16.2. Korporativ korxonalarni investitsion jozibadorligini oshirish
yo‘llari
Investitsiyalarni jalb etishda korxonaning investitsion jozibadorligi birinchi
o‘rinda turadi. Kompaniyaning investitsion jozibadorligi – bu uning holatini aks
ettiruvchi ko‘rsatkichlar va tashqi omillar majmui bo‘lib, ular asosida potensial
investor kompaniyaga pulini yo‘qotish yoki tegishlicha daromad ololmaslik
xatarisiz pulini tika oladigan bo‘ladi. Investor asosan quyidagi asosiy omillarga
tayanib sarmoya kiritishi mumkin:
kompaniya faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar majmuiga;
hamkorlik sheriklarining maqsadlariga;
investitsiya faoliyatining daromadlilik va tavakkalchilik darajalariga.
Har bir investitsiyani baholashda investor kompaniya investitsiyaviy
jozibadorligining ham tashqi, ham ichki omillarini o‘rganadi:
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyati;
barqarorlik, korrupsiya darajasi, soliq bo‘yicha imtiyozlar;
bozor ochiqligi;
188
mehnat resurslari qiymati va sifati;
innovatsiyalarni joriy etish masalalari.
Mamlakatlarning investitsion jozibadorligini baholashda Xalqaro reyting
agentliklari va tashkilotlar shug‘ullanadi. Xususan, S&P, Moody’s va Fitch kabi
halqaro reyting agentliklari, World Bank, Word Economic Forum kabi xalqaro
tashkilotlar, Fortune va The Economist kabi xalqaro nashlar shular jumlasidandir.
Jahondagi ayrim davlatlar mamlakat investitsion jozibadorligini investorlar
uchun rag‘batlar to‘plamini yaratish orqali yaxshilaydi. Masalan, investitsiyalarni
jalb qilish bo‘yicha jahon etakchilaridan biri Malayziya davlati hisoblanib, ushbu
davlat kema qurish sanoatiga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida 2000 yildan
boshlab shu sohaga jalb etilgan investitsiyalar uchun besh yil muddatga 100 foiz
soliqdan ozod etilgan. Tashqi omillar jumlasiga yana tarmoqlarning raqobat
darajasi, rivojlanish bosqichlari, narxlarning o‘sish sur’atlari, bozor hajmi va
moliyaviy ahvoli, bozorga kirishdagi to‘siqlar sanaladi.
Korxonaning ichki omillariga investitsion jozibadorligi, bitim natijasidagi
sheriklik imkoniyatlari, moliyaviy holat, menejment sifati, biznes-jarayonlarning
samaradorligi, uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va uning amaliyoti, mijozlar
va etkazib beruvchilar bilan aloqasi, mavjud resurslardan foydalanish
samaradorligi, biznesni kelgusidagi kengaytirish imkoniyati, kompaniyaning
bozordagi ulushi, marketing strategiyasi, moliyaviy va amaliyot audit jarayonini
o‘tkazish sifati kiradi.
Jahondagi ayrim davlatlarda kompaniyalarga investitsiyalarni kiritishni
ko‘rib chiqishda xorijiy investorlar duch keladigan bir qator muammolarni sanab
o‘tishimiz mumkin:
1. Ayrim kompaniyalarda rivojlanish strategiyasining yo‘qligi – yillik
byudjetlar bor, lekin 5-10 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli tasavvur mavjud
emas.
2. Kompaniya yuridik tuzilmasining puxta emasligi – shu bilan birga, bir
nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yuridik kompaniya umumiy biznes tarkibiga
kiradi.
189
3. Moliyaviy yoki boshqaruv hisoboti noto‘g‘ri yuritilishi – jamlanma
boshqaruv hisobotining mavjud emasligi, shuningdek, tasdiqlanmagan aylanmalar.
4. Investor uchun soliq va yuridik xatarlarning mavjudligi – aktivlar oldi-
sotdisi bo‘yicha bitimlarning noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi.
5. Sun’iy ravishda yuqori baholash – qiymat asoslanuvi mavjud
bo‘lmaganda kompaniya qanday baholanishi lozimligini investor juda yaxshi
tushunadi.
6. Korporativ boshqaruv zaifligi – barcha biznes-jarayonlar bitta menejerga
bog‘liq bo‘lib, usiz qarorlar qabul qilinmaydi.
Ularning ba’zilari obyektiv, ya’ni bevosita kompaniya bilan emas, balki
mahalliy qonunchilik bilan bog‘liqdir. Subyektiv omillarga kelsak, bunda
kompaniya top-menejmentiga va uning samaradorlik ortishidan manfaatdorligiga
bog‘liq. Masalan, rivojlanish strategiyasini olaylik. Investor uchun buning
muhimligiga bir qancha sabablar mavjud. Jumladan:
strategiya tashkilotning samarali tuzilmasini tashkil etish imkonini beradi
va ikkinchi darajali bo‘linmalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi;
investor biznes egasi, top-menejment va oddiy xodimlarning biznesning
uzoq muddatli rivojlanishi to‘g‘risidagi tasavvurlarini muvofiqlashtiradi;
biznesning investitsiya kiritish kerak bo‘lgan va eng ko‘p foyda
keltiruvchi yo‘nalishlarini belgilaydi;
investor nuqtai nazaridan, strategiya kompaniya uzoq muddatli
rivojlanishi istiqbollarini anglash imkonini beradi. Bu esa kompaniyaning
moliyaviy ko‘rsatkichlari va biznesini baholashning asosi bo‘ladi.
Amaliyotda investor maslahatchini yollaydi va maslahatchi kompaniyani
uchta uslub bo‘yicha baholaydi:
1. O‘xshash bitimlar uslubi – o‘xshash o‘lchamlardagi kompaniya
investitsiya obyekti bo‘lgan holat tanlanadi va u baholanayotgan kompaniyaga
nisbatan qo‘llaniladi.
190
2. Ommaviy kompaniyalar uslubi bo‘yicha – fond birjasida savdoda bo‘lgan
o‘xshash o‘lchamlardagi kompaniyalar bo‘yicha statistika yig‘adi va u
baholanayotgan kompaniyaga nisbatan taqqoslanadi.
3. Diskontlangan pul oqimlari uslubi bo‘yicha – kompaniyaning besh yillik
moliyaviy rejasi tuzishiladi va diskontlash koeffitsientini hisobga olgan holda
kompaniya joriy va kelgusi davrlarda qancha daromad olishi mumkin bo‘lgan
miqdor aniqlanadi. Bu investor uchun xatar darajasini belgilovchi foiz stavkasidir.
Baholash o‘tkazilganidan so‘ng investorda ushbu kompaniya qancha
to‘lashga tayyor ekanligi xususida tasavvur shakllanadi. Biroq biznesning amaldagi
egasida o‘z biznesini baholash bo‘yicha butunlay boshqacha yondashuv bo‘lishi
ham mumkin va investor hamda biznes egasi mo‘ljallari o‘rtasidagi farq katta
bo‘lishi ham mumkin. SHu sababli, investorlar bilan muzokaralar boshlanishidan
oldin biznes egasi biznes qiymatini mustaqil baholashi kerak bo‘ladi.
Bitimni muvaffaqiyatli yakunlash uchun investorni jalb qilishdan oldin
hisobga olish kerak bo‘lgan ko‘plab omillar va hal etilishi lozim bo‘lgan
vazifalarni aniqlashtirib olish kerak. Buning uchun esa salohiyatli boshqaruv
jamoasi va tajribali korporativ maslahatchi kerak bo‘ladi.
Biznes egasi investorlarni jalb etishdan oling korxonada investitsiyalarning
iqtisodiy samaradorligini baholashda investitsion harakterdagi boshqaruv
qarorlarini qabul qilish jarayoni asosida kutilayotgan investitsiya xajmi va
kelajakdagi pul tushumlarini baholash va taqqoslashi kerak. Bunda investitsiya
manbalaridan foydalanish mezonlari asosida tahlil qilishda talab qilinadigan
investitsiya
miqdorini
kutilayotgan
daromadlar
bilan
solishtiriladi.
Solishtirilayotgan ko‘rsatkichlar vaqtning har xil davrlariga to‘g‘ri kelsa ham
bunda asosiy muammo ularni taqqoslash hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalar byudjetini tuzishishni yoki loyihalarni baholash
jarayonida kritik momentlar quyidagilar hisoblanadi:
a) mahsulotning sotilish xajmini unga bo‘lgan talab imkoniyatlarini hisobga
olgan holda prognoz qilish;
b) pul mablag‘lar oqimini har bir yil bo‘yicha baholash;
191
v) zarur bo‘lgan moliyalashtirish manbalarini baholash;
g) kapitalni narxini diskontlashtirish koeffitsienti sifatida foydalanilanish
(kapital narx - moliyalashtirishning bu yoki u manbalarini foydalanish hisobiga
xarajatlarning nisbiy darajasi tushuniladi).
Kapital qo‘yilmalar byudjetini tuzish jarayonida tahlil qilinayotgan
investitsiya faoliyati uchun tuzishilgan loyihalar ma’lum bir logika ega bo‘lib, ular
quyidagilarni tashkil etishi kerak:
- har bir investitsion loyihalar elementlari pul mablag‘larining sof chiqimi
yoki kirimi hisoblangan pul oqimlari bilan bog‘lanish kerak. Bunda
Do'stlaringiz bilan baham: |