217
B e s h i n c h i b o b.
SIYOSIY, IJTIMOIY BARQARORLIKNING
TA‟MINLANISHI
1-§. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash – davlat siyosatining
bosh yo„nalishi
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng, jamiyatda bozor iqtisodiyotiga o„tish
jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta‟minlash davlat siyosatining bosh yo„nalishi
bo„lib qoldi. Binobarin, mamlakatda o„tkazilayotgan barcha islohotlarning asl
maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir.
Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan olgan besh
tamoyilning muhim qismi aholini kuchli ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan
bog„liqdir.
O„zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o„tish davrida aholini ijtimoiy
himoyalash yuzasidan zarur choralar ko„rdi. Bu choralar odamlarning turmush
darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o„ynadi hamda
respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo„ldi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida
odamlarning turmush darajasini muvofiqlashtirish maqsadida davlat yo„li bilan
boshqarishning ko„pdan-ko„p usullari va uslublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori
doimo o„zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar,
kompensatsiya
to„lovlari
tarzidagi bevosita pul to„lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi to„lovlarni
joriy qilish usuli keng qo„llanildi.
Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo„ldi. Korxonalarning o„z
xodimlariga ijtimoiy yordam ko„rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet
mablag„lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste‟mol mollari va xizmatlarning
ko„pgina qismi bo„yicha narxlardagi tafovutlarning o„rni qoplandi. Shu bilan birga
qo„shimcha ijtimoiy imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlang„ich sinf
o„quvchilari va yolg„iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo„lgan
bolalar uchun bepul ovqat, maktab o„quvchilari va talabalar uchun ovqatning
arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar berildi. Shuningdek, ko„pgina toifadagi fuqarolarga
turarjoyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba‟zi turdagi kommunal xizmatlar haqini
to„lashda yengilliklar joriy etildi va hokazo.
Aholining ijtimoiy himoyalanishiga muntazam e‟tibor berar ekan, respublika
hukumati islohotlarning birinchi bosqichidagi tajriba asosida inson va oila hayotining
barcha sohalarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir tizimini
shakllantirishga
erishdi.
Aytish
mumkinki,
Mustaqillik
yillarida
narxlar
erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi keskin ortib borishi munosabati
bilan daromadlarning eng kam va o„rtacha darajasini muntazam oshirish ijtimoiy
218
himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng ustun yo„nalishlardan biri bo„lib keldi va
hozirgi kunda ham shunday bo„lib qolmoqda. Bu yo„nalish aholining barcha
tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlarning dastlabki davrida keng miqyosda
qo„llanildi. Boshqa mamlakatlardan farqli o„laroq, O„zbekistonda daromadlar
nisbatini o„zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg„arma banklaridagi
aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o„zida
markazlashtirilgan tarzda qayta ko„rib chiqish yo„li bilan amalga oshirildi. 1995-yilda
Respublika davlat budjetining 29,3 foizi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa
ijtimoiy himoyaga ajratildi.
1992–1998-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha
bor oshirildi. Masalan: eng kam ish haqi 1995-yilda 1994-yilga nisbatan 2,5 marta
ortdi, 1996-yilning 1-yarmida esa 1995-yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko„paydi.
Nafaqaxo„rlarning ijtimoiy ahvolini e‟tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq
miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo„lishi muttasil ta‟minlanib
kelindi. Bu yo„l ijtimoiy adolat tamoyillariga to„la mos kelar edi. Masalan, 1998-yil 1-
iyuldan ish haqining eng oz miqdori 1100 so„m bo„lgani holda, qarilik pensiyasining
eng kam miqdori 2100 so„mni tashkil etadi, nogironlik pensiyasi esa bundan ham
ortiqdir.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, istiqlol yillarida eng kam ish haqi va boshqa
to„lovlar odatda, oldindan ko„paytirib kelindi, narx-navo o„zgarishi bilan bog„lab olib
borildi, bu esa aholining to„lov qobiliyati saqlanib qolishini ta‟minladi va turmush
darajasining keskin pasayib ketishiga yo„l qo„ymadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo„yicha ishchi va xizmatchilarning oylik o„rtacha ish haqi
birgina 1996-yil dekabriga kelib, 1995-yil dekabriga nisbatan 2,6 barobarga o„sdi.
Daromadlar miqdorini o„zgartirish orqali aholini ijtimoiy himoyalash chora-
tadbirlari tizimida 1993-yilda joriy etilgan yangi Yagona tarif setkasi ham aholi
ijtimoiy himoyasida katta ahamiyatga ega bo„ldi. Bu chora barcha toifadagi
xodimlarning ish haqi miqdorlarini tarif koeffitsiyentlari orqali eng kam ish haqi
vositasi bilan bevosita o„zaro bog„lash imkonini berdi.
Natijada ish haqini oshirish yo„li bilan aholining o„rtacha ish haqi, pul daromadlari
o„z-o„zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste‟mol bozorini himoya
qilish hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste‟molini muayyan
darajada saqlab turish chora-tadbirlari ko„rilganligi ham aholini ijtimoiy jihatdan
himoyalashning ikkinchi eng muhim yo„nalishi bo„ldi.
Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo„shni mamlakatlarga nisbatan
birmuncha mo„tadil siyosat o„tkazilganligi iste‟mol bozorini himoyalash zaruratini
keltirib chiqardi. Bu O„zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda nihoyatda muhim
edi. Aksariyat respublika ehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan un, o„simlik
moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar respublika tashqarisiga olib chiqib
ketilishi hollari yuz berdi.
Iste‟mol bozori barbod bo„lishiga yo„l qo„ymaslik uchun O„zbekistonda ishlab
chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muhim masala sifatida qaraldi,
219
mahsulotlarni tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qat‟iy nazorat qilish
va yuqori boj to„lovlari joriy etish yo„li bilan amalga oshirildi. Dastlab, murakkab bir
paytda iste‟mol mollarini sotib olish uchun bir marta, so„ngra esa ko„p marta
ishlatiladigan kuponlarni muomalaga kiritish, kundalik zarur tovarlarning cheklangan
turlarini me‟yorlangan tarzda sotishni tashkil etish ko„zda tutilgan edi. Bu tizim o„zini
to„la oqladi. U bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmog„iga
barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlarini va kundalik xarid mollarini muntazam
ravishda chiqarib turishni ta‟minlash, ularni iste‟mol qilish hajmlarini kamaytirmaslik
imkonini berdi.
O„tish davri qanchalik murakkab bo„lmasin, bu tizim respublikaning barcha
aholisiga hayotiy muhim mahsulotlarni iste‟mol qilish va xizmatlardan bahramand
bo„lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta‟minlab berdi.
1992–1996-yillarda non va go„sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o„simlik moyi,
kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transport xizmatlari uchun
dotatsiyalar qisman saqlab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turlicha bo„lgan
oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniyatiga ega bo„ldi. Islohotlarning
dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko„pgina mamlakatlarida aholining asosiy
qismi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda O„zbekistonda amalga oshirilgan
tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo„ldi. Odamlarning islohotlarni jadallik
bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi.
Ayni vaqtda respublikada iste‟molchilarning manfaatlarini himoya qilishning
mutlaqo yangi tizimiga o„tishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Yangi tizimning
mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining
daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshirishni ko„zda tutadi. Bunday islohot
sharoitida ijtimoiy himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqozo
etadi. Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki almashuvini
ta‟minlash sohasida amalga oshirilgan tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlarning
ko„rilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo„ldi.
Mamlakatda ichki bozorni, xalqimiz manfaatlarini faqat baquvvat milliy
valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat‟iy xulosaga kelindi. Buning uchun
milliy valyutamiz, asosan, o„zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan,
keng eksport faoliyati hisobiga to„plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan
mustahkamlangan bo„lishi kerak edi.
Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bosqichining oxirlariga kelib
(1995-yil), oziq-ovqat mahsulotlarini me‟yorlangan tarzda sotishdan butunlay voz
kechish va erkin narxlarga o„tish imkoniyati tug„ildi.
Erkin narxlarga esa «esankirashlarsiz» o„tishga muvaffaq bo„lindi. Buni
O„zbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining muhim natijasi, deb
baholash mumkin.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta‟minlangan qismini
qo„llab-quvatlash borasida ko„rilgan chora-tadbirlar, ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishning muhim yo„nalishlaridan biri bo„ldi.
220
Do'stlaringiz bilan baham: |