Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet43/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Kuzatish metodi. Psixologiyada keng qo‘llaniladigan bu metodning mohiyati shundaki, tadqiqotchi mutaxassis boshqa odamning xatti-harakatlarini, xulq-atvorini, psixikasining tashqi ko‘rinishlarini kuzatadi va xulosa chiqaradi. Ilmiy kuzatishlar jarayonida tadqiqotchi kuzatadigan obyektlarni nihoyatda diqqat bilan aniq o‘rganishi, pala-partishliklarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Psixik holatning tashqi alomatlariga ishongan holda ish ko‘rish har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bo'lib, psixik hodisalarni maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish - tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim.
2. Kuzatish ob'ektiv bo'lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu
holat, hodisani qayd etish, uni sub'ektiv talqin etishga o'tmaslik lozim.
3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o'tkazilishi kerak.
4. Kuzatish shunday o'tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim. Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalarni tez qayd eta olish mahoratiga ega bo'lishi zarur.
Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan lruzatish;
b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;
c) frontal va tanlanma kuzatish.
Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan hodisalarga faol ta'sir ko'rsatish, ulami o'zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko'rinishda qaytadan yaratish imkonsizdir. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metodlardan biri bo'lib kelmoqda.
Eksperiment.Eksperiment - ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o'rganilayotgan vaziyatga faol ta'sir ko'rsatadi, bir yoki bir necha o'zgaruvchilar bilan manipulyatsiyani amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda o'rganiladi. Eksperimentning ikki turi farqlanadi: laboratoriya ekspermenti va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus jihozlangan joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi. Tabiiyeksperiment chog'ida esa sinaluvchi eksperirnent ob'ekti ekanini bilmaydi. Bu holat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zo'riqish, tadqiqot natijalarini o'zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasini o'rganish uchun uni alohida xonaga olib chiqib, shu yerda unga bir qator so'zlarni o'qib berib, so'ngra qaytarishni talab qilish mumkin. Ammo mazkur sharoit bola uchun odatiy emas. Shuning uchun bolaning ichki emotsional zo'riqishi (xavotirga tushishi, shubhalana boshlashi va hokazo) unga topshiriqni imkoniyatlari darajasida boshlashi uchun yo'l qo'ymaydi. Demak, eksperimentdan olingan natijalarni haqqoniy deb bo'lmaydi. Bordi-yu, bola bilan o'yin o'ynab, unga xaridor rolini berib aytilgan narsalarni "do'kondan" xarid qilish vazifasi topshirilgan bo'lsa, u olib kelgan narsalariga qarab nimani eslabqolganini, nimani unutganini aniqlash qiyin emas. Demak, shunday shaklda tabiiy eksperiment natijalari ancha haqqoniy bo'ladi.
Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda birqator talablarga rioya qilish kerak. Ushbu talablar G. U. Uruntayeva, YU.A.Afonkina tomonidan tizimlashtirilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Rejalashtirish bosqichida tadqiqot maqsadini, sinaluvchilartarkibini aniq belgilash, eksperimentda ishlatiladigan usullar,eksperimentni o'tkazish sharoitini (joy va vaqtini) aniqlashtirish,barcha sharoitlami oldindan yaratib qo'yish zarur.
2. Eksperimentni o'tkazish jarayonida tadqiqotda ishtirok etayotgan bola bilan o'zaro ishonchga asoslangan munosabatni o'rnatish muloqotga do'stona, iliq ohang baxsh etish, bolani o'z oldiga o'tqazish, bolaning xatolariga ortiqcha e'tibor bermaslik, sinov sur'atlarini bolaning individual-psixologik xususiyatlariga moslashtirish zarur. Bola bilan o'tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida o'zgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadqiqotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini to'ldiruvchi shaxs ham ishtirok etadi. Pedagogik-psixologik eksperiment (shakllantiruvchi –tarkib toptiruvchi eksperiment deb ham yuritiladi) ham ta’limtarbiya sharoitida o‘tkaziladi. Unda faqat o‘rganibgina qolmay, aktiv ta’sir ko‘rsatiladi. Maxsus usulda o‘qitiladi, tarbiyalanadi. Uzoq vaqt davomida o‘tkazilgan pedagogik- psixologik eksperiment natijasida ta’limning eng ma’qul usullari ishlab chiqilgan. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlarning farqiga bormaydilar. Har ikkala holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperiment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga har xil hayvonlar, parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash holda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga ajratishlarida ularning umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi. Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham foydalaniladi. Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarga bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilish o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar – doira, kvadrat, kublardan foydalaniladi). Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodining effektivligi aniqlanadi. Tarkib toptiruvchi eksperiment metodini pedagogik eksperiment metodidan farqlash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali turli yoshdagi bolalarni u yoki bu narsalarni to‘g‘ri idrok qila olishga o‘rgatilsa, pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodining afzalligi aniqlanadi. Masalan, biron tadqiqotchi bolalarga ta’limiy mashg‘ulotlarulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llashni tavsiya qilsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishib, bitta eksperimental va bitta sinov guruhi belgilab olinadi. Shundan so‘ng tadqiqotchi eksperimental guruhda pedagogic texnologiya metodi bilan elementar matematik tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Kontrol guruhda esa bu mashg‘ulotlar odatdagi an’anaviy metod bilan davom ettiriladi. Bir-ikki oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishi taqqoslab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalarining yangicha metod ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llashni tavsiya qilsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishib, bitta eksperimental va bitta sinov guruhi belgilab olinadi. Shundan so‘ng tadqiqotchi eksperimental guruhda pedagogik texnologiya metodi bilan elementar matematik tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Kontrol guruhda esa bu mashg‘ulotlar odatdagi an’anaviy metod bilan davom ettiriladi. Bir-ikki oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishi taqqoslab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalarining yangicha metodda o’tish darhol to’xtatiladi.

Mavzu yuzasidan savolar:



  1. Kuzatish metodining turlarini sanab bering

  2. Asosiy va yordamchi metodlarni sanab bering

  3. Eksperiment metodi nima?

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Shavkat Mirziyoev "Niyati ulug'xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug'va kelajagi farovon bo'ladi" Toshkent – "O'zbekiston"-2019

  2. E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.

  3. S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013

5-mavzu: Bola psixikasini o’rganishning yordamchi metodlari.


Reja:

  1. Empirik metodlar – suhbat,test, biografiya metodlari - bola taraqqiyotini ilmiy-psixologik jihatdan o’rganishning yordamchi metodlari mazmuni, mohiyati qo’llash usullari.

  2. Sotsiometriya, faoliyat mahsulini o’rganish metodlari. Guruhdagi o’zaro munosabatlarni aniqlashda sotsiometrik metoddan foydalanish.

Tayanch atamalar: Empirik metodlar - suhbat, test, biografiya metodlari - bola taraqqiyotini ilmiy-psixologik jihatdan o’rganishning yordamchi metodlari mazmuni, mohiyati, qo’llash usullari. Sotsiometriya, faoliyat mahsulini o’rganish metodlari. Bolalar tasviriy faoliyati mahsulini tahlil qilish. Guruhdagi o’zaro munosabatlarni aniqlashda sotsiometrik metoddan foydalanish.



Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish