Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi.
O„zbekistonda tug„ilish ko„p bo„lgani 
va aholining talaygina qismini bolalar tashkil etgani uchun onalar va bolalar 
salomatligi muhofazasi hamisha eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo„lib keldi. 
Onalar va bolalar sog„lig„ini saqlash, ularga tibbiy yordam ko„rsatish ishlarini 
uyushtirish va rivojlantirishda tibbiyot oliy o„quv yurtlarining pediatriya, akusherlik 
va ginekologiya kafedralari, shuningdek, ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot institutlari – 
pediatriya, akusherlik va ginekologiya institutlari katta rol o„ynadi. Onalikni 
muhofaza qiluvchi va ixtisoslashgan pediatriya yordami ko„rsatuvchi muassasalar 
tarmog„i kengaydi. 1995-yildan 109 dan ziyod ayollar konsultatsiyalari yoki 
akusherlik-ginekologiya kabinetlari, 1800 dan ortiq bolalar poliklinikalari 
(konsultatsiyalari) ish olib bordi, kasalxonalarda bolalar uchun ajratilgan o„rinlar soni 
50,7 mingtaga yetdi. Keyingi yillarda ayollar konsultatsiyalari, tug„ruqxonalar, 
akusherlik-ginekologiya kabinetlaridan tashqari, tegishli muassasalarda turmushga 


234 
aloqador masalalar yuzasidan maslahat beradigan «Nikoh va oila» konsultatsiyalari va 
tibbiy-genetik konsultatsiyalar ochildi. 
Mustaqillik yillarida O„zbekistonda ayollar umrining davomiyligi 72 dan 73 
yoshgacha uzaydi. Shu davrning o„zida Rossiya, Qozog„iston va Qirg„izistonda 
ayollar umrining davomiyligi 1–3 yoshga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada ayollar 
umrining davomiyligi shu davr ichida oshdi, lekin tegishli ravishda 71 va 66 yosh 
darajasida saqlanib turibdi. Xuddi shunday vaziyat erkaklarda ham kuzatilmoqda, 
O„zbekistonda erkaklar umrining davomiyligi 1990-yildagi 66 yoshdan 1998-yilda 68 
yoshgacha ko„tarildi, ayni paytda Rossiya va Qozog„istonda erkaklar umrining 
davomiyligi 2–4 yoshga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada erkaklar umrining 
davomiyligi uzaydi, lekin tegishli ravishda faqat 66 va 62 yosh darajasiga yetdi. 
Respublikada onalar va bolalar sog„lig„ini muhofaza qilishga katta ahamiyat 
berildi. «Bolalikdan nogironlar tug„ilishining oldini olish uchun yangi tug„ilgan 
chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tug„ma va boshqa patalogiyani barvaqt 
aniqlash bo„yicha «Ona va bola skrininggi» Davlat tizimini tashkil etish to„g„risida» 
(01.04.98-y.) Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha 
rivojiga salmoqli hissa qo„shdi. Ayollarni o„z vaqtida tibbiy ko„rikdan o„tkazish va 
sog„lomlashtirish natijasida bolalar o„limi 1000 ta tug„ilgan bolaga nisbatan 1991-
yilda 51,4 dan 1999-yilda 20,2 ga kamaydi. Onalar o„limi 100 ming tirik tug„ilgan 
bolaga nisbatan 1991-yilda 65,3 dan 1999-yilda 31,0 ga kamaydi. 
O„zbekistonda tibbiy ta‟limning uzluksiz bo„lishiga va mutaxassislarning o„z 
malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat berildi. Toshkentda vrachlar malakasini 
oshirish instituti ishlab turibdi. Uning 42 kafedrasi va har xil ixtisoslikka 
mo„ljallangan kurslarida har yili 5-6 mingga yaqin vrach, jumladan boshqa 
hamdo„stlik mamlakatlaridan kelgan mutaxassislar o„z malakasini oshirdi. 
O„zbekistonda iqtisodiy islohotning borishi tibbiyot xodimlari tayyorlash ishini, 
umuman tibbiy ta‟lim tizimini takomillashtirishni taqozo qilardi. Respublikadagi 
tibbiyot institutlarida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash ko„zda tutildi. Shunga ko„ra 
«davolash ishlari» ixtisosligidan vrach kadrlar tayyorlash ishi 3 bosqichdan tarkib 
topadigan bo„ldi, shulardan birinchisi – tabobat bo„yicha 5 yil davomida umumiy 
tayyorgarlik ko„rib, bakalavr, ya‟ni vrach yordamchisi unvonini olish; ikkinchisi – 
to„la-to„kis tibbiy ma‟lumotga ega bo„lib, tibbiyot doktori darajasiga erishish; 
uchinchisi – xodimning tanlagan ixtisosiga qarab, magistraturada o„qish. 
Magistraturada mutaxassis vrach tayyorlash eng yaxshi ilmiy maktablar va 
klinikalarda olib borildi. Ayni vaqtda zamonaviy ta‟lim texnologiyasidan foydalanila 
boshlandi. Shu bilan birga, mutaxassisning malakasini tekshirib borish yoki oshirish 
uchun uni vaqti-vaqtida sinov (attestatsiya)dan o„tkazib turiladi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish