Psixologiya va sotsiologiya. XIX asrning ikkinchi yarmidasotsial psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlarboshlangan. Bunga angliyalik psixolog U. Makdugall va amerikaliksotsiolog E. Rosslarning tadqiqot natijalari asos bo‘lib xizmatqildi. Sotsial psixologiya 1908-yildan e’tiboran alohida fansifatida tan olingan. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiymunosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichigao‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan hamfoydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishigaxizmat qiladi.Jamiyatdaijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlashnio‘z vazifasi deb biladi.
Psixologiya va iqtisodiyot. Iqtisodiyot bilan psixologiyaningo‘zaro aloqasi va hamkorligi bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiyxulqningo‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarinio‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Yangi davr shaxsinitarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiyaiqtisodiyot fanida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yangiliklarva iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyoto‘z navbatida iqtisodiy islohotlarning obyekti hamda subyektibo‘lmish inson omilidagi barcha psixologik o‘zgarishlarnianiqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasiniyechishi kerak.
Mavzu yuzasidan savollar:
Psixologiya fanining vazifasi nimalardan iborat
Psixologiya fanining tarmoqlari
Psixologiya va tabiatshunoslik fanlarining o’zaro bog’liqligi nimada?
Adabiyotlarro`yxati:
1.DavlеtshinM.G, To`ychiеvaM. Umumiypsixologiya –T., 2002.
2.Karimova V.M. Psixologiya. –T., 2000.
3.Nеmov R.S. Psixologiya –M., Prosvеhеniе. 2004.
4.Umumiy psixologiya. A.V.Pеtrovskiy ta’siri ostida. –T., 1992.
3-mavzu: Bolalar psixologiyasining umumiy masalalari
Reja :
Bolalar psixologiyasi – bola psixik taraqqiyoti haqidagi faktlar va qonuniyatlarni o’rganuvchi psixik rivojlanishi va xususiyatlarining tarkib topishini o’rganuvchi fan
Bolalar psixologiyasi – yosh davrlari psixologiyasining bir qismi sifatida.
Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch atamalar: Bolalar psixologiyasi – bola psixik taraqqiyoti haqidagi faktlar va qonuniyatlarni o’rganuvchi psixik rivojlanishi va xususiyatlarining tarkib topishini o’rganuvchi fandir. Bolalar psixologiyasi – yosh davrlari psixologiyasining bir qismi sifatida. Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog'i bo'hb, u turliyosh davrlari bola psixiktaraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o'tish qonuniyatlarini o'rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e'tibori tug'ilgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin ta'kidlaganidek, bola jamiyat a'zosi va shaxssifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aksettirish qobiliyati go'daklikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o'ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya'ni tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: " yosh ", "bolalik", "taraqqiyot", "o'sish", "determinizm", "geteroxronlik', "tizimlilik". Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari, "taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, "yetakchi faoliyat ti pi', va boshqa bir qator tushuncha lami kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg'or tadqiqotlar natijasida shakllangan va fanga olib kirilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o'rganish ma'lum ma'noda ushbu fanning kategoriyalarini o'zlashtirishdan iborat.
Bolalik - ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug'ilgandan o'smirlikkacha bo'lgan davrni belgilash uchun) qo'llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an' anaviy tasnifIga ko' ra bolalik - go'daklik (tug'ilgandan l yoshgacha), ilkbolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha) davrlami o'z ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir.
Taraqqiyot - narsa yoki hodisalaming vaqt o'tishi bilan miqdor va sifatjihatdan o'zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko'tarilishi.
Psixika taraqqiyoti - tug'ilgandan boshlab yosh davrlari o'tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to'plagan bilim va tajribalami o'zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Yosh - individ psixologik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo'lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o'zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tug'ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko'pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turli yoshdagi odamlar uchun mo'ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o'ziga xos ko'rsatkichi - intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.
Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
Bola rivojlanishining turli tomonlarini har xil fanlar - anatomiya, fiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, etnografiya va boshqalar o'rganadi. Tug'ilgandan yetuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o'rganish esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi - bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir.
L.BObuxova ta'kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o'zgarib borgan. Bugungi kunda bolalar pixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh davrlari, biryosh davridan boshqasiga o'tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalarning jismoniy salomatligi bilan shug'ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to'g'ri rivojlanayotgani va faoliyat ko'rsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo'lsa, uni nimaning hisobiga kompensatsiyalash mumkinligini o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |