Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi. . Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlarni,psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini,metodlarini o'rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatinig xususiyatiari,tafakkur turiari va operatsiyalari haqida umumiy tasavvurni hosilqiladi. Bolalar psixologiyasi esa turti yosh bosqichlarida tafakkurningqanday xususiyatlar kasb etishi, uning qanday rivojlanishinio'rganadi. Bunda u, umumiy psixologiyadagi qarashlarga tayanadi,uning metod va kategoriyalaridan foydalanadi.
Ijtimoiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Ijtimoiy psixologiya - psixologiya fanining tarmog'i bo'lib, insonlarning ijtimoiy guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan xulq-atvori va faotiyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlarning o'zini o'rganish bilan shug'ullanadi. Bolalar psixologiyasi bola psixik taraqiyotini o'rganar ekan, albatta, bolalar guruhi, bu guruhda bolalar o'rtasida amalga oshuvchi munosabatlarni e'tibordan chetda qoldirmaydi. Bolalar psixoh)giyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bo'lgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga ta'sirini o'rganishga alohida e'tibor qaratadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagio'rni. Bolalar psixologiyasi - yosh psixologiyasi fanining bo'limlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik hodisalarning o'zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog'tiq ravishda o'zgarishini tadqiq etadi.
Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat:
a) turli psixofiziologik funksiyalaming yoshga oid me'yorlarini ilmiy jihatdan asoslab berish;
b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;
c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial imkoniyatlari qanday bo'lishini aniqlash;
d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o'ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish.
Ushbu muammolami hal etish · uchun inson hayotining har bir bosqichida - bolalik, o'spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida ro'y bergan o'zgarishlami chuqur o'rganish talab etiladi.
Mavzu yuzasidan savollar:
Bolalar psixologiyasi fanining predmeti
Xronologik yosh nima?
Bolalar psixologiyasi qaysi fanlar negizida ish ko’radi
Adabiyotlarro`yxati:
1.DavlеtshinM.G, To`ychiеvaM. Umumiypsixologiya –T., 2002.
2.Karimova V.M. Psixologiya. –T., 2000.
3. Z.Nishanova , G.Alimova – T., 2006, Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi
4.Umumiy psixologiya. A.V.Pеtrovskiy ta’siri ostida. –T., 1992.
4-mavzu: Psixologiya fanining metodlari
Reja:
Kuzatish va eksperiment metodi – bola psixik rivojlanishini o’rganishning asosiy metodi sifatida.
Guruhdagi o’zaro munosabatlarni aniqlashda sotsiometrik metoddan foydalanish
Tayanch atamalar: Kuzatish va eksperiment metodi - bola psixik rivojlanishini o’rganishning asosiy metodi sifatida.
Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetning mohiyatini yoritish va ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb ataladi. Fanning obro‘si ham birinchi navbatda shu metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligiga bog‘liqdir. Psixologiyaning har bir tarmog‘i o‘z vazifalarini yechish, ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ko‘plab metodlarni sinovdan o‘tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
B.G. Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratadi:
1) tashkiliy metod;
2) empirik (amaliy);
3) natijalarni qayta ishlash;
4) genetik va donalash metodlari.
Birinchi tashkiliy guruh o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘p qirrali) deb atalgan turlarini oladi. Qiyoslash turi umumiy psixologiyada, sotsial psixologiyada, tibbiyot, sport, yuridik psixologiyada keng qo‘llaniladi. Longityud metodi bir holatni uzoq vaqt kuzatish, birdaniga bir necha sinaluvchini tekshirish, qiyoslash maqsadida qo‘llaniladi. Nemis olimi V. Shtern, fransuz olimi R. Zazzo, rus olimlari N.A. Menchinskaya, A.N. Gvozdev, N.S. Leytis, V.S. Muxina va boshqalar bu usuldan keng foydalandilar. Bu usulda kuzatish «Ona kundaligi» singari nomda ham atalishi mumkin.
Ikkinchi guruh – empirik metodlarga kuzatish, eksperiment, test, so‘rov, sotsiometriya, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tadqiq qilish, tarjimayi hol kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnostika va prognozlash vazifalarini bajaradi.
Uchinchi guruh metodlari natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular statistik (miqdoriy) va psixologik(sifat) tahlili turlariga bo‘linadi. To‘plangan ma’lumotlarni
qayta ishlab chiqishda matematik formulalardan foydalaniladi.
Tadqiqot metodlarining to‘rtinchi guruhi – genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi. Uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yig‘ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Quyida psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tadqiqot metodlarining empirik metodlar guruhini tahliliy ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |