Narkoz chaqiruvchi vositalar. Etil spirti


INGALYASION NARKOZ UCHUN ISHLATILADIGAN VOSITALAR



Download 21,9 Kb.
bet2/6
Sana25.02.2022
Hajmi21,9 Kb.
#464163
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
narkoz chaqiruvchi vositalar

INGALYASION NARKOZ UCHUN ISHLATILADIGAN VOSITALAR.
Bu guruhga engil uchuvchan suyuqliklar va gazsimon moddalar kiradi. Ularni maxsus narkoz apparatlari bilan nafas yo‘llari orqali organizmga kiritiladi (intubatsion va maska yordamida). Bunda narkotik moddalar diffuziya yo‘li bilan o‘pka orqali qonga o‘tadilar. Preparatning adsorbsiyasi nafas olinayotgan havodagi konsentratsiyasi, nafasning hajmi va tezligi, alveolalarning yuzasi va o‘tkazuvchanligi, o‘pkadagi qon aylanish tezligiga bog‘liqdir. Narkoz holatining yuzaga kelish vaqti qonda narkotik vosita konsentratsiyasining ortishiga bog‘liq. Narkoz vositalari o‘pka orqali (ayniqsa gazsimon narkotiklar) chiqariladi.
UCHUVCHAN SUYUQ NARKOTIK VOSITALAR.
EFIR – (dietil efir) kuchli narkotik bo‘lib, ta’sir kengligi katta, kam zahar. U bilan chaqiriladigan narkoz oson boshqariladi. Lekin bemorlarning efir ta’siriga sezuvchanligi turlicha. Odatda nafas yo‘llariga kirayotgan havoda efirning konsentratsiyasi 2-12 hajm % bo‘lganda narkoz rivojlanadi va u quyidagi 4 ta bosqichdan iborat:
1. Analgeziya bosqichi (algos-og‘riq). 2-3 daqiqa davom etadi. Bunda miyaning pustoq qavati va retikulyar formatsiya faolligi keskin susayadi va sezuvchanlik (ayniqsa org‘iqni) yo‘qoladi. Es-xush saqlanadi, ya’ni bemor savollarga javob beradi, sanashi mumkin, atrof-muhitni sezish buziladi. SHartsiz reflekslar saqlangan bo‘ladi. Nafas olish, yurak urishi, qon bosimi deyarli o‘zgarmaydi, lekin xotira (amnesia) yo‘qoladi. Og‘riq sezish keskin kamayganligidan (yoki butunlay yo‘qolganligidan) qisqa muddatli jarrohlik muolajalarini o‘tkazish (masalan, chipqon, absesslarni yorish, yopishib qolgan boylamlarni ajratish, iplarni olish va boshqalar).

Qo‘g‘alish bosqichi miyaning po‘stloq qavati falajlanishi tufayli quyidagi joylashgan markazlarini boshqaruvchi subordinatsiya mexanizmining susayishidan kelib chiqadi, ya’ni po‘stloq qavatining po‘stloq osti markazlarini tormozlovchi ta’siri yo‘qoladi va po‘stloq osti markazining qo‘zg‘alishi yuzaga keladi. Es-xush butunlay yo‘qoladi. Bemorlarda nutq va harakatning kuchli qo‘zg‘alishi kuzatiladi. (baqirish, xaqorat qilish, ashula aytish, yig‘lash va hokazo). Mushaklar kuchi ortadi. Yo‘tal va qayt qilish refelekslari kuchayadi. Nafas olish va yurak urishi tezlashadi. Qon bosimi bir tekis bo‘lmaydi. Orqa miya reflekslari kuchayib ketadi. So‘lak va yuqori nafas yo‘llari bezlarining sekretsiyasi kuchayadi. YUrak va nafas olish to‘xtashi mumkin. Bu bosqich 10-20 daqiqa davom etadi.


3. Jarrohlik narkoz bosqichida es-xush, og‘riq sezish, reflekslar keskin susayadi. Yuzaki narkoz davridayoq bradikariya, ravon nafas olish va turg‘un qon bosimi kuzatiladi. Efir konsentratsiyasining qonda oshishiga mos ravishda narkoz chuqurlashadi: miorelaksatsiya yuzaga keladi, qon bosimi asta sekin pasayadi, qorachiq kengayadi. Bu bosqichni kerakli vaqtgacha ushlab turish mumkin, lekin efir berish to‘xtatilsa, asta-sekin uyg‘onish davri boshlanadi (taxminan20-40 minutdan keyin). Lekin MNSning faoliyati yana bir necha soat tiklanmaydi. Uning tiklanishi falajlanish tartibiga teskari bo‘lib, eng oxiri og‘riq sezish asliga qaytadi. Analgeziya uzoq vaqt saqlanadi. Narkozdan keyingi davrda bronxopnevmoniya, qayt qilish yuzaga kelishi mumkin. Odatda bu davrda bemorlar uzoq vaqt uxlaydilar (narkozdan keyingi uyqu).
4. Agonal bosqich narkotik moddaning organizmda katta miqdorda yig‘ilganligidan va shu tufayli nafas va qon aylanish markazlarining falajlanganligidan kelib chiqadi. Qon bosimi pasayadi, qorachiq kengayadi. Asfiksiya. Nafas olish va yurak urishi to‘xtaydi.
Efir ta’sirida qonda adrenalin miqdori oshadi, atsidoz rivojlanadi (keton tanachalari oshadi). Buyrak faoliyati susayadi. Efir mahalliy qitiqlash xususiyatiga ega. Oson alangalanadi. Havo bilan aralashmasi portlaydi. Demak efirning yaxshi va noxush xususiyatlari bor.

Download 21,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish