9.4.1.-chizma.
Narxning shakllanishi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida narxning roli va ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki,
hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot Yer yuzidagi ko’pgina davlatlarda
turli darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko’rish mumkin. Uning ana shunday belgilaridan biri,
narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan
belgilamaydi. U bozordagi
talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi
asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul
bilan o’lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo’lishi mumkin emas.
Pul esa iqtisodiy
munosabatlarning asosiy vositasi bo’lib, iqtisodiyotda o’ta muhim rolg’ o’ynaydi. Pul
munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi,
qadri-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko’zgusi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo’lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas,
balki iste’molchi (xaridor) o’z izmini o’tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab
olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ko’rib chiqqanimizdek, bozor iqtisodiyotiga o’tish
jarayonida
narxning roli va ahamiyati juda katta.
Narx shakllanishida raqobat muhim o’rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutkazish
narxni belgilashga ham bog’liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor ko’p bo’lsa, yuqori narx tashkil
topadi. Agar sotuvchilar ko’p bo’lib, ular raqobatlashishsa, past narxlar vujudga keladi.
Raqobat kurashida
xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan o’ta past
narxlar ham paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo’jalikni oqilona yuritish
esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi.
Ayrim buyumlarning narxsini o’zgartirish evaziga davlat ularga bo’lgan ehtiyojni hamda
ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog’lig’iga putur yetkazuvchi mahsulotlarning
narxini oshirish evaziga ularni xarid qilinishini
chegaralash va aksincha, bahzi oziq-ovqat
mahsulotlarining narxini mehyorda ushlab turish orqali ehtiyojlarni to’laroq qondirish
mulohazamizga dalil bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: