partasidan tortib dorilfunun auditoriyasida ham o’sha klassik yozuvchilarimiz
asarlarini o’qib, savod chiqarganmiz. Studentlik paytlarimizda ko’cha-ko’ydami,
yozuvchilar soyuzida, ommaviy yig’inlardami, ulug’ adiblarimizni uzoqdan ko’rib,
ana G’afur G’ulom, ana Oybek, ana Abdulla Qahhor, deya bnr-birimizni turtib
shivirlashar edik. Yotoqxonaga qaytgach, qolganlarga maqtanardik. Qarang, yillar
o’tibdi…
Men Oybek domla bilan u kishining xonadonida ikki marta uchrashganman.
Ikki safar ham domlannng uylariga o’zlarining yo’qlamlari tufaydi borganman. Ilk
daf’a Oybek romanlarining muharrirlaridan biri marhum Rustam Komilov boshliq
bordim. O’sha yillar men G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida
ishlab yurardim. Esimda, nashriyotda Rustam aka bir kun terlab-pishib, «Seni
Oybek aka yo’qlayapti»,— deb qoldi. Endigina uch-to’rt narsasi e’lon qilingan,
hali o’z qalamiga ishonib-ishonmay yurgan yosh shoirga shu tashrif qanchalik
ta’sir qilganini tasaavvur etish qiyin emas.
…Uyga kiraverishdagi zalda, devorga taqab qo’yilgan mo»jaz stol atrofida,
domlaning ro’parasida anqayib o’tirgan o’sha daqiqalarimni bnr umr unutmasam
kerak. Rustam aka meni tanishtirgach, domla mashaqqatli talaffuz bilan ismimni
takrorladi. Qeyii ular Zarifa opa ishtirokida «Navoiy» romanining qayta nashri
bilan bog’liq ba’zi tuzatishlarni muqokama qilib olishdi. Men bo’lsam, bu
mo»tabar dargohda daf’atan nechun paydo bo’lib qolganimni tushunolmay hayron
bo’lib o’tirardim. Shu orada Zarifa opa «Oybek adabiyotimizning o’zidan keyingi
qoladigan vakillari, xususan, kenja avlodi bilai qiziqayotganinn, ba’zi
birlarimizning mashqlarnmizni o’qiganligi, meni ham shu sababdan yo’qlaganinn»
jasur bir kayfiyatda aytib qoldi. Domla nihoyatda tiyraklik bilai, ko’pchilik nomdor
insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg’uborlik bilan
opaning gaplarnnn tasdiq etdi. O’sha kungi qisqagina suhbat adabiy ijod zahmati
15
haqida bo’ldi. Esimda, Zarifa opa «Oybek sizlarning yoshingizda kitob o’qishdan
boshqa narsani bilmasdi, Navony, Pushkin, Gyote, Dantelarni juda ko’p mutolaa
qilardi, kinoga kam kirardi», — deganida butun vujudimdan muzdek ter chiqib
ketdi. Men garchand kinoteatrlarga hadeb kiraverishni yoqtirmasam ham bu
o’gitda vaqtingni, yoshligingni behuda o’tkazma, degan pisanda-masalni ilg’agan
edim. Oybek domla bu o’gitni azbaroyi ta’kid bilan tasdiqladi. Men keyinchalik
juda uzoq mahal o’sha suhbat ta’sirida yurdim…
Ikkinchi daf’a Oybek xonadoniga yozuvchi do’stim Nosir Foznlov bilai ikkimiz
kirib bordik. Domla hovli o’rtasida oddiygina kursida, boshida qorako’l papah,
yolg’iz xayol surib o’tirgan ekan. Ichkariga taklif etdi. O’sha stol atrofida davra
olib o’tirdik. Nosir aka o’ziga xos chechanlik bilan Oybek domlani gapga solardi.
Men bo’lsam, jur’atsiz ahvolda mum tishlaganday jim edim. Favqulodda Oybek
domla menga qarab, chap qo’li bilan xitob qilib «O’qi!» — deb qoldi. O’sha
kunlari Kavkazdan qaytib, «Armaniston» degan she’rimni yozib tugallagan edim.
Nima bo’lsa bo’lar, deb she’rni o’qib yubordim. O’sha uchrashuv tafsilotini Nosir
Fozilov «Lenin uchquni» gazetasida keyinchalik yozib ham chiqqan. Xullas, o’sha
kuni mening butun umrnmga tatirlik hodisa yuz berdi: Oybek domla yozuvchilar
soyuziga kirishimga tavsiya yozib berdi.
Oybek ijodi atrofida yuzlab varaq mushohadayu taassurotlar yozish mumkin.
Lekin hozir gap domlaning barhayot siymosini xotirlash haqida ketayotgan ekan,
men ham u kishi bilan qisqa, lekin bir umr unutilmas uchrashuvlarimni esga oldim.
To’g’risini aytsam, o’sha kunlarni eslash hozir men uchun bir tomoidan maroqli
bo’lsa, bir jihatdan iztiroblidir. Maroqli tomoni shundaki, Oybekday ulug’ inson,
ulkan adib bilan yuzma-yuz gaplashganimdan baxtiyorman, iztirobli tomoni
shundaki, menkim, bir yosh shoir u zot bilan ro’baro’ kelganimda qachondir o’sha
uchrashuvlarni xotira qilpb yozarman, deb o’ylabmidim…” .
16
Oybek buyuk yozuvchi edi, lekin bu buyuklik nafaqat shoir badiiy
ijodiyotining balki uning shaxsiy sifatlari bilan ham yuksakka ko`tarildi va boshqa
adiblar uchun ham namuna bo`la oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |