Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Ko„p  hollarda nufuzli xalqaro tashkilotlar mojaroli vaziyatlarga, ifodali aytganda



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Ko„p 
hollarda nufuzli xalqaro tashkilotlar mojaroli vaziyatlarga, ifodali aytganda 
yong„in hidi endigina chiqayotgan paytda emas, balki batamom lovullab 
ketganda, bartaraf etish qiyin bo„lib qolgandan keyingina e‟tibor bera 
boshlaydilar. Jahon hamjamiyati mojarolar kuchayishining oldini olish 
maqsadida ko„p hollardagi befarq kuzatuvchi rolidan faol tinchlikparvar 
nuqtayi nazariga o„ta borishi kerak»
, – deb qat‟iy ta‟kidlagan edi. O„shanda u 
nufuzli xalqaro tashkilotlarning faoliyatini tubdan o„zgartirish, ular tizimida va 
maqomida ham tub islohotlarni amalga oshirish kerakligini, endigi dunyo 
bamaylixotirlik kayfiyatini ko„tarmasligini, aksincha, u dadil harakatlarga boy 
tafakkur va aql-idrokka asoslangan qat‟iy talablarga muhtoj ekanligini ko„rsatib 
bergan edi. 
Tojikiston voqealari, Tojikiston va Afg„oniston munosabatlari, umuman Markaziy 
Osiyodagi ma‟naviy-siyosiy vaziyatni g„oyat chuqur, har taraflama asosli tahlil etar 
ekan, ularning mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy muhitiga ta‟siri haqida, mazkur 
mintaqaning jahon taraqqiyotida tutgan o„rni va xalqaro tashkilotlarning vazifalari 
haqida prinsipial fikrlar yuritdi. 
O„shandan buyon oradan ma‟lum muddat vaqt o„tdi. Mamlakat hayotida ham, 
jahon siyosatida ham birmuncha o„zgarishlar yuz berdi. Ana shu ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar yuz berayotgan yangidan-yangi hodisalarga alohida e‟tibor bilan qarashni 
taqozo etayotganligi sababli Prezident I. Karimov dunyo va Yer yuzi taqdiriga 
daxldor bo„lgan qator muammolar ustida doimiy va uzluksiz yangi fikrlarni ilgari 
suradi. Jumladan, u o„tmishdagi «sovuq urush» illatlariga barham berish, g„oyaviy 
kurashlarga chek qo„yish yo„li bilan tashqi siyosatni xalqlar va mamlakatlar ravnaqi 
asosida qayta shakllantirish zarurligi g„oyasini o„rtaga tashlaydi. Davlatlararo 
munosabatlar har tomonlama dunyo taraqqiyotiga va mamlakatlar fuqarolarining 
hayotiga daxldor bo„lishini uqtirib o„tdi. U Yer yuzi xavfsizligi bilan bir qatorda 
O„zbekistonda chinakam insonparvar siyosat tobora chuqurlashib borayotganini va u 
dunyo kengliklariga chiqib olayotganini yaqqol ko„rsatdi. Ayni paytda mamlakatimiz 
rahbari Markaziy Osiyo muammolari xususida to„xtalar ekan, Yer sharining ana shu 
mintaqasida yuz beradigan hodisalarning salbiy yo ijobiy jarayoni bevosita dunyo 
taraqqiyotiga, jahon xalqlari taqdiriga u yoki bu tarzda kuchli ta‟sir etishi 
mumkinligini nihoyatda kuchli siyosiy-falsafiy mantiq, jahon muammolarini 


251 
o„rganishda o„ziga xos dunyoviy tafakkur, chuqur tahlil va undan kelib chiqadigan 
aniq-ravshan xulosalar bilan isbotlab bergan edi. Ko„tarilgan muammolar asosida 
Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy seminarini tashkil etish hayot 
zarurati, jahon taraqqiyotiga daxldor bo„lgan ehtiyoj ekanligini ta‟kidladi. 
Qolaversa, O„zbekiston jug„rofiy-siyosiy jihatdan o„ta muhim nuqtada joylashgan. 
U bir qator mamlakatlararo va mintaqalararo aloqalarni eng maqbul shaklda 
birlashtirib turish uchun qulay imkoniyatga ega. Qadimdan mag„rib-u mashriq, 
shimol-u janub ana shu mamlakat orqali aloqada bo„lgani, o„zaro iqtisodiy-ijtimoiy 
munosabatlarning rivojlanishi va shu dunyo taraqqiyoti barqarorligini saqlab turish 
uchun muhim omil, tayanch nuqtasi ekanligini ko„rsatib berdi. 
Shuni alohida ta‟kidlash mumkinki, hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini 
yaxshilik sari burib turishda, insoniyat ravnaqi va hayotining daxlsizligini 
ta‟minlashda, qolaversa butun Yer shari «muvozanati»ni saqlab turishda hozirgi 
O„zbekiston tutgan siyosiy mavqe jug„rofiy jihatidan katta strategik ahamiyatga ega. 
Ayni paytda O„zbekiston dehqonchilik va sanoat ishlab chiqarishi, beqiyos yer osti 
va ustki boyliklari mavjud bo„lgan mo„jizaviy makon. Unda jahon taraqqiyotiga 
daxldor bo„lgan fan, madaniyat va boshqa aqliy imkoniyatlar ham mavjudki, bu 
bevosita uning dunyo sahnasiga chiqishiga keng yo„l ochib berdi va yangi dunyo 
uchun hayotbaxsh kuch bo„lib xizmat qildi. 
O„zbekiston rahbarining o„rtaga tashlagan takliflari dunyo siyosatdonlari 
tomonidan ancha o„rganildi, tahlil etildi va ma‟qullandi. Natijada 1995-yil 15–16-
sentabr kunlari Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik 
masalalariga bag„ishlangan seminar-kengashi bo„lib o„tdi. 
Qator xalqaro tashkilotlarning mas‟ul vakillari, o„nlab mamlakatlarning siyosat va 
jamoat arboblari ishtirok etgan bu kengashda Markaziy Osiyo muammolarini 
o„rganish dunyo taraqqiyotining muhim bosqichi sifatida keng muhokama qilindi. 
O„zbekiston rahbarining kengashda so„zlagan nutqi bosh hujjat va keng qamrovli 
dastur sifatida baholandi. Notiq Toshkent uchrashuvlarining «Tinchlik, Barqarorlik, 
Hamkorlik» shiori ostida o„tayotganligining o„ziga xos mazmuni borligini alohida 
sharhlab berdi. Jumladan: 
– dunyo tinchligi yo„lida davlatlar o„rtasida o„zaro hurmat va qat‟iy ishonch, 
mamlakatlarning Mustaqilligini so„zsiz tan olish; 
– siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotning hamda islohotlarning samarali 
bo„lishining asosiy omili barqarorlik ekanligini e‟tirof etish va uni to„la ta‟minlashga 
intilish; 
– umumxalq va umumjahon manfaatlaridan kelib chiqib, har tomonlama 
hamkorlikka tayanib ish tutish zarurligini ko„rsatib berdi. 
O„zbekiston rahbarining fikricha dunyo taraqqiyoti, olamning bus-butunligi, 
barcha xalqlarning tinchligi va xavfsizligi eng avvalo, mintaqaviy barqarorlikni 
vujudga keltirish va bir-birini bevosita to„g„ri anglashga bog„liq. Darhaqiqat, birinchi 
galda ma‟naviy-ruhiy jihatlari, turmush tarzi va urf-odatlari bir-biriga yaqin bo„lgan 
xalqlar o„zaro totuvlikni ta‟minlasalargina, ular yashayotgan mintaqalarda xavfsizlik, 


252 
barqarorlik bo„lishiga, shu asosda mintaqalararo va qit‟alararo yakdillik vujudga 
kelishiga imkon yaratiladi. Ana shunday hayotiy haqiqatga tayangan O„zbekiston 
Prezidenti urush va tinchlik muammolariga, milliy ravnaq va Yer yuzi xavfsizligiga 
kengroq qarash, endi yaqin o„tmishimizdagidan farqli holda har qanday mafkuradan 
xoli, inson qalbiga yaqin bo„lgan tushunchalarni ilgari surib, «bir-birimizdan 
qochmaslikni tushunishga majbur ekanligimizni» alohida uqtirib o„tdi. Ana shu 
majburlik hissi, majburiyat yuki har qanday davlat arbobining o„z mamlakati 
manfaatidan tortib mintaqaviy, qolaversa dunyoviy masalalarga ham jiddiyroq 
qarashni, bu masalalar oldida javobgar ekanligini g„oyat kuyinchaklik va mas‟uliyat 
bilan ta‟kidlaydi. 
Prezident I.Karimov Markaziy Osiyo muammolari haqida gapirar ekan, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish