«Dunyo
qariyb yuz yil davomida unutib qo„ygan jug„rofiy siyosiy makon bugungi kunda
o„zining yangi sifatini ko„rsatmoqda va bu siyosiy sharoitda kutilmagan
o„zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ayni paytda bugungi kunda ko„pgina
mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini jalb etayotgan Markaziy
Osiyo ularning tashqi siyosat yo„li strategiyasini shakllantirishda muhim va hal
qiluvchi unsur bo„lib qolmoqda»
, – dedi.
Darhaqiqat Markaziy Osiyoda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, uning
siyosiy-jug„rofiy o„rni, iqtisodiy va ma‟naviy imkoniyatlari jahon hamjamiyatini
istiqbolga yangicha munosabatlar bilan qarashga, dunyo ahlini o„ziga ham, olamga
ham tiyrakroq nazar tashlashga majbur etmoqda. Prezident I. Karimov
ta‟kidlaganidek, «biz yashayotgan dunyo torgina emas, juda murakkab ekanligini
idrok qilmasdan turib bu muammolarni hal qilish ancha qiyin». Bu bilan u endi biz
yashayotgan olam xuddi hozirgacha o„ylaganimiz singari jo„n, oddiy emasligini, bu
juda keng va rang-barang, nihoyatda murakkab va ziddiyatli dunyo haqida shunchaki
fikr yuritib bo„lmasligini anglashga, har bir davlat arbobining kundalik tashvishi
butun olam va odamlar tashvishi bilan bog„liqligini unutmaslikka chaqirmoqda.
Qariyb yuz yil maboynida bir xil tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‟sirida
yashab, olam ahli, jumladan siyosatdonlar ham qariyb bir xil fikrlashga o„rganib
qolishgan edi. G„arb-u Sharq o„rtasidagi dahanaki janglar, ikki qarama-qarshi siyosiy
tizim va mintaqalararo zo„ravonlik jazavalari avj olgan yillarda dunyo taqdiri ham,
Yer shari istiqboli ham, olam-u odamlar tashvishi ham ba‟zan unutilganday edi. Ular
nuqul qandaydir siyosiy nufuzlar, olamga egalik qilish da‟volari, ma‟naviy ustuvorlik
dard-u o„ylari bilan yashashardi. Hayot esa odamlar turmushi, ularning kechinmalari
hammavaqt, hamma narsadan baland ekanligini ko„rsatib berdi.
O„zbekiston rahbarining jahon siyosatiga ta‟siri, uning o„ziga xos novatorlik kuchi
shundaki, quruqlikning qariyb ikkidan birini egallagan juda keng mintaqada – sobiq
Ittifoq va Osiyo mamlakatlari rahbarlari o„rtasida g„oyat o„ktamlik va uddaburonlik
bilan eskicha qarashlar qobig„ini sindirib tashladi. Olamga, hayotga, dunyoning
murakkab va chigal jarayonlariga nihoyatda tiyrak nigoh bilan qaradi. Birlashgan
Millatlar Tashkilotining 1995-yil 15-16-sentabrda Toshkentda o„tkazilgan seminar-
kengashida qilgan nutqi ana shu qarashlar va yangicha tafakkurning mahsuli bo„ldi.
253
1997-yil sentabrda esa «Markaziy Osiyo – yadrosiz zona» nomli xalqaro konferensiya
o„tkazildi.
O„zbekiston rahbari har qanday mojarolar oldini olishning yagona yo„li –
donishmandlik,
aql-idrok,
masalalarga
tiyraklik
bilan
qarash,
chuqur
mushohadakorlik, turli qarama-qarshi guruhlar va doiralarning bir stol atrofida
to„planib, hamjihatlikda fikrlashib olish hamda eng to„g„ri, eng oqilona va adolatli
mulohazalarga mard bo„lib yon berish zarurligini uqtirdi. Bu jahon taraqqiyotida
muhim bosqich bo„ladigan va yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning sifat
o„zgarishiga olib keladigan voqelikdir. Chunki, uzoq yillar mobaynida shakllangan
davlatlararo xudbinlik kayfiyatlari, zo„ravonlik va tazyiqga asoslangan hukmronlik,
do„q-po„pisa yo„li bilan ayrim mamlakatlar ravnaqiga to„sqinlik qilish ruhiyati hamon
mavjud. Tamoyilga aylangan bunday nuqsonlarga barham berish, muzokaralarda
faqat umumjahon manfaatlariga tayanish fazilatlarini kuchaytirmay bir narsaga erishib
bo„lmaydi. Ana shunday xulosalardan kelib chiqib Prezident I. Karimov quyidagi
tamoyillarni o„rtaga tashlaydi:
– nizolarni bartaraf qilishning bosqichma-bosqichligi;
– barcha manfaatdor tomonlarning muzokara jarayonida ishtirok etishi;
– tomonlarning bir-biriga yon berish va murosa yo„li bilan bir-biri tomon
yaqinlashuvi;
– bu jarayonda BMT, YXHT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning faol ishtirok
etishi va homiylik qilish;
– har bir mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishi;
– qay shaklda bo„lmasin, tashqaridan ta‟sir o„tkazish va aralashuvga yo„l
qo„ymasligi;
– mahalliy mojarolar zonalariga qurol yetkazib berishni qat‟iyan taqiqlab qo„yish.
Ko„rinib turibdiki, O„zbekiston rahbarining jahon hamjamiyati diqqatiga havola
etayotgan bu tamoyillari xavfsiz dunyoga intilishning eng to„g„ri yo„lidir. Ayni
paytda, dunyo taqdiriga befarq qaraydigan, insoniyat tashvishidan qalbi
jarohatlanmagan insonni topish qiyin. Zotan, yerning u burchidan otilgan o„q
sayyoramizning bu burchagida yashayotgan odam hayoti uchun xavfsiz ekanligiga
hech kim kafolat bermaydi. Chunki, bu ikki shaxs o„rtasidagi kelishmovchilik singari
oddiy hodisa emas, balki davlatlararo, mintaqalararo zo„ravonlik bo„lib, Yer yuzining
xohlagan nuqtasiga xavf solishi, mamlakatlarning siyosiy, huquqiy daxlsizligini,
suvereniteti va to„la Mustaqilligini inkor etishdan tortib, inson huquqlarini poymol
etishi, uning yashash huquqidan mahrum etishi hech gap emas. Ayniqsa, bu tayoq va
tosh bilan qilinadigan urushlar davrida emas, qit‟alararo tezuchar ommaviy qirg„in
qurollari, inson zurriyoti va jamiki tiriklikka xavf-xatar soluvchi biologik yaroqlar
asrida yashayotganimiz nazarda tutilsa, uning mazmun-mohiyati yana ham chuqurroq
anglanadi, yorqinroq ko„zga tashlanadi.
O„zbekiston rahbari tasavvuridagi xavfsiz dunyo umuman xavf-xatar holi bo„lgan,
hech qanday shubha va qo„rquvga asos qolmagan tarzda yashash kabi eng oliy
qadriyatdir. Shuning uchun ham u xavfsizlik deganda yoki milliy xavfsizlik
254
tushunchasini belgilayotganda faqatgina harbiy soha bilan chegaralanmay, uning
siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy va harbiy bo„lmagan boshqa jihatlarini ham anglashga
da‟vat etadi. Bu siyosiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini to„la-to„kis
ta‟minlashdan tortib, narkobiznes va terrorizm, mintaqaviy va umumjahon
hamkorliklarning turli sohalarigacha bo„lgan rang-barang olamning rang-barang
muammolariga kengroq qarashni talab etadi. Bularning barchasi xalqaro tashkilotlar,
ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashki-
loti, Islom Konferensiyasi Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi singari nufuzli
tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish, ularning o„zaro hamkorligini muvofiqlashtirish
zarurat ekanligini ko„rsatib beradi.
O„zbekiston rahbarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga bo„lgani
kabi xalqaro siyosat va milliy xavfsizlik masalasiga ham o„ziga xos yondashuvi bor.
Jumladan u:
– davlat siyosatini har bir oila, har bir shaxs tinchligidan tortib butun mamlakat,
mintaqalararo va qit‟alararo munosabatlarni g„oyat insonparvarlik va butun Yer shari
tinchligigacha barcha-barchasini yaxlit, bir butun holda his qiladi. Eng insonparvar
siyosatni eng tinchliksevar siyosat bilan uyg„un holda tushunadi va ana shu mushtarak
tushunchalarning tantanasi uchun kurashadi;
– jahon siyosatining eng ilg„or tajribalarini o„z vaqtida o„rganadi, ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar borishini to„g„ri kuzatadi, to„g„ri tushunadi, to„g„ri baholaydi. Ularni tahlil
etishda adashmaydi. Shuning uchun dunyo siyosatchilari uni e‟tibor bilan tinglashadi,
har bir taklifning yangiligiga va o„ziga xosligiga qiziqish bilan qarashadi hamda
yuksak baholashadi;
– vaqt o„tgani sari odamlar ruhiyati yangilana boradi. Bunday ma‟naviy-ruhiy
o„zgarishlar bevosita jahon siyosatini ham yangicha mazmun bilan boyitadi. Bu tabiiy
hodisa. Ana shu holatlarni o„z vaqtida anglab, zamonaviy mulohaza yuritish asosida
davlat boshqaruvi va jahon siyosati yo„nalishlarini isloh qila borish, ularni yangi
o„zanga burish, yangicha shakl va mazmun bilan boyitish fazilati siyosatchi uchun
noyob iste‟doddir. Prezident Islom Karimov esa o„zining ana shu xislatlari bilan jahon
siyosatdonlari orasida yuksak mavqega ega bo„lmoqda.
Darhaqiqat, XXI asr har bir davlat rahbaridan faqat o„z mamlakati va xalqi
doirasidagina emas balki tor «mahalliy» doiralardan keng dunyoviy maydonga
chiqishni, mamlakatning kundalik tashvishlariga o„ralashib qolmaslik olam
minbarlaridan turib dunyo kengliklariga nazar tashlashni va shu asosda dunyoviy
muammolar hamda xalqaro masalalarni hal etishning umuminsoniy va Yer
kurrasining istiqboliga daxldor bo„lgan keng miqyosli fikrlash tarzini taqozo etadi.
Bularning bari yangi dunyoning va yangi yuz yillikning jahon siyosatiga olib
kirayotgan g„oyat insonparvar, hayotiy va ezgulikka tayangan, dunyo siyosatining
yangi madaniyat darajasini belgilaydigan omillardan biri.
Prezident Islom Karimov dunyoviy jarayonlarni doimiy ravishda kuzatadi. Olis
istiqbolga katta umid va ishonch bilan qaraydi. Ayni paytda yuz berayotgan ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar borishini, ularning kelib chiqish manbalarini ancha oldindan
255
kuzatadi va ularning natijalarini, salbiy yo ijobiy xulosalarini ko„plardan oldinroq
ilg„aydi, oldinroq qarorga keladi. Bularning bari uning keng qamrovli tafakkur egasi
ekanligini, voqealarga donishmandlik bilan yondashishini yaqqolroq ko„rsatadi. Shu
nuqtayi nazardan O„zbekiston rahbari I.Karimovning 1996-yil 2-3-dekabr kunlari
Lissabonda YXHTga a‟zo davlatlar boshliqlari uchrashuvida ko„targan dolzarb
masalalari jahonda yangi xavfsizlik modelini yaratishga qo„shilgan munosib hissa
bo„ldi.
I. Karimov ushbu uchrashuvda faqat Yevropadagina emas, balki butun dunyoda
vaziyat va kuchlar nisbatining tez o„zgarayotgani yangi mustaqil davlatlarning
maydonga chiqayotgani, hozirgi davrda xalqlar va davlatlar barqarorligini ta‟minlash
XXI asr bo„sag„asida xavfsizlikning yangi modelini ishlab chiqish uchun yangi
yondashuvlarni izlashni qat‟iyan taqozo qilayotganligini alohida ta‟kidladi.
Xavfsizlik masalasida O„zbekistonning munosabatini bildirib I.Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |