Намуна (Образец)


 Korporativ boshqaruvning Germaniya modeli



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

2.2. Korporativ boshqaruvning Germaniya modeli 
Bugungi kunda bir qancha mamlakatlarda korporativ boshqaruv tizimi joriy 
etilmoqda. Chunki barcha tomonlarning manfaatlari himoya qiladigan bu tizim 
barcha davlatlar tajribasida o‘zini oqlab kelmoqda. Korporativ boshqaruv 
andozalarini joriy etishning iqtisodiy jihatlari, korporatsiyalar boshqaruvining 
samarali tizimini shakllantirish, boshqaruvning tamoyillari, uni tuzishishga ta’sir 
etuvchi omillar kabi masalalar hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi. Boshqaruv 
organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini 
baholashda, har bir model o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini 
tushunish muhimdir. Agar tizimlar mos ravishdagi boshqaruvi bilan o‘zlari 
joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyatiga monand bo‘lsa, ularning har biri ham samarali bo‘lishi mumkin. 
Boshqa davlatlardagi korporativ boshqaruv tizimi singari Germaniyada ham 
korporativ boshqaruv tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi o‘zining yaqqol isbotini 
topib kelmoqda. Shuni ham ta’kidlash joizki, Germaniyada korporativ boshqaruv 
tizimida aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida 
turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko‘pini bir-birining aksiyalariga egalik 
qilish tizimi o‘z ichiga oladi. SHaxsiy investorlar bu modelida ikkinchi yirik 
investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aksiyalarning 
taxminan 16%iga egalik qiladi) ular aksiyalarining ko‘p qismi sertifikat 
ko‘rinishiga ega bo‘lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig‘iga ko‘ra, xususiy 
aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan 
boshqariladi. SHuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo‘lgan 
aksiyalarining juda katta ulushi (90% dan ortig‘i) tashkilot-investorlar tomonidan 
boshqariladi (o‘zlari aksiya egalari bo‘lmasa ham). Nemis kompaniyalarining 


23 
aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlarning o‘zida jamlangan. Buning natijasida 
nemis mulkdorlari va kapitalni boshqaruvchi moliya institutlari o‘z kompaniyalari 
bilan ish munosabatlarida ancha yaqin bo‘ladilar. Oqibatda ular mulkchilik 
huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga 
qatnashishdan ko‘proq darajada manfaatdor bo‘ladilar. 
Germaniya korporativ boshqaruvi tizimiga ta’sir o‘tkazuvchi yana bir omil 
bu, yuqorida ta’kidlanganidek, huquqiy asoslar bo‘lib, bu tizim o‘zgargan normativ 
muhit sifatida kirib keldi. Natijada Germaniya nazorat organlari bozorlashgan 
moliyalashtirishni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan bir nechta qarorlar qabul 
qilishiga to‘g‘ri kelgan. Moliya va qonun ekspertlari davlat qonunlari va qarorlari, 
uning korporativ moliyalashtirish tajribasi, uning korporativ boshqaruv tizimi 
o‘rtasidagi aloqani rivojlantirish borasida bir nechta uslublar ishlab chiqdilar. 
Bundan tashqari, Germaniya korporativ boshqaruv tizimida islohotlarni 
amalga oshirishda huquqiy qarorlardan biri bu minoritar aksiyadorlarning 
huquqlarini mustahkamlashdan iboratdir. Minoritar aksiyadorlar huquqlarini 
mustahkamlashda ovoz berishning ko‘p tarmoqliligidan foydalanishnn bekor 
qilindi. Shuningdek, yopiq sotuvlarni nazorat qilina boshlandi. SHuningdek, 
qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun Federal Nazorat Organi tashkil qilindi, 
keyinchalik bu organ Federal Moliyaviy Nazorat Organining bir qismiga aylandi. 
Natijada aksiyadorlar 1990-yillarning boshlariga nisbatan huquqiy himoyaga ega 
bo‘ldilar. CHunki 1990-yillarda Germaniyadagi aksiyadorlarni himoya qilish 
boshqa Evropa davlatlariga qaraganda ancha zaif hisoblanar edi.
Bundan tashqari, ichki boshqaruv organi, ya’ni Kuzatuv kengashi faoliyati 
ancha rivojlantirilib yaxshilandi. Bunda, nafaqat ularning javobgarligini oshirish, 
balki ijrochi bo‘lmagan direktorlarning potensial layoqatini oshirishga erishildi. 
Kuzatuv kengashi faoliyati tubdan o‘zgarib, kengash a’zolari muhim vazifalarni 
bajaruvchi javobgar shaxslar deb belgilandi. 
Shu bilan birgalikda, Germaniya hukumatining huquqiy qarorlarining asosiy 
maqsadi bu nemis kompaniyalarida aksiyadorlar bazasini kengaytirish bo‘lgan. 
Xuddi mana shu nuqtada o‘z ta’sir doirasiga ega bo‘lgan ikkinchi omil ya’ni, 


24 
investorlar omili o‘z kuchini ko‘rsatardi. Avvalo, Germaniyada uy xo‘jaliklari 
aksiya bozorlarida investitsiya kiritishni hohlamagan. 1990-yillarda 171 ta nemis 
kompaniyalarining 85% ining ovoz beruvchi aksiyalarining 25% i bir kishiga 
tegishli edi. Bu kompaniyalarning 57% ida ovoz beruvchi aksiyalarning yarmidan 
ko‘piga egalik qiluvchi aksiyadorlar mavjud. Bu esa, o‘z navbatida, 
samaradorlikning pasayishiga olib kelgan. Chunki qarorlar majoritar aksiyadorlar 
tomonidan qabul qilinar edi va qaysidir ma’noda, kompaniyalar ularning qo‘llarida 
bo‘lgan. Ammo bulardan voz kechishda ikkita muammoni hal qilishga to‘g‘ri 
kelardi. Birinchi asosiy muammo - bu nafaqat banklarni o‘rnini egallash, balki 
korporativ sektorni mablag‘ bilan ta’minlaydigan “yangi“ investorlarni topish 
hisoblanar edi. Bunda, bitta echim ya’ni chet ellik investorlarni jalb qilish edi. 
Ammo ushbu harakatlarda ham bir qancha muammolar kelib chiqdi. Bularni qal 
qilish uchun Nemis Korporativ Boshqaruv Kodeksi 2002-yilda ishlab chiqildi va 
unda ikkita asosiy maqsad belgilandi. Ushbu maqsadlar quyidagilarni tashkil etadi. 
Birinchidan, xalqaro investorlar uchun nemis kompaniyalari tajribalari va 
hukumatning muhim siyosatlarini oshkoraligini mavjduligi hamda nemis 
kompaniyalari raislari uchun korporativ boshqaruvning eng yaxshi xalqaro tajriba 
qoidalari bilan ta’minlanishiga erishish ko‘zlangan edi va bunga erishildi. 
Ikkinchidan, amalda bo‘lgan soliq rejimi korporativ boshqaruvga katta ta’sir 
ko‘rsatardi. Mana shu nuqtada, solik siyosati korporativ boshqaruv rivojiga turtki 
bo‘la oldi. SHuni ta’kidlash joizki, aksiyadorlar ancha yillardan beri o‘zlarining 
aksiyalariga egalik qilishardi va mos ravishda, daromad darajalari ham yildan-yilga 
oshib borardi. O‘z navbatida, ular davlatga katta miqdordagi soliqlarni ham to‘lab 
borardilar. Bu muammoni hal qilish maqsadida, Germaniya Ijtimoiy Demokratlari 
2001-yilda korporatsiyalarga soliq to‘lashdan ozod qilingan holda, aksiyalarini 
sotishga ruxsat beradigan “Soliqlarni kiskartirish to‘g‘richida”gi qonunni qabul 
qildi. Banklar tomonidan ushlab turilgan raislik o‘rinlari soni ham keskin tushib 
ketdi va shu sababli banklar korporativ sektorga ta’sir qiluvchi ikkita muhim rolini 
yo‘qotishiga to‘g‘ri keldi. 


25 
Umuman olganda, Germaniya korporativ boshqaruv tizimi rivojlangan 
mamlakatlar korporativ boshqaruv tizimlari orasida eng samarali va natijaviy 
tizimlardan biri hisoblanadi. Albatta, o‘z-o‘zidan bu darajaga chiqib bo‘lmaydi. 
Germaniya korporativ boshqaruv tizimi rivojlanishida quyidagi uchta omillar 
muhim rol o‘ynaydi. Bularning eng birinchisi va eng muhimi bu iqtisodiy raqobat 
va huquqiy asoslar hisoblanadi. Ikkinchisi, halqaro investorlar muhim hududiy 
xususiyat hisoblangan hukumat tizimi orqali jalb qilinadi ya’ni Germaniya 
korporativ boshqaruv tizimi 2 pog‘onali hisoblanadi. Uchinchisi va so‘nggi omil 
esa soliq siyosati hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bu uchta 
muhim omillar o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini ko‘rish mumkin hamda quyidagilarni 
alohida ta’kidlash lozim: nemis kompaniyalari ancha xalqaro ko‘lamiga ega. 
Germaniya kompaniyalari moliyalashtirishda so‘nggi 25 yillikda muhim 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va shu bilan birga, Germaniya korporativ boshqaruv tizimi 
ham o‘zgardi. 
Ikki pog‘onali (manfaatdor shaxslar) Germaniya modeli – rahbarlik va 
ijrochilik organi hisoblanib, ularni Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi) hamda 
Ijroiya organi tashkil etadi. Ushbu modelda vazifalarning qat’iy taqsimlanishi va 
Kengash a’zolari Ijroiya organiga a’zolik qilishi mumkin emas. 
Germaniyada investorlarning ulushi tarkibi quyidagicha shakllantirilgan: 
1. Yakka tartibdagi investorlar hissasiga 17 foiz aksiyalar to‘g‘ri keladi,
2. Korporativ investorlar esa nemis kompaniyalarining aksiyasini 64 foizini 
nazorat qiladi, SHundan (22 foizi banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya 
jamg‘armalari va boshqa moliya institutlari; 42 foizi nomoliya korporatsiyalari) 
3. Bundan tashqari Germaniya korporatsiyalari kapitali tuzilmasida xorijiy 
investorlarning (14%) va davlatning ulushi (5%) bu ko‘rsatkich esa Buyuk 
britaniyadagi ko‘rsatkichlardan ikki barobar yuqori.
Aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv modeli uch bo‘g‘in bo‘lib, o‘z 
ichiga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish, Kuzatuv kengashi va Ijroiya organing 
boshqaruvni oladi, Bu modeldan Fransiyadagi 20 foiz korporatsiyalarda hamda 
Belgiyada, Markaziy va Sharqiy Evropaning aksariyat mamlakatlarida ham 


26 
foydalaniladi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish