2
MUNDARIJA
KIRISH
………………………….…………………………………….3
I BOB. OYBEK O‘ZBEK ADABIYOTINING YIRIK
NAMOYANDASI SIFATIDA
1.1 Oybekning o‘zbek nasri taraqqiyotida tutgan o‘rni……………….9
1.2 Oybek romanlarida davr talqini masalasi………………………...16
II BOB. “NAVOIY” ROMANINI O‘RGANISHDA TA’LIM
TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLGI
2.1 “Navoiy” romani tahlilida tarixiy-qiyosiy usulning ahamiyati…..26
2.2 Oybek asarlarini o‘rganishda biografik metoddan foydalanish…40
III BOB. ISHNING AMALIYOTGA TATBIQI
3.1 Oybek asarlarining ta’lim tizimida o‘rganilishi……………….....46
3.2 Interfoal usullar orqali Oybek ijodini tadqiq etish……………….51
3.3 Ochiq dars ishlanmasi……………………………………………63
XULOSA
………………………………………………………….....69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
..…………... 71
TAYANCH SO‘ZLARNING O‘ZBEKCHA-INGLIZCHA
LUG‘ATI
…………………………………………………………….73
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Istiqlol yillarida ma’naviy hayotimizni isloh qilish
va yangilashga e’tibor yanada kuchaydi. Endilikda ma’naviy, adabiy, diniy
qadriyatlarimizni tiklash va buni har tomonlama yetuk inson kamolotiga
yо‘naltirish davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bu
esa bizga adabiy merosimiz
namoyandalari ijodini yangicha qarashlar asosida о‘rganish va tahlil etish imkonini
beradi. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev О‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruzasida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bо‘g‘inlari
faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni о‘zimizning
birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”
1
, deb ta’kidladilar. Prezidentimizning bu
fikrlari bevosita adabiy ta’limga ham taalluqlidir.
Shoir va yozuvchilarimiz
asarlarini zamonaviy ta’lim usullari asosida о‘rgatish orqali yosh avlodni
zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson sifatida kamol topishlariga
erishishimiz lozim.
Musa Toshmuhammad о‘g‘li Oybek (1905-1968) о‘zining
ibratli hayoti va
intilishlari, sermaxsul va samarali ijodiy merosi bilan adabiyotimiz nufuzini jahoniy
miqyoslarga kо‘tarishga barakali hissa qо‘shdi. Ulug‘ akademik shoir, nosir,
adabiyotshunos va tarjimon Oybek ijodiy merosi madaniyatimiz va adabiyotimizning
tarkibiy qismi bо‘lib, uning ijodini о‘rganish bо‘yicha kо‘plab
tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Ammo bugungi kunda ulug‘ shoir ijodiy merosini bilish va tadqiq etish
g‘oyatda muhimdir. Shuning uchun ham shoir ijodiga chuqurroq kirib borish,
asarlarining о‘ziga
xos jihatlarini yoritish, uning san’atkorlik mahoratini bilib olish
uchun har bir asarini yangicha qarashlar asosida tahlil etishimiz va о‘quvchi
yoshlarga о‘rgatishimiz zarur. Zero, Oybek ijodida bugungi kun uchun zarur bо‘lgan
ma’naviy yetuklik, milliy g‘urur, о‘zlikni anglash tuyg‘ulari
yuksak darajada aks
1
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va farovonligining
garovi. “Xalq so’zi” // 2016 yil 8 dekabr.