fanatizm – fikr va
tafakkur kushandasi, jaholat va xiyonat homiysi
ekanligini ko„rsatdi.
Prezident Islom Karimov dinning jamiyat taraqqiyotida tutgan o„rni va roli, diniy
fanatizm va ekstremizmning fojiali oqibatlari xususida fikr yuritar ekan, o„zining
«O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari» kitobida aqidaparastlik illatining O„zbekiston Mustaqilligiga
tahdid soluvchi yettita omilini ko„rsatib beradi. Jumladan:
Birinchidan
, aqidaparastlikni yoyish orqali musulmonlarning davlatning
islohotchilik faoliyatiga ishonchini barbod qilish, mamlakat va xalq taqdirini
belgilaydigan barqarorlikni, fuqarolararo va millatlararo totuvlikni buzish yo„lidagi
xatti-harakati ko„zga tashlanayotganini ko„rsatadi. Fanatizm va ekstremizm dunyoviy
davlatchilik tamoyillarini tan olmaydi. Haqiqiy demokratiyani, uning siyosiy va
ma‟naviy ahamiyatini inkor etadi. Ko„pmillatli va ko„pdinli jamiyatda ma‟naviy
xudbinlik orqali o„z mavqeyini ko„tarishga intiladi, boshqa dinlarni kamsitish va inkor
qilish yo„li bilan xalq hayotini jar yoqasiga olib boradi.
Ikkinchidan, «Fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop, jozibador,
ammo baqiroq va asossiz da‟vatlariga ko„r-ko„rona ergashuvchilar o„zgalar
irodasining quli bo„lib qolishini anglashimiz lozim»
, deydi Prezident I.Karimov.
Darhaqiqat, bu hayqiriq va baqiriqlar yuzaki qaraganda odamlarni o„ziga jalb etadi,
kundalik mayda kamchiliklarni dunyoviy tashvishga aylantirib, ularning qalbida
hayotga nisbatan norozilikni kuchaytiradi, ruhiyatida parokandalik va parishonlik,
oxir-oqibatda esa tarkidunyochilik kayfiyatini uyg„otadi. Insonning yaratuvchilik
qudrati, mehnat qilish va yashash iqtidori susayadi. Xonanishin kayfiyat qurshovida
qoladi.
Qolaversa, allaqanday hayqiriqlar va shiorlar girdobiga tushib qolgan kishi o„zini
ruhan erkin his qila olmaydi. Shaxs erkinligi, uning yashash erki va butun fikriy-
ma‟naviy ozodligi ko„zga ko„rinmas tor chegaralar doirasida biqinib qoladi. Natijada
o„sha qobiqdan chiqolmaydi, bu keng va rang-barang olamni diqqinafas xonadangina
iborat deb biladi, o„sha qobiq ichida yashaydigan va fikrlaydigan bo„lib qoladi.
Hurfikrlilik, ozod yashash, ozod fikrlash jozibasidan mahrum bo„ladi. Natijada o„zi
anglamagan holda kimlargadir mute bo„lib qoladi. Tobelik uni butunlay o„rab-
chirmab oladi. Taraqqiyot ana shu yo„l bilan to„xtatiladi. Harakatsiz, tushkun va mo„rt
hayot shakllanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |