski qolip va soxta g„oyalardan voz 
kechganimizning yana bir tasdig„idir. 
Shu nuqtayi nazardan qaraganda «noma‟lum askar» degan tushuncha nimani 
anglatar edi? 
O„zingiz o„ylang, inson ona yurti, xalqining baxt-saodati uchun omonsiz janglarda 
jonini fido etsa-yu uning nomi noma‟lum bo„lsa! 
Axir, urushga ketgan har bir askarning nomi, nasl-nasabi uning ota-onasi, 
qarindosh-urug„lari, farzandlarining qalbida bir umr armon bo„lib yashaydi-ku! Axir, 
ularning har biri shu xalqimiz, shu millatimizning jondan aziz farzandlari, bizning 
jigarbandlarimiz emasmi?! 
Biz uchun urushlarda qurbon bo„lgan yuz minglab yurtdoshlarimizning nomi ham, 
jasorati ham ma‟lum va hech qachon unutilmagay, inshoollo! 
Shuning uchun biz ularning nomlarini mana shu maydondagi muhtasham Xotira 
kitobiga zarhal harflar bilan mangu muhrlab qo„ydik. 


480 
Toki bu muqaddas ziyoratgohga qadam qo„ygan har bir inson, nafaqat xalqimiz, 
balki butun dunyo ahli ajdodlarimizga, fidoyi jangchilarimizga bo„lgan buyuk 
ehtiromimizni ko„rsin, ularning xotirasi qarshisida ta‟zim bajo etsin. 
Aziz birodarlar! 
Mana shu maydon markazida urush va ayriliqlardan behad qayg„u-jafo chekkan, 
farzandlari dog„ida qaddi dol bo„lgan Motamsaro ona haykali o„rnatilgan. 
Bu haykal uzoq tarixi davomida ne-ne balo-qazolarni, jabr-u zulmlarni, qirg„in-
qatag„onlarni boshidan kechirgan, ayni paytda o„z erkinligi, insoniy haq-huquqlari 
uchun tinimsiz kurashgan ona-Vatanimizning yorqin timsolidir. 
Inson bolasini Ona yorug„ dunyoga keltiradi, oq yuvib oq taraydi. Uni beg„araz 
mehri bilan ulg„aytiradi. Inson qalbida neki olijanob tuyg„ular va odamiylik 
xususiyatlari mavjud bo„lsa, barchasi ona mehridan, ona tarbiyasidandir. 
Vatanga muhabbat tuyg„usi ona suti, ona allasi bilan qon-qonimizga singadi, 
ongimizga kiradi. 
Shu bois Ona – Vatan, Vatan – Ona, demakdir. Biz mehr va muhabbatni, sadoqat 
va fidoyilikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz. Va bizning ham 
jamiki ezgu niyatlarimiz, xayrli ishlarimiz Ona-Vatanga atalgandir. 
Motamsaro onaning mahzun qiyofasi har birimizni hushyorlikka chorlaydi. Urush 
va qirg„inlarga yo„l qo„ymaslikka, bugungi yorug„ va dorilomon kunlarimizning 
qadriga yetib yashashga da‟vat etadi. 
Biz muqaddas Ona haykali poyiga bitilgan «Sen doimo qalbimdasan, jigarim» 
so„zlari millatimizning, xalqimizning qurbon bo„lgan farzandlariga cheksiz ehtiromini 
anglatib, qalblarimizda doimo aks sado berib turadi. 
Mangu olov tegrasiga zikr etilgan «El-yurtimizning erki va ozodligi, baxt-u saodati 
uchun hayotini qurbon qilgan vatandoshlarimiz xotirasi hamisha barhayotdir», degan 
so„zlar esa uzoq va yaqin tariximizda bugungi ozodlik va mustaqilligimiz uchun 
kurashib jon fido etganlar xotirasi yuraklarimizda abadiy yashashini anglatadi. 
Aziz vatandoshlar! 
Biz mustaqillik yillarida o„zligimizni anglash, tarixiy-milliy qadriyatlarimizni 
tiklash borasida nimaiki ish qilayotgan bo„lsak, ularning barchasini yagona maqsad-
ko„pmillatli xalqimizni birlashtirish uchun qilmoqdamiz. 
Ishonchim komilki, Xotira va qadrlash kuni xalqimizni yanada birlashtiradi, uning 
ruhiga malham bo„ladi, irodasini baquvvat, iymonini butun qiladi. 
Fursatdan foydalanib, mana shu muazzam obidani bunyod etishda sidqidildan 
mehnat qilgan quruvchi va ustalarga, me‟mor-u muhandislarga o„z nomimdan, butun 
xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildirishga ijozat etgaysizlar. 
Shunday xayrli va olijanob ishga hissam qo„shilganidan men ham g„oyat 
baxtiyorman. 
Aziz yurtdoshlarim! 
Barchangizni bugungi ulug„ ayyom bilan yana bir bor tabriklayman. 
Hammangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, farzandlarimiz baxtini ko„rish nasib 
etsin. 


481 
Xotira va Qadrlash kuniga
bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi so‘z,
1999-yil 9-may

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish