Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Terrorizm – insoniyat hayotiga tahdid



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Terrorizm – insoniyat hayotiga tahdid 
1999-yilning 16-fevral kuni Toshkent shahrining bir necha joyida kuchli 
portlashlar yuz berdi. Natijada begunoh odamlar halok bo„ldilar. Yuzlab odamlar turli 
darajadagi og„ir tan jarohatlarini oldi. Bir qancha ma‟muriy va turarjoy binolari jiddiy 
zarar ko„rdi. Terrorchilar bu xatti-harakatlari bilan butun mamlakat aholisining qahr-u 
g„azabini uyg„otdi. 
Terrorizm harakatlari insoniyat tarixida yangilik emas. Qo„poruvchilik hollari turli 
davrlarda, turli mintaqalarda xilma-xil shaklda sodir bo„lib kelgan mudhish hodisa. U 
hammavaqt insoniyat hayotiga tahlika va tahdid solib, turli g„arazli maqsadlarning, 
g„oyalar va xohish-irodalarning timsoli sifatida yashaydi. 
Terrorizm
– insoniyat dushmani, taraqqiyot va yuksalish kushandasi. 
Terrorizm
ma‟lum bir guruhning shaxsiy manfaatlari, o„z orzu-umidlari va 
g„ayriinsoniy xatti-harakatlarining majmuasidir. Ayni paytda u ana shu maqsadlarning 
amalga oshishi uchun har qanday xunrezliklardan, qotilliklar va zulmdan qaytmaydi. 
Terrorizm xatti-harakatlarining mazmuni va mohiyati bevosita zo„ravonlik, inson 
hayotiga tahdid va uning huquqlarini poymol etish bilan bog„liq bo„lgan, butun 
mamlakatni xonavayron qilishga olib keladigan, xalq, millat va mamlakat taqdirini 
butunlay boshqa o„zanga burib yuborib, o„z maqsadi va g„oyalarining ro„yobi uchun 
hech narsadan tap tortmaslikdir. Ayni paytda u har qanday fikrlash, aql-idrok 
doirasida ish yuritishdan xoli bo„lgan shafqatsizlik, ashaddiy xunxo„rlik, jazava va 
tazyiq bilan yovuz niyatini amalga oshiradigan bir to„da olomon faoliyatidir. 
Terrorizm turli mamlakatlarda turli shakllarda va har xil maqsadlar asosida 
dunyoga keladi, urchiydi, ko„payadi va yashaydi. Ma‟lum bir mamlakat xalqlarining 
dunyoqarashi, ma‟naviy-ruhiy qiyofasi, aniqrog„i ehtiyojlari, turmush tarzi bevosita 


262 
ana shunday jarayonlarning shaklini, qiyofasini, mohiyatini va rivojlanish 
jarayonlarini, boshqacha qilib aytganda evolutsiyasini belgilaydi. 
O„zbekistonda yuz bergan terrorchilik harakati ayni xalqimiz turmushi, an‟analari, 
urf-odatlari va aqidalarini o„zida mujassam etgan, uning eng nozik his-tuyg„ularini 
hisobga olgan holda yuzaga keldi. Darhaqiqat, xalqni qo„zg„atish va ularga o„z 
ta‟sirlarini o„tkazish uchun xuddi ana shu nozik va ta‟sirchan omillardan Islom 
omilidan ustomonlik bilan foydalandilar va bu tendensiya hozir ham davom etmoqda. 
Zotan, Islom dini o„zbek xalqi ma‟naviy, ma‟rifiy va ruhiy olamiga katta ta‟sir 
o„tkazgan, xalqimiz turmush tarzidan juda chuqur o„rin olgan katta ijtimoiy hodisa 
hisoblanadi. Haqiqatan ham Islom dini yuksak madaniyat va axloqiy mezonlarni 
o„zida mujassam etgan qudratli mafkura, ilohiy ta‟limot sifatida hayotimizdan, qalbi-
mizdan, ongimiz va shuurimizdan alohida o„rin egallagan. Terrorchilar millat 
hissiyoti, tuyg„ulari va ehtirorslari bilan bog„liq bo„lgan ana shu omildan ayyorlik 
bilan foydalandilar. 
Islom niqobi ostida amalga oshirilgan qo„poruvchilik harakatlari bir guruh 
aqidaparastlarning qonuniy hokimiyatni ag„darib tashlash va shu yo„l bilan davlat 
tepasiga chiqib olish singari maqsadlari tufayli yuz berdi. 1999-yil 16-fevral kuni 
sodir bo„lgan qonli fojialarning butun mazmuni va mohiyati ana shundan iborat. 
Fevral voqealari bugunning mahsuli emas. U yillar mobaynida maddalab, 
yiringlab, oxir-oqibatda millat va mamlakat jism-u jonini azobga soladigan, so„ng esa 
butunlay halokatga keltiradigan ashaddiy yovuzlikdir. 
Mustaqillik arafasida, aniqrog„i 1980-yillarning ikkinchi yarmida sobiq Ittifoq 
hududida, jumladan, O„zbekistonda ham vujudga kelgan demokratiya o„yinlari 
natijasi bo„lmish bu illat yillar o„tgan sari faoliyat doirasini, shaklini, ta‟sir etish 
yo„llarini o„zgartirib turdi. Biroq, mazmun-mohiyati o„sha-o„shaligicha qolaverdi – 
qon to„kish, zo„ravonlik yo„li bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish! O„zlarining qabih 
niyatlariga erishish uchun hech narsadan tap tortmaydigan, chirkin va jirkanch 
maqsadlari yo„lida millionlab begunoh odamlar yostig„ini quritishdan toymaydigan, 
fikrlashdan uzoq bo„lgan kishilar guruhi ayni ana shunday yo„l tutadi. 
Hayotda o„zining qat‟iy pozitsiyasiga, mustaqil fikriga ega bo„lmagan, voqelikka 
aql-idrok bilan emas, balki hissiyot bilan yondashadigan odamlar havoyi da‟vatlarga 
tez uchadilar. Terrorchilik harakati tashkilotchilari aholining xuddi ana shunday 
irodasi bo„sh, iymoni sust, dunyoqarashi cheklangan, fe‟l-atvori shakllanmagan 
qatlami ichiga kirib olishdi. Ularning zaif jihatlaridan ustomonlik bilan foydalanishdi. 
Mamlakat Prezidenti fevral voqealariga daxldor bo„lgan terrorchilik guruhi 
ta‟siriga uchgan, bilib-bilmay ko„r-ko„rona ularga ergashganlarni yurt va millat otasi 
sifatida gunohlaridan kechishi haqida bayonot berganidan keyin sodir bo„lgan 
voqealar diqqatga sazovor. 
Darhaqiqat, bir necha yuzlab yoshlar o„z ota-onalari bilan tanlagan yo„llarining 
noto„g„ri ekanligini anglab yetdilar. Kimlarningdir tazyig„i va ta‟siri bilan 
g„ayriislomiy – g„ayriinsoniy yo„lga kirib qolganliklaridan pushaymon bo„lib, uzr 


263 
so„ramoqdalar. Ana shu fojiaviy holatning o„zi diniy aqidaparastlik nima ekanligini 
yaqqol ko„rsatmoqda. 
Farg„ona vodiysida, xususan, Andijon viloyatida payt poylab yurgan aqidaparast, 
ekstremistik guruhlar o„zlarining uzoq vaqtdan beri pinhona tayyorlab kelgan 
rejalarini 2005-yil 13-may kuni amalga oshirishga urindi. Ular Qirg„izistondagi kabi 
O„zbekistonda ham mahalliy va markaziy hokimiyat zaiflik qiladi, degan xomxayolga 
borgan edi. Jangarilar ongi zaharlangan yoshlarni o„zlariga ergashtirib, ma‟muriy 
binolarni egallash yo„li bilan o„z qabih maqsadiga erishishni rejalashtirgan edi. 
Andijonda xalq saylagan konstitutsiyaviy hokimiyatni ag„darishni, bu yerda 
musulmon xalifaligi tuzishni mo„ljallagan edi. 
Ayrim davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasiga demokratiyani majburan 
o„rnatishga urinishidan uchinchi kuch foydalanib qolishi mumkin. Bu kuch – islom 
dinini niqob qilib olgan yovuz niyatli radikal oqimlardir. 
Oldindan puxta tayyorgarlik ko„rgan qurollangan jangarilar yarim tunda 
shahardagi post-patrul xizmati batalyoni hududiga bostirib kirib, to„rt nafar 
navbatchini otib tashlaydi. O„nlab avtomat, granata, ikkita qo„l pulemyoti va boshqa 
qurol-yarog„ni qo„lga kiritgan bosqinchilar tunda Mudofaa vazirligining harbiy 
qismiga borib navbatchini otib tashlab, qo„shimcha qurol-aslahani qo„lga kiritadi. 
Qamoqxona darvozasini buzib kiradi, qurol bilan qo„rqitish orqali hibsxonalardan 
qariyb 600 nafar mahbusni chiqarib yuboradi. 
Bosqinchilar tinch aholiga tegishli yengil mashinalarni egallab oladi, qurollardan 
o„q otgan holda viloyat hokimligi, Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va 
viloyat ichki ishlar boshqarmasi binolariga hujum uyushtiradi. Ular viloyat hokimligi 
binosini egallaydi. 
Jangarilar har bir harakatini ayollar, bolalar, qariyalar va boshqa garovga olingan 
kishilar panasida turib amalga oshiradi.
Mamlakatimiz Prezidenti shu kuni erta tongdayoq Andijonga yetib bordi. Shahar 
va viloyat jamoatchiligi vakillari, mahalla oqsoqollari bilan uchrashdi. Ular bilan 
maslahatlashgan holda vaziyatni izga solish bo„yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi. 
Mamlakatimiz, xalqimiz istiqlolning ilk kunlarida belgilab olgan oliy maslagimiz – 
huquqiy demokratik davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
yo„lidan dadil boraveradi. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilash, mamlakatni 
modernizatsiya va isloh etish – bosh maqsadimizdir. Erkin, demokratik fuqarolik 
jamiyati talablariga to„liq javob beradigan yuksak taraqqiyotga erishish yo„lidan bizni 
hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish