Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Sog„liqni saqlash 
Respublikada mustaqillikning birinchi yillarida Sog„liqni saqlash tizimini yangi 
ijtimoiy va siyosiy o„zgarishlarga javob beradigan hamda zamon talablariga mos 
keltirish uchun tibbiy muassasalar tizimini qayta o„zgartirish, birlamchi tibbiy 
yordamni rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, onalar va bolalar sog„lig„ini 
muhofaza qilish, aholi o„rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, tibbiyot 
muassasalarini moliyalashtirish, nodavlat xususiy tibbiy tizimni kengaytirish va chet 
davlatlar bilan aloqalarni kuchaytirib, tibbiyot fanini rivojlantirish ishlariga alohida 
ahamiyat berildi. 
1992-yilning mart oyida Sog„liqni saqlash vazirligining hay‟at yig„ilishida 
respublikada Sog„liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari 
tasdiqlandi. 1996–1998-yillarga mo„ljallangan majmuaviy dastur, 1999-yil 14 yanvar 
kuni «O„zbekiston Respublikasi sog„liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillash-
tirish to„g„risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. 
Mustaqillik yillarida «OITS bilan kasallanishning oldini olish to„g„risida» 
(14.06.91-y.), «Davlat sanitariya nazorati to„g„risida» (03.07.92-y.), «Fuqarolar 
sog„lig„ini saqlash to„g„risida» (29.08.96-y.), «Dori vositalari va farmatsevtika 
faoliyati to„g„risida» (25.04.97-y.), «Odamning immunitet tanqisligi virusi 
to„g„risida»gi (19.08.99-y.) O„zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi. 
O„zbekiston Respublikasida sog„liqni saqlash tizimining asosiy vazifasi qilib 
kasalliklarning 
oldini 
olish, 
xastalarni 
davolash, 
yashash 
muhitini 
sog„lomlashtirishdan iborat qilib belgilandi. Bunda xalq tabobatining boy 
an‟analariga, ilm-fan va texnikaning ilg„or yutuqlariga, olim va mutaxassislarning 
zakovat-u salohiyatiga suyanish ko„zda tutildi. 
1991-yilga kelib O„zbekistonda kasalxona muassasalari soni 1370 ta edi. 
Kasalxonalardagi o„rinlar soni 256,6 mingga, vrachlar soni 71,1 mingga yetgan edi. 
Sovetlar tuzumi davrida sog„liqni saqlash tizimi kengaygan bo„lsa-da, lekin yerga 
turli xil kuchli ximikatlar solinishi, paxta yakka hokimligi va boshqa ijtimoiy 
oqibatlar natijasida aholi orasida kasalliklar ko„payib ketgan edi. O„zbekistonda har 
yili 8 millionga yaqin kishi xastaligi tufayli tibbiy muassasalarga murojaat etib, 
shulardan 240 ming kishi yuqumli kasalliklar (shularning 120 minggi gepatit) bilan 


232 
og„rib turdi, ayni vaqtda ularning 70 foizi bolalar edi. Go„daklar orasida o„lim hollari 
bir qadar kamaygan bo„lsa ham, lekin ularning soni yangi tug„ilgan har 1000 bola 
hisobidan olganda 35,5 nafarga to„g„ri keldi. Har yili o„rta hisobda 24 ming bola bir 
yoshga yetmay o„lib ketardi. Onalar o„rtasidagi o„lim ham ancha yuqori edi, ya‟ni 
tirik bola tuqqan 100 ming ayol hisobidan olganda 65,3 taga to„g„ri keladigan bo„ldi. 
Odamlarning o„rtacha umri jahonning rivojlangan mamlakatlari – Yaponiya, 
Shvetsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarga qiyosan olganda 8–10-yil kam bo„lib 
chiqdi. 
O„zbekiston mustaqillikka erishganidan so„ng aholining salomatligini muhofaza 
qilish muammolari qaytadan ko„rila boshlandi. Bunda taraqqiyotning ekstensiv 
yo„lidan voz kechib, intensiv yo„liga o„tish, ayni vaqtda sohaga mo„ljallanadigan 
mablag„ni respublika aholisining har bir jon boshi hisobidan ajratish; sog„liqni 
saqlash ishining asosiy taomili – profilaktik yo„nalishni tiklash; onalar va bolalar 
muhofazasini kuchaytirish; tibbiy ta‟lim tizimi va kadrlar siyosatini isloh qilish; 
mamlakatda yetarli dori-darmon va tibbiyot ashyolari hamda texnik vositalari ishlab 
chiqaradigan sanoatni vujudga keltirish; sog„liqni saqlash muassasalarining moddiy 
texnik bazasini yanada yaxshilash; davolash-profilaktika muassasalarini davlat 
tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini o„zgartirish va sug„urta tabobatiga o„tish 
asosiy vazifa qilib qo„yildi. Sog„liqni saqlash ehtiyojlari uchun 1994-yili milliy 
daromadning 4,1 % miqdorida mablag„ ajratilgan bo„lsa, 2000 yilga borib u (baholar 
o„zgarishini ham hisobga olgan holda) 6,5–7 % ni tashkil etdi. 
Bozor munosabatlariga o„tish sog„liqni saqlash sohasiga ham yangi talablar qo„ydi. 
Xususan, ma‟muriy-boshqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish; kasallarning bir qismini 
ularning ahvoliga qarab kun-u tun emas, balki faqat kunduzgi davolanishga o„tkazish; 
jarrohlik yordami ko„rsatishda ish hajmining bir qismini kasalxonadan poliklinikaga 
ko„chirish; kasalxonalardagi kam samarali o„rinlar sonini qisqartirish; shartnoma 
asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish va boshqa choralar ko„rildi. Tibbiyot 
xodimlarining mehnatiga to„lanadigan haq ham har bir xodimning qo„shgan hissasiga 
va muassasa ishining oxirgi natijasiga bog„liq bo„lib qoldi. 
Sog„liqni saqlash ishining asosiy taomili – profilaktik yo„nalishdir. Shuni nazarda 
tutib, ambulatoriya-poliklinikalar faoliyatini jadallashtirishga, ularning kasalliklarni 
aniqlash sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga, tibbiy yordam ko„rsatishning 
iqtisodiy jihatdan foydali yangi shakllarini yaratishga, xususan, oila poliklinikalari, 
kunduzgi kasalxonalar, qatnab davo olinadigan jarrohlik markazlari, ambulatoriyada 
davolashning ixtisoslashtirilgan komplekslari, mahalla kasalxonalari barpo etishga 
katta e‟tibor berildi. Viloyatlardagi ambulatoriya-poliklinika muassasalarida, ko„pgina 
kasalxonalar qoshida kunduzgi davolanish imkoniyatlari yaratildi. Ularda o„rinlar soni 
1991-yildagi 6,6 mingdan 1996-yilda 34,6 mingga yetdi. 
1996-yil 21-mayda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 182-
sonli Qarori bilan 1996–98-yillarda qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish va 
1998-yil 10-noyabrda Respublika Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2006-
yilgacha Sog„liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi qabul qilindi. 


233 
1991-yilda 188400 ta shifo o„rinlari faoliyat ko„rsatgan bo„lsa, 2000-yil 1-yanvar 
kuniga samarasiz ishlayotgan 56600 shifo o„rinlari qisqartirildi. Ularning o„rnida 
aholiga qulay va iqtisodiy jihatdan arzon, barcha sharoitlarga ega bo„lgan 47407 
kunduzgi shifo o„rinlari tashkil etildi. 
Bundan tashqari 217 ambulator jarrohlik markazlari va 106 ta maxsus ambulator 
davolash komplekslari tashkil qilindi. 1999-yil davomida respublikada 5613744 nafar 
bemorlar tibbiy muassasalarda davolandi. 
Birgina 1997-yilda 159 ta qishloq-tibbiyot punkti ishga tushirildi, 1,5 ming 
bemorga mo„ljallangan shifoxonalar qurildi. 202 ta tibbiyot muassasasi qishloq 
tibbiyot punktlariga aylantirildi. 
Aholi sog„lig„ini muhofaza qilish ko„p jihatdan davlat sanitariya-epidemiologiya 
xizmati faoliyatiga bog„liq. O„zbekistonda sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va 
aholi o„rtasida sog„lom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliy-metodik va 
muvofiqlashtiruvchi ishlarini olib boradigan «Salomatlik» markazlari bu vazifani 
amalga oshira boshladi. 1991-yili Toshkentda diagnoz qo„yish bo„yicha respublika 
aholisiga xizmat ko„rsatuvchi «Diagnostika» markazi ishga tushirildi. 
Aholi sog„lig„ini tekshirib turish va yuqumli hamda yuqumsiz kasalliklar bilan 
og„rish hollarini nazorat qilish, noqulay ijtimoiy muhit omillarini bartaraf etish, 
ayniqsa, atrof-muhitni sog„lomlashtirish tadbirlari izchil bajarib turildi. Chunonchi, 
1995-yil oxiriga kelganda katta yoshlilar, o„smirlar, bolalar dispanser nazoratida 
bo„ldi. Ishchilarga davolash-profilaktika xizmati ko„rsatish, xususan, sanatoriy-
profilaktoriylar tarmog„i kengaytirildi. Respublika «Salomatlik» markazi, uning 
viloyatlar va shaharlardagi shahobchalari radio va televideniye hamda matbuotdan 
foydalangan holda aholi o„rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni keng targ„ib 
qilib bordi. Toshkentda oliy va o„rta tibbiy o„quv yurtlari uchun darslik va o„quv 
qo„llanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, vrachlar uchun amaliy qo„llanmalar, 
sanitariya maorifi bo„yicha ommabop tibbiy adabiyotlar, lug„at va ma‟lumotnomalar 
nashr etadigan «Ibn Sino» nomidagi nashriyot ishlab turibdi. 1991-yildan ommabop 
«Sihat-salomatlik» jurnali nashr etildi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish