«Biz, – degan edi I.Karimov, – aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari –
pensionerlar, nogironlar, ko„p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar,
o„quvchi yoshlar, shuningdek, qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi
kishilarni himoya qilish davlatning muqaddas burchidir, degan qoidaga
asoslanib ish tutdik»
.
Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablarning muallimlari, bolalar
uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o„rta
maxsus o„quv yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy
xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularning mehnatini rag„batlantirish maqsadida
ularga qo„shimcha moddiy ne‟matlar – kvartira haqi va kommunal to„lovlar sohasida
imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib olish uchun yer uchastkalari birinchi
navbatda ajratiladigan bo„ldi.
Masalan, o„qituvchilarning davlat va tashkilotlar tomonidan berilgan uylari bepul
xususiylashtirildi. 35 ming 841 kishiga shaxsiy qurilish uchun yer uchastkasi berildi.
Yana shuni aytish o„rinliki, Mustaqillik yillarida o„quvchi yoshlarni ijtimoiy
himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajralgan holda o„qib, bilim olish uchun
zarur sharoit yaratishga ham doimo e‟tibor berildi. Oliy o„quv yurtlari talabalarining,
texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o„quvchilarining, aspirantlarning
stipendiyalari shu yillar mobaynida bir necha marta oshirildi. Bundan tashqari
yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari – ovqat narxining bir qismini
qoplaydigan qo„shimcha to„lovlar, maktab oshxonalari va tamaddi xonalari
qo„shimcha xarajatlarining bir qismini budjet mablag„lari hisobidan qoplash, jamoat
transportida arzon haq to„lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an‟analarni
nazarda tutib, birinchi bor nikohdan o„tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam
mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi belgilandi.
Biroq, ayrim joylarda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar chetda qolib,
muhtoj bo„lmagan oilalar ham moddiy yordam ola boshladi. Shunday sharoitda
ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda, yangicha yo„l tutish zarur bo„lib qoldi. Shu
munosabat bilan ommaviy-ijtimoiy himoyalash tartibidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar
va aholini ijtimoiy qo„llab-quvvatlash tizimiga o„tish maqsadga muvofiq, deb topildi.
Bunday yangi tartib avvalo adolat tamoyiliga rioya qilishni talab qilardi. Bu
qoidaning mohiyati shundan iboratki, davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanishiga
haqiqatan ham muhtoj bo„lgan kishilarni aniqlash, ularga yordam uyushtirish lozim
edi. Buni aniqlash albatta adolat bilan ish tutishni taqozo qiladi. Bu borada hokimlar,
mahalla qo„mitalarining mas‟uliyati oshirildi. Ular aholining moddiy yordamga
muhtoj qismini aniqlashda bunday yordamni uyushtirishning qo„shimcha chora-
tadbirlarini joriy etishga haqli bo„ldilar. Chunki vazifa g„oyat murakkab va
mas‟uliyatli edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |