Narkoz chaqiruvchi vositalar. Etil spirti


NOINGALYASION NARKOZ VOSITALARI



Download 21,9 Kb.
bet4/6
Sana25.02.2022
Hajmi21,9 Kb.
#464163
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
narkoz chaqiruvchi vositalar

NOINGALYASION NARKOZ VOSITALARI.
Bu guruh vositalarini venaga tomchilab kiritiladi. Noingalyasion yo‘l bilan chaqirilgan narkoz ingalyasion yo‘l bilan chaqiriladigan narkozga nisbatan bir qator ustunliklarga ega:
- amalga oshirilishi murakkab emas (narkoz apparatlari, intubatsiya kerak emas).
- narkozning qo‘zg‘alish bosqichi rivojlanmaydi.
- narkotik moddaning qondagi miqdorini aniq belgilash mumkin, lekin bu yo‘l bilan chaqirilgan narkozni boshqarish qiyin, chunki tomirga kiritilgan moddalar buyrak orqali ajraladi va uni tezlashtirish oson emas. SHuning uchun noingalyasion narkoz uchun qo‘llaniladigan vositalar organizmda tez parchalanadigan yoki tez eliminatsiyalanadigan bo‘lishlari kerak, chunki faqat shu yo‘l bilan narkotik moddaning qondagi konsentratsiyasini va binobarin narkoz chuqurligini tez pasaytirish mumkin.

Noingalyasion narkoz vositalari ta’sir davomligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:


- qisqa muddatli (15 daqiqagacha)-propanidid, ketamin.
- o‘rtacha muddatli (20-50 daqiqa)-tiopental-Na, predion.
- uzoq muddatli (60 daq.va undan uzoq)-oksibutirat natriy.


PROPANIDID Tomirga kiritilgach, narkoz tez (30-40 sek) rivojlanadi. Qo‘zg‘alish bosqichi bo‘lmaydi. Jarrohlik narkoz davri 3-5 min davom etadi. Xolinesteraza ta’sirida tez gidrolizlanadi. Narkozning jarrohlik davri tugagach 2-3 daqiqadan so‘ng bemorni es-xushi joyiga keladi, yana 20-30 daqiqadan keyin bemorning psixomator funksiyalari butunlay tiklanadi.
Qo‘llanilishi: kirish narkozi uchun, qisqa muddatli operatsiyalarda chiqqan va singan suyaklarni o‘z joyiga joylashtirishda, bronxografiya, katetr kirgizishda, choklar ipini olishda, biopsiya,bronxoskopiya va boshqalar.
Noxush ta’sirlari: narkoz boshlanishida mushaklarning tirishishi, qisqa muddatli apnoe giperventilyasiya, taxikardiya, qon bosimini pasayishi, xiqchoq tutishi, terlash, tomir yo‘lining qizarishi og‘rishi, tromblar hosil bo‘lishi.
SHoklarda, jigarning xastaliklarda, buyrak etishmovchiligida, yurak-tomir etishmovchiligida, qon bosimi ortgan xollarda qo‘llash mumkin emas.
KETAMIN– umumiy og‘riqsizlantirish va yuzaki uyqu chaqiradi, es-xushni chala yo‘qotadi, ya’ni haqiqiy chuqur narkoz rivojlanmaydi (dissotsiativ anesteziya,). Tomirga kiritilganda 30-60 sek keyin ta’siri boshlanib 5-10 daqiqa davom etadi. Mushak ichiga kiritilganda 2-6 daqiqadan keyin boshlanib 15-30 daqiqa davom etadi. Lekin og‘riqsizlantiruvchi ta’siri taxminan 2-3 soatgacha saqlanadi. Preparat ko‘proq somatik og‘riq sezuvchanlikni susaytiradi, visseral, ya’ni ichki a’zolarda keluvchi og‘riq impulslarini kuchsiz kamaytiradi. Skelet mushaklari bo‘shashmaydi. Reflekslar (tomoq, yo‘tal, halqum-yutish) saqlanadi. Qon bosimi oshadi, taxikariya, so‘lak ajralishi kuchayadi, ko‘zning ichki bosimi ortadi. Narkoz vaqtida ixtiyorsiz harakatlar, gipertonus, gallyusinatsiyalar bo‘ladi. Narkoz tugagach, ruhiy qo‘zg‘alish va harakatchanlik kuzatiladi, uzoq muddat qaerda ekanligini aniqlay olmaydi.

Download 21,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish