Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

Nazorat savollari 
1.
Jamiyat aksiyadorlarga yillik hisobotni qay tarzda taqdim etadi?
 
2.
Jamiyat qaysi hujjatlarni saqlashi shart?
 
3.
Jamiyat tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni aksiyadorlarga qachon e’lon qilishi 
shart?
4.
Jamiyat aksiyadorlarga qaysi hujjatlarni taqdim etmaydi?
5.
Jamiyat aksiyadordan qaysi holatda haq evaziga axborot bilan ta’minlaydi?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


203 
18-MAVZU. KORPORATIV BOSHQARUV KORXONALARIDA 
NAZORATNI AMALGA OSHIRISH 
 
18.1. Taftish komissiyasi (taftishchi)
47
 
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat 
ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yil muddatga 
taftish komissiyasi (taftishchi) saylanadi. Jamiyat taftishchisiga yoki taftish 
komissiyasi a’zolariga doir malaka talablari aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
tomonidan belgilanadi. Ayni bir shaxs ayni bir jamiyatning taftish komissiyasi 
tarkibiga (taftishchilikka) ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin 
emas.Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) vakolat doirasi ushbu 
Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi. 
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) faoliyat ko‘rsatish tartibi 
aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda 
belgilanadi. Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yozma talabiga ko‘ra 
jamiyat ijroiya organida mansabni egallab turgan shaxslar jamiyatning moliya-
xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga (taftishchiga) 
taqdim etishi shart. Jamiyat taftishchisi yoki taftish komissiyasining a’zolari bir 
vaqtning o‘zida jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi, shuningdek ayni shu 
jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlashi mumkin emas. 
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining 
(taftishchining), aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining, jamiyat kuzatuv kengashining 
tashabbusiga ko‘ra yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga 
egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra jamiyat kuzatuv 
kengashini oldindan xabardor qilish yo‘li bilan bir yillik yoki boshqa davr ichidagi 
faoliyat yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra 
jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) xulosa tuzadi, bu xulosada: 
47
107-modda 


204 
jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida ko‘rsatilgan 
ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho; 
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi 
buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonun 
hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi shart. 
Taftish komissiyasi (taftishchi) jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan 
bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining va jamiyat 
ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi 
to‘g‘risidagi xulosani har chorakda jamiyat kuzatuv kengashining majlisiga olib 
chiqadi. Ushbu moddaning 
sakkizinchi qismida 
ko‘rsatilgan axborotni o‘z ichiga 
olgan xulosa aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida eshitiladi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish