* * *
Aholi ijtimoiy barqarorligini ta‟minlashning O„zbekiston tamoyillari
1. Aholi daromadlarining o„sishiga erishish uchun:
– minimal ish haqi darajasini maqsadga muvofiq miqdorda oshirish;
– ish haqi miqdorini ishlab chiqarish darajasini nisbatan muttasil oshirib borish;
– soliqqa tortilmaydigan minimal darajani belgilash;
– xususiy sektor hisobidan yangi ish o„rinlarini tashkil etish;
227
– yirik ishlab chiqarish bilan mayda ishlab chiqarish tarmoqlari aloqasini
kengaytirish;
– uy xo„jaligi doirasida kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etishga davlat va
nodavlat tashkilotlari ko„magini oshirish;
– imtiyozli kreditlar ko„lamini yanada kengaytirish;
– savdo-sotiq erkinligini yanada kuchaytirish;
– ishlab chiqarish resurslariga cheklovlarsiz ega bo„lish va ularni o„zlashtirish
erkinligini ta‟minlash;
– axborot olish erkinligini ko„chaytirish va kengaytirish.
2. Ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash uchun:
– milliy iqtisodiyot nufuzli tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmini ortishi hisobiga
iqtisodiy o„sishni ta‟minlash;
– aholi sonining o„sish sur‟atlariga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmining yuqori
darajada barqarorlashtirish va aholining real daromadlarini o„stirish;
– budjet taqchilligiga yo„l qo„ymaslik;
– asosiy kapitalga real investitsiyalarni kiritishni kuchaytirish va yetakchi
tarmoqlarda institutsional o„zgarishlarni izchil davom ettirish;
– past rentabelli korxonalarda tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirish va yuqori
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarining eksportini kengaytirishlari
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
– xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi
ulushini oshirish;
– jismoniy shaxs maqomidagi tadbirkorlar qatlamini kengaytirishning huquqiy va
iqtisodiy asoslarini yaratish.
«O„zbekiston
jamiyatni
demokratlashtirish
va
yangilash
mamlakatni
modernizatsiya va isloh qilish yo„lida» kitobidan. («Akademiya» T., 2005-y.)
2005-yilda yolg„iz keksalar va nogironlar, yordamga muhtoj insonlar salomatligini
asrash bo„yicha amalga oshirib kelayotgan ishlarimizni davom ettirganimiz bu masala
biz uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanini ko„rsatadi.
Misol uchun, xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda Qashqadaryo, Samarqand,
Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi kam ta‟minlangan
oilalarga mansub 2500 dan ziyod bola atroflicha tibbiy ko„rikdan o„tkazilgani,
«Sog„lom avlod uchun» jamg„armasi bilan hamkorlikda 280 nafar nogiron bola
plastik operatsiya qilinganini aytish mumkin.
Professional mahorat va katta mablag„ talab qiladigan bunday tadbirlar tufayli
yuzlab ota-onalarning dard-u tashvishi yengillashgani, bu bolalarning o„zi hayotga
yangicha ko„z, umid va ishonch bilan qaray boshlagani muhimdir.
2006-yilda ko„p bolali, kam ta‟minlangan oilalarga 10 milliard so„mlikdan ziyod
qoramol olib berildi. Natijada odamlarning mehnat bilan shug„ullanishi, avvalambor,
oila a‟zolarini go„sht va sut mahsulotlari bilan ta‟minlash, qolaversa, qo„shimcha
daromad topish imkoni yaratildi.
228
Millionlab yurtdoshlarimiz ishtirok etgan umumxalq xayriya hasharlarida tushgan
mablag„lar hisobidan 2 ming nafar yolg„iz keksa va 66 ming kam ta‟minlangan
oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta‟mirlab berildi.
Qariyb 23 ming nafar qarovchisiz qariya va nogiron kishilarga ijtimoiy xizmat
ko„rsatildi. Respublikamizdagi barcha «Saxovat» va «Muruvvat», «Mehribonlik»
uylari hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan 3,5 milliard so„mlik
moddiy yordam berildi.
Shuningdek, 2006-yilda kam ta‟minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming
nafar boshlang„ich sinf o„quvchisi 16 milliard so„mlikdan ziyod kiyim-bosh bilan
ta‟minlandi.
Maktabga ilk bor qadam qo„ygan o„quvchilarni darsliklar va o„quv qurollari bilan
bepul ta‟minlash ishlari davom ettirildi. 521 ming nafar bolaga qariyb 15 milliard
so„mlik darslik va o„quv qurollari sovg„a sifatida berildi.
Nogiron bolalarni sog„lomlashtirish maqsadida Sog„liqni saqlash vazirligi,
«Sog„lom avlod uchun» jamg„armasi tashabbusi bilan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan
holda, tug„ma nuqsonlari mavjud bo„lgan bolalarni murakkab jarrohlik yo„li bilan
davolash ishlari amalga oshirildi.
2006-yili tibbiyot xodimlari uchun ish haqining takomillashtirilgan tarif setkasi
joriy qilindi, shifokorlar mehnatini rag„batlantirishning yangi va samarali tizimi
shakllandi.
Natijada mamlakat bo„yicha umumiy oylik ish haqini indeksatsiya qilish darajasini
hisobga olganda, ularning o„rtacha oylik maoshi taxminan 2,2 barobar oshdi.
Shu borada har bir tibbiyot muassasasida moddiy rag„batlantirish va rivojlantirish
bo„yicha yangi tuzilgan jamg„arma to„laqonli faoliyat ko„rsatmoqda. Ushbu
jamg„armani shakllantirishga budjetdan ajratilgan mablag„larning o„zi qariyb 23
milliard so„mni tashkil etayotgani va shuning hisobidan 100 ming nafardan ziyod
tibbiyot va farmasevtika xodimiga qo„shimcha ish haqi va mukofot puli
to„lanayotgani shifokorlar mehnatini qo„llab-quvvatlashda yangicha usul qanchalik
samara berayotganini ko„rsatib turibdi.
2007-yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo„llab-quvvatlash
harajatlarining davlat budjeti xarajatlaridagi salmog„ini 2005 yildagi 50,4 foizdan
54,1 foizgacha yetkazish mo„ljallandi yoki budjetning asosiy qismi mazkur sohani
moliyalashtirishga yo„naltirilmoqda. Kam ta‟minlangan, yosh bolali oilalarga
beriladigan ijtimoiy nafaqalar 2005–2007-yillarda 211 milliarddan 350 milliard
so„mgacha yoki 1,7 martaga oshirish mo„ljallangani, davlat budjeti xarajatlaridagi
salmog„ining 6,0 foizdan 7,0 foizgacha ortayotganligi mazkur masalaga davlat
siyosatida qanchalik ustuvorlik berilayotganligini bildiradi. Budjet xarajatlaridagi
mazkur sohalarga ajratiladigan mablag„lar salmog„ini cheksiz oshirib borish mumkin
emasligini e‟tiborga olib, Prezidentimiz ta‟kidlaganidek: «Oldimizda turgan yana bir
dolzarb vazifa – birinchi galda, yosh avlodning har tomonlama sog„lom bo„lib
tug„ilishiga e‟tiborni qaratish» muammolarini hal qilish orqali ijtimoiy himoya
masalalari to„laqonli yechimini topish imkoniyati yaratiladi. Ta‟kidlash joizki,
229
nogiron tug„ilgan jamiyat a‟zolari birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi
qatlamiga kiritiladi va butun umri davomida birovning qo„liga qarab yashaydi.
Demak, jismonan sog„lom avlod tug„ilishiga erishish va kamol toptirish ijtimoiy
himoyaga muhtoj aholi qatlamini keskin kamaytirib, o„z navbatida, himoyaga
muhtojlar uchun yetarli mablag„lar ajratish uchun asos yaratadi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari sonini keskin kamaytirishda sog„lom
avlodni kasb-hunarli qilib tayyorlashga va ular uchun yangi ish o„rinlari yaratishga
qaratilgan siyosat alohida o„ringa ega. Mazkur masala bo„yicha to„xtalib,
Prezidentimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |