Namangan pedagogika kolleji


Biografiya (tarjimayi hol) metodi



Download 4,12 Mb.
bet45/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Biografiya (tarjimayi hol) metodi. Biografiya metodi ham psixologiyaning yordamchi metodlaridan hisoblanib, undan kishilarning ayrim psixologik xususiyatlarini o‘rganishda foydalaniladi. Ma’lumki, har bir odam o‘z biografiyasiga ega. Biografik ma’lumotlarda odamning shaxsiy psixologik xususiyatlariga oid ayrim faktlar bayon etiladi. Masalan, kishilarning biografik ma’lumotlarida ularning dunyoqarashlari, ishonch e’tiqodlari, g‘oyaviy yo‘nalishlari, burchlariga bo‘lgan munosabatlari, maqsad va maslaklari ko‘rsatiladi. Ana shunday ma’lumotlarga asoslanib u yoki bu odam haqida ma’lum xulosa chiqarish mumkin. Biografiya metodi xususan bolalar psixologiyasi va pedagogik psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bolalar psixikasining taraqqiyot yo‘lini biografik tarzda ilmiy kuzatishga dastlab mashhur tabiatshunoslardan Charlz Darvin asos solgan. U bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga oid o‘zining kundalik xotira tipidagi asarini nashr ettirgan. Hozirgi kunda bola taraqqiyotini biografik tarzda ochib beruvchi ilmiy asarlar ko‘plab topiladi. Bunday asarlardan eng mashhuri N.A. Menchinskayaning «Bola psixikasining taraqqiyoti», «Ona kundaligi» nomli ilmiy-biografik asarlaridir. Bunday ilmiy- biografik asarlarning qimmatli tomoni shundaki, bunday kundaliklar bola taraqqiyotining katta bir davrini (masalan, 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni) qamrab oladi. Ma’lumki, bolaning har bir yosh davrida unga nisbatan muayyan bir tarzda munosabatda bo‘lish lozim bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan bolaning qaysi yosh davrida unga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishni belgilashda biografiya metodi tarbiyachilar va yosh ota-onalarga katta yordam berishi mumkin.
Psixologiyada odam faoliyatining mahsullarini o‘rganish metodidanham foydalaniladi. Odam har doim ma’lum bir faoliyatda bo‘lib turadi. Odam o‘z faoliyatlari natijasida turli narsalarni, mahsulotlarni yuzaga keltiradi. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda odamning ayrim psixik jarayonlari va psixologik sifatlari o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir odamning faoliyat mahsuli shu odamning ayrim psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik sifatlarini ko‘rsatib turadi. Biz rassom yoki arxitektorning chizgan suratlarida, quruvchining qurgan imoratida, haykaltaroshlik va boshqa san’at asarlarida, o‘quvchining yozgan konspektlarida va bog‘cha yoshidagi bolalarning chizgan rasmlarida, ijodiy ishlarida ularning psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlariga doir juda ko‘p tomonlarini ko‘rishimiz mumkin. Shu sababli odamning faoliyati mahsulotlarini analiz qilib o‘rganish metodi psixologiyaning yordamchi metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metod bolalar psixologiyasida pedagogik va sotsial psixologiyada ancha keng qo‘llaniladi. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lsalar, bolalar faoliyatining asosiy maqsadi bilib olish, o‘rganishda asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlari – o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda katta kishilarning topshiriq va takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar. Ayrim hollardagina bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki bu faoliyatni bajaradilar. Har ikki holatda ham bolalar faoliyati ma’lum natijaga ega bo‘ladi. Faoliyat mahsuloti bolalar faoliyatining natijasiga qarab o‘rganiladi. Ko‘pincha bolalar faoliyatining mahsuli ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsalarga qarab o‘rganiladi.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish