Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari



Download 364,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana14.04.2022
Hajmi364,5 Kb.
#550093
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
resources

N=T+F+S 
Bunda T- mahsulot tannarxi (ishlab chiqarish chiqimlari),
F- ishlab chiqaruvchining (korxonaning) foydasi,
S- soliqlar, yig’imlar, to’lovlar, ajratmalar.
Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o’zaro yaxlitligidan iborat. Tovarning 
iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida harakterlash 


qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish 
maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foydaning olinishi 
uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo’lgan tovarlar past qiymatga ega 
bo’ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bulishini 
ta’minlaydi. SHuning uchun ham narxni aniqlashda faqat tegishli nehmatni ishlab chiqarish 
xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali namoyon bo’ladigan uning 
iste’mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan narx bozor 
mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi. Narx 
yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, 
ular bir resurs bilan ta’minlanadi, bir vaqtning o’zida ikkinchi resursni oladi, buning natijasida 
resurslarning foydaliligi oshadi. SHunday qilib, narx kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo’lish 
uchun kishi berishi lozim bo’lgan resurslarning mikdoridir.
Narxning ijtimoiy zaruriy mehnat harajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modeli ana 
shundan iborat. Yuqorida bayon qilingan xolatlarga asoslanib vujudga keltirilgan narx o’ziga 
tegishli bo’lgan funktsiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi. Eng avvalo, narx yordamida 
barcha tovarlarning yoki tovar birligining hajm, dona va og’irlik birliklaridagi qiymati pul 
birliklarida o’lchanadi.
Narx o’rnatish uslubiyati narx o’rnatishning barcha miqyoslari uchun bir xil bo’ladi va uning 
asosida narx hosil bo’lish strategiyasi ishlab chiqiladi. Narx o’rnatilishining asosiy qoidalari ularni 
kim va qaysi muddatga o’rnatishidan qat’iy nazar, o’zgarmasligi lozim va bu narxlarning yagona 
tizimini yaratish uchun zarur shart- sharoit bo’lishi lozim. Narx o’rnatish uslubiyatining asosini 
narxlar shakllanishining tamoyil va uslublari tashkil etadi.
Narx o’rnatish uslublari tanlangan narx hosil bo’lishi strategiyasini amalga oshirish uchun 
amaliy tavsiyalar va vositalar (mexanizmlarni) ishlab chiqishga yordam beradi. Narx o’rnatish 
amaliyotida bozor turi (kong’yunkturasi), mahsulotning iste’mol xususiyatlari, sifati, raqobati va 
tovarlar ishlab chiqaruvchisi (sotuvchisi) ko’zlagan maqsadlarning qanday ekanligiga qarab 
qo’llanilishi mumkin bo’lgan bir qator turli - tuman narx hosil qilish uslubiyatlari mavjud.
Hozirgi paytda tovarlar va xizmatlarning yangi turlarining narxini aniqlashning narx hosil 
qilishda ishlab chiqarishga ketgan harajatlar va daromadni, tabiiy-geografik omillarni hisobga 
olishning uslubiyatlari hamda boshqaruvning turli miqyoslari, narxlar turi, tovarlar guruhlarining 
uslublari ishlab chiqilgan va qo’llanilmokda.
Hozirgi kunda korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga narx belgilashda quyidagi 
tamoyillarga asoslanib, faoliyat olib borish mumkin: 
-
Mahsulot tannarhiga asoslangan narx belgilash. Ya’ni, bunda korxona mahsulot tannarhiga 
soliqlar va korxona foydasini qo’shgan xolda narx belgilaydi
-
SHartnomaviy (kelishilgan) narxlar; 
-
Qat’iy o’rnatilgan narxlar
Uslubiyatning muhim elementi deb narxlarni shakllantirish uslublari bilan chambarchas 
bog’iq narx o’rnatish tamoyillari hisoblanadi. Narx o’rnatish tamoyillari- bu doimiy ravishda amal 
qiladigan va butun narxlar tizimiga xos bo’lgan hamda uning uchun asosiy hisoblangan asosiy 
qoidalardir. Narxlarning ilmiy jihatdan asoslanganligi, ularning maqsadga yunaltirilganligi, narx 
o’rnatilish jarayonining uzluksizligi, mazkur jarayonning narxlarga amal qilishni nazorat qilish 
bilan birgalikda amalga oshirilishi - narx o’rnatilishining asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Narxlarning ilmiy jihatdan asoslanganligi tamoyili narx o’rnatish jarayoniga iqtisodiy 
rivojlanishning ob’ektiv qonunlarining, va avvlambor qiymat, talab va taklif qonunlarining 
ta’sirini o’rganishdan iboratdir. Narxlarning ilmiy jihatdan asoslanishi bozor kong’yunkturasi, 
barcha bozor omillari hamda milliy iqtisodiyotda amal qilayotgan narxlar tizimining chukur 
tahliliga tayanadi. SHu munosabat bilan ishlab chiqarishning istiqboldagi rivojlanish 
tendentsiyalarini aniqlash, harajatlar, talab, tovar sifatining o’zgarishlarini prognozlashtirish, 
narxlarni o’rnatishda turli tuman ma’lumotlar, shu jumladan iqtisodiy axborotlarni hisobga olish 
lozim buladi.


Narxlarning maqsadga yo’naltirilishi tamoyili narxlar yordamida hal qilinishi lozim bo’lgan 
ustuvor iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni aniq belgilab olishdan iborat. Masalan, aholini ijtimoiy 
himoya qilish yoki narxlarning yangi samarali mahsulotni o’zlashtirishga, uning sifatini oshirishga 
yo’naltirilishi. SHu maqsadda ma’lum bir vaqtgacha printsipial jihatdan yangi mahsulot turlariga 
maksimal daromadni ta’minlovchi baland narxlar o’rnatiladi.
Narx o’rnatish jarayonining birligi (yaxlitligi) va narxlarga amal qilish ustidan nazorat 
tamoyili narx o’rnatish jarayonining umumiy tamoyillari va qoidalarining davlat tomonidan 
o’rnatilishi, birinchi navbatda energetika, neft va gaz soha i, transport, aloqa, kommunal xo’jalik 
va boshqa sohalarda monopoliyachi korxonalarning va boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulot 
va xizmatlariga belgilangan narxlarni nazorat qilishdan iboratdir.
Milliy iqtisodiyotning har bir tarmog’ida narx va tariflar shakllanishining, narxlarga 
qo’shimcha qiymat solig’i, aktsizlar, qo’shimchalar, chegirmalarning qo’llanilishi, mahsulot 
rentabelligi va tannarxi darajasiga amal qilish, tannarxning tasdiqlangan me’yorlar, soliqlar, 
yig’imlar va to’lovlarni hisobga olgan holda shakllanishini nazarda tutishning uziga xos 
xususiyatlari bo’ladi. SHu munosabat bilan qonunchilik va huquqiy tartibda ko’zda tutilgan barcha 
umumiy qoidalar va tamoyillar, tavsiyalar, narx o’rnatish bo’yicha nizomlarni bajarish korxona 
narx intizomining majburiy sharti hisoblanadi.

Download 364,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish