9-mavzu. Korxona mahsulotlariga (xizmatlarini ishlarini) narxini shakllantirish
Reja
9.1
. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari
9.2. Korxonaning narx siyosati
9.3. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari
9.4. Tarmoqda narxning shakllanishi
9.5.Narxni aniqlash
usullari
9.1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari
Mahsulot bahosi, narxi- korxona iqtisodiy tizimining asosiy tushunchalaridan biri
hisoblanadi. U tovarlar qiymatining ijtimoiy foydaliligi ifodasi sifatida namoyon bo’lib
ayirboshlash jarayonida pul belgilarining ma’lum miqdori ko’rinishini qabul qiladi.
Mahsulot bahosi - bu , tovar qiymatining puldagi ifodasidir, mavjud xo’jalik mexanizmida
amal qiluvchi talab va taklif munosabatini o’zida aks ettiruvchi iqtisodiy mexanizmdir.
Zamonamiz sharoitida narxlar va narx xosil bo’lishi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy
omillaridan biriga aylangan.
Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimizdagi barcha kelgusi
o’zgarishlarning muhim sharti - avvalo maqsadga muvofiq tarzda shakklantirilgan va samarali
qo’llaniladigan narx o’rnatish tizimini shakllantirishdan iborat. Bir
qator omillar aynan bahoni
shakllantirish mexanizmi qanday amalga oshirilishiga bog’liqdip. Masalan, xo’jalikni
boshqarishning iqtisodiy uslublaridan iborat yaxlit tizimni ishlab chiqish, bozor munosabatlarini
moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirish va rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning muvozanatga
solinishi, mulkchilikning turli shakllariga mansub korxonalarni o’zini- o’zi qoplash,
moliyalashtirish va boshqarishga o’tishi, ijtimoiy ishlab
chiqarish va milliy daromad
samaradorligini oshirish, umuman butun xo’jalik mexanizmini takomillashtirish va uning
korxonalar (birlashmalar, kontsernlar, uyushmalar, firmalar, kompaniyalar, tashkilotlar) moliya-
xo’jalik faoliyati natijalariga ta’sirini kuchaytirish kabilar shular jumlasidandir.
Narxning
mohiyati, uning vazifalari, erkin narxlar hosil bulishi mexanizmini to’g’ri
tushunish, bozor sharoitida qo’llaniladigan narxlar tizimi va turlarini bilish, ularning o’rnatilishiga
ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash, shuningdek,
ham hozirgi payt, ham kelajak uchun narx
o’rnatish strategiyasini aniqlash uchun avvalo qiymat yaratish jarayonini ko’rib chiqish kerak.
Bunda qiymat qonunining tovar ishlab chiqarishida narx shakllanishi jarayoniga ta’sirini tushunish
muhim. Qiymat qonuni- bu tovar ishlab chiqarishining asosiy qoidasi bo’lib, unga ko’ra tovarlar
almashinuvi ularni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zarur mehnat miqdoriga muvofiq
ravishda amalga oshiriladi. SHu tariqa, tovarlar qiymati qonuniga muvofiq, mahsulotlar bir- biriga
qiymati bo’yicha almashiniladi. Ya’ni, almashinilayotgan tovarlar bir xil miqdorda
cyg’yptalangan ijtimoiy zarur mehnat mikdorini saqlashi lozim. Demak, tovarga belgilangan narx
uning qiymatiga mos bo’lishi kerak. Biroq, aslida u yoki bu tovarlarning narxlari
yana bir muhim
konun- talab va taklif qonuniga muvofiq o’z qiymatidan baland yoki past bo’lishi mumkin. Qiymat
kattaligi sotilayotgan tovarda mujassam bo’lgan mehnat miqdori bilan o’lchanadi. Bunda turli
tovar ishlab chiqaruvchilari bir xil mahsulotga turlicha mehnat mikdorini sarflaydilar. Biroq,
qiymat kattaligi har bir tovar ishlab chiqaruvchining amaldagi mehnat sarflari bilan o’lchanishi
mumkin emas, shu bois bir turdagi tovarlar bozorda bir xil qiymatga ega bo’ladi. Tovar qiymati
har bir alohida tovar ishlab chiqaruvchisining individual ish vaqti bilan emas, balki mazkur tovarni
ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zarur bo’lgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. SHu tariqa, qiymat-
bu tovarlarda moddiylashgan (ularni ishlab chikarishga sarflangan) ijtimoiy mehnatdir. Kiymat
mohiyatan narxning asosini tashkil etadi.
Umumiy ko’rinishda narx quyidagicha buladi: