shakllanish jarayoni murakkab bo’lib, uning ishtirokchilari g’oyat ko’pchilikni tashkil etadi.
Narxlar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham ularning turi ko’p.
Narxlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
1. Ulgurji narxlar.
Tovarlar ko’tarasiga katta miqdorda sotilganda bu narxlardan
foydalaniladi. Bunday narxni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida
uchratish mumkin.
2. CHakana narxlar.
Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu narx
o’z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi.
3. Nufuzli narxlar.
Bu narxlardan obro’ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va
xizmatlar ko’rsatilganda foydalaniladi.
4. Dotatsiyali narxlar.
Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlarda
olinadi.
5. Davlat narxlari.
Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda
qo’llaniladi.
6. Mavsumiy narxlar.
Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga belgilanadi.
7. Milliy va jahon narxlari.
Alohida tovarning baynalmilal xarajatlari. Bunda jahon
bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi.
8. Standart narxlar.
Xaridor cho’ntagidagi pulga qarab, ma’lum davrgacha
o’zgarmaydigan qathiy standart narxlar qo’llaniladi.
9. Preyskurant narxlar.
Bu narxlar sotuvchi uchun mo’ljal narx, xaridor uchun bildirishlik
yoki ma’lumot narx hisoblanadi.
Ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik ko’rish mobaynida
tadbirkor eng avvalo, o’zi uchun maqbul bo’lgan narx ko’rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi.
SHu maqsadda u narxni uchga ajratadi. Ya’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va
ob’ektiv narx.
Maksimal narx - (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu narxdan boshlash
mumkin bo’lgan ko’rsatkichidir.
Minimal narx - (qo’shilishi mumkin bo’lgan eng past narx) - bu tovar narxining shunday
ko’rsatkichiki, tadbirkor muzokaralar davomida undan tushmaslikka harakat qiladi.
Ob’ektiv narx - bu tarkibida o’rtacha sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan u yoki bu tovarning
o’rtacha narxsidir.
Narxning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyos katta bo’lganidan uning har bir turidan oqilona
foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. SHu sababli korxonalar va firmalar narx,
belgilashga katta ehtibor beradilar. Ular o’zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi
maqsadlarni ko’zlaydilar:
-
tovar sotishni ko’paytirish;
-
ko’proq foyda olish;
-
o’rnini muayyan mavqeini saqlab qolish.
Tovar sotishni ko’paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni ko’paytirish orqali
bozorda o’z hissasini oshirish, imkon bo’lganda bozorni o’z nazoratiga olish; b) har bir tovarni
(tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bo’lgan holda tovarlarni ko’plab
sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni ko’p sotish natijasida uning hajmiga
nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish.
Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o’z mavqeini mustaxkamlash uchun firmalar mahsus
narx qo’llaydilar, uni
Do'stlaringiz bilan baham: