O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
Namangan viloyati MAKTABGACHA ta`limi
boshqarmasi
NAMANGAN PEDAGOGIKA KOLLEJI
"TASDIQLAYMAN"
Namangan pedagogika kolleji direktori__________ I.Nurmatov
“____”_______ 2021 yil
“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI” FANINING
Ma’ruzalar
matni
Fan o’qituvchisi: G.Bekberdiyeva
Ta’lim yo`nalishi:
4.11.02.02 – Maktabgacha ta
1-MAVZU: PSIXOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA
Reja:
Psixologiya haqida umumiy tushuncha.
Psixik qonuniyatlar: psixik jarayonlar, qonuniyatlar va xususiyatlar haqida
Psixologiya fanining rivojlanish tarixi
Tayanch iboralar: Psixikqonuniyatlar: psixikjarayonlar, psixikxususiyatlar, psixikholatlar, psixikhodisalar.Psixologiya fanining tarixi. Taraqqiyotning turli bosqichlarida psixika haqida turli ta’limotlar. Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlar.
“Psixologiya”, ya’ni jon haqidagi fan so’zi(yunoncha”psyche”-ruh, jon, “logos”-fan, ta’limot ma’nosini anglatadi).
Psixologiya insoniyatga tanish bo’lgan eng murakkab ilm haqidagi fandir. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib psixika deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki u tashqiolamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilshimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixologiyaning vazifalari ancha murakkabroq, chunki psixologiyada bilishning obyekti va subyekti o’zaro bir-biriga bog’liq bo’ladi.
Har bir odam tevarak-atrofdagi narsalarni sezish va idrok qilish qobiliyatiga ega. Odam osmonning moviyligini, daraxt barglarining yashilligini ko’radi, ko’cha tomondan quloqqa chalinuvchi har xil tovushlarni eshitadi, ba’zi narsalarning sovuqligini, boshqalarning issiqligini sezadi,. Odam o’ylaydi va gapiradi, ya’ni u tafakkur va nutqqa egadir. Biz ilgari bo’lib o’tgan narsa va hodisalarni xotira va xayol tufayli esda saqlaymiz va kelajak haqida orzu qilamiz. Bizning sezgilarimiz, idrokimiz, xotiramiz, tafakkurimiz, nutqimiz,xayolimiz psixik jarayonlar deyiladi.
Ko’pgina voqealar odamni to’lqinlantiradi, quvontiradi yoki uning g’azabini qo’zg’atadi, ya’ni odamda ma’lum his-tuyg’ular uygotadi. Odam nimagadir intiladi, o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga eishish yo’lida sabot va matonat ko’rsatadi, irodasini ishga solidi. Ba’zi hollarda psixik jarayonlar ancha murakkab va barqaror ko’rinishga ega bo’ladi, ularning aktivligi kuchaygan yoki susaygan holda namoyon bo’adi, ma’lum kechinlamalar maydonga keladi. Bular psixik holatlar deyiladi.
Har biro dam boshqalardan o’zining ayrim shaxsiy barqaror xususiyatlari, ma’lum darajadagi barqaror psixik sifatlari bilan ajralib turadi. Ba’zi odamlarda qiziqishlar kuchli bo’lsa, boshqa odam ulkan qobiliyatlari( matematika yoki musiqaga) bilan undan farq qiladi. Ba’zi bir odam qiziqqonroq bo’ladi, bunday odamni jo’shqin temperamentli odam deyiladi, boshqa odam haqida og’ir vazmin , yaxshi yaxshi xarakterli odam deb o’ylaymiz. Qobiliyat, temperament, xarakter bular - odamning psixik xususiyatlaridir.
Psixik jarayonlar, hodisalar va xususiyatlar bular birgalikda psixika deyiladi.
QOBILIYAT
TEMPERAMENT
XARAKTER
1.SEZGI
2.DIQQAT
3.XOTIRA
4.XAYOL
5.TAFAKKUR
6.NUTQ
7. IRODA
HISTUYG’ULAR, IRODA
SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY HOLATLARI
SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
SHAXSNING PSIXIK JARAYONLARI
PSIXIKANING NAMOYON BO’LISH SHAKLLARI VA ULARNING BOG’LIQLIGI
Psixologiya bundan 2-2,5ming yillar muqaddam qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Psixologiyatarixiikkidavrgaajratiladi;
1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibidan ajralib chiqqan davri. Bu davr eramizdan avvalgi VI asrdan XIX asr o’rtalarigacha 2,5 ming yillar davom etgan davrdir.
2-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu davr XIX asr o’rtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir.
Qadim zamonlardanoq odamlar olamni har xil tushuntirganlar. Bizning qadimiy ajdodlarimiz tabiatdagi ko’p hodisalarni tushuntirishga ojiz bo’lganlar va shu sababli ular tabiatdagi hodisalar go’yo olamga keng tarqalgan g’ayritabiiy, moddiy bo’lmagan, ko’zga ko’rinmas kuchlar tufayli yuz beradi, deb hisoblaganlar. Eramizdan avvalgi VII-IX asrlar oralig’ida yashab o’tgan mutaffakkirlar Fales, Anaksimen, Geraklit, Demokrit, Epikur, Ploton, Lukretsiylar ta’limotidan keyin ruh tanaga jon bag’ishlovchi moddiy asos, hayotiy jarayonni boshqaruvchi, idora etuvchi a’zo sifatida qaralgan.
Psixika haqidagi ta’limotning rivojlanishi uchun Aflotun(er.av.427-347-yillar) alohida sharoit yaratib berdi. U jonning qismlari haqidagi ta’limotni yaratdi. Aflotunning shgirdi Arastuning “ Jon to’g’risida”gi asari psixologiyaning bu davrga kelib bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va tana ajralmas qismlar ekanligi g’oyasini ilgari surdi. Shu sababli ham Arastu psixologiya fanining otasi sifatida talqin qilinadi.
Shimoliy Gretsiyaning Stariga shahrida tabib oilasida tavallud topgan Aristotel 17 yoshida Platonga shogird bo’lib tushgan. Ammo Platonning qarashlari yo’lidan bormadi. Aristotel “Одуше”, ya’ni “Ruh haqida” nomli traktatida ruh muammosini izchil o’rganishga bag’ishlangan o’z g’oyalarini yoritib beradi. Aristotelga ko’ra ruh organik tananing shakli. Bu tanani Aristotel quyidagi metafora bilan tushuntirdi. “Agar ko’z alohida tirik mavjudot bo’lsa, ko’rish qobiliyati uning ruhi bo’lar edi. Ko’rish qobiliyatini yo’qotgan ko’z aslida ko’z bo’lmaydi, u faqat ko’z degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday nomni chizilgan ko’zga ham berish mumkin. Tiriklik ruhsiz bo’lmaydi. Ruh tanani tirik qiladi. Tananing barcha xususiyatlari o’sish, nafas olish, fikrlash asosida ruh turadi”. Boshqacha aytganda tana va boshqa organlar ruh xizmatidagi quroldir. “Tana ruh uchun mavjuddir” – deb yozadi Aristotel va “Ruhni tanadan ajratib bo’lmaydi” – degan qat’iy xulosaga keladi. Ruh harakat qilmaydi, tana harakat qiladi, lekin bunday tana ruhlidir. Shu tariqa Aristotel Platonning tana va ruh ajralishi, ruhning qismlarga bo’linishi haqidagi g’oyasini o’tkir tanqid qiladi.
XVII asr psixologlar ko’z o’ngida psixikaga bo’lgan qarashlarning tubdan o’zgarish davri sifatida namoyon bo’ladi. Psixologik fikr taraqqiyotining yangi davrini “fanlar malikasi” bo’lib hisoblangan mexanika ta’sirida paydo bo’lgan konsepsiyalar ochib berdi. Fransuz faylasufi R.Dekartning fikricha: “Hayotni ruh bilan bog’laganlar xato qiladilar. Negaki o’lim hech qachon ruh tufayli sodir bo’lmaydi, balki tananing muhim qismidagi buzilishlar tufayli ro’y beradi”. Dekartga ko’ra asoslarning asosi shubhalanishdir. Uning fikricha hamma tabiiy va g’ayritabiiy narsalardan shubhalanish kerak. Chunki shubhalanganda odam fikrlaydi. “men fikrlayapman, bundan chiqdi mavjudman” asos bo’ladi.
Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi VII-IX asrlarga to’g’ri keladi.
Al-Xorazmiy tib, odam anatomiyasi va fiziologiyasi sohasidagi bilimlari hissiy sezgining moddiy asoslarini qidirishga yordam berdi. “ shaxsiy ruh – u miyada bo’lib, ular badan a’zolariga asab orqali tarqaladi”, deydi va aqlni odam nafsining kuchlaridan biri deb hisoblaydi.
Abu Ali ibn Sinoning psixologik-falsafiy qarashlari “Tib qonunlari” asarida inson fiziologiyasi va psixologiyasi asosida talqin etiladi. Ibn Sinoning sezgini tashqi va ichki turlarini, miyani nerv sistemasining markazi ekanligini, inson tana va jondan tashkil topishi, miya insonni boshqarib turuvchi markaz ekanligi kabi fikrlarni aytib o’tgan.
Abu Nasr Farobiy Yaqin va O’rta Sharqda ilg’or ijtimoiy-falsafiy oqim asoschilaridan biri bo’lib, “Sharq Aristoteli” degan unvonga sazovor bo’lgan mashhur mutaffakkirdir. Uning inson tafakkuri, bilish bosqichlari(hissiy , hayoliy), sezgi turlari, inson(ruh) jonining bir tanadan boshqasiga o’tib, ko’chib yurishi mumkinligini inkor etadi va uni balki tana kabi individual “substansiyaning birligi sifatida tushunadi. Farobiyning ruhiy jarayonlar, ularni bilish va mantiq tizimi haqidagi ta’limoti o’rta asrlar falsafasining katta yutug’i edi.
Abu Rayhon Beruniy “Inson hayvondan aql bialn farq qiladi” deydi va bu tushunchalarni yanada mustahkamlab: “Insonni xudo azaldan shunday yaratgan deydi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi: “Aql, mehnat, erkin tanlash inson hayoti va ijtimoiy holatini belgilaydi, inson o’z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi” deydi. Rudakiy, Umar Hayyom va VIII asrdagi islom ta’limotlari psixologik ta’limotlar uchun ahamiyatlidir.
XIX va XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etdi. Bu davrlarda uning predmeti, o’rganadigan sohasi paydo bo’ladi va shakllanadi, yangi yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilindi. Psixologiyaning bergan ma’lumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida foydalana boshlanadi. Assosiativ psixologiya namoyandalari D.Yum va D.Gartli, shogirdi D.Pristli assosiativ tasavvurlarni miyadagi fiziologik bog’lanishlarga tenglashtiradilar, murakkab psixik jarayonlar sezgi va tasavvurlardan hosil bo’ladi deb hisoblaydilar. XIX asrda psixik hodisalarni o’lchash mumkinligi, psixologiyada eksperiment bo’lishi mumkinligini ko’pgina olimlar I.Gerbart, Veber, Fexner, V.Vunt kabi nemis psixologlari eksperimental psixologiyaga asos soldilar.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Psixologiya nimani o’rganadi? Unga ta’rif bering.
2. Kundalik turmushdagi hodisalar va ilmiy psixologiya deganda nimani tushunasiz?
3. Psixologiya tarixi qanday davrlarga bo’linadi?
Adabiyotlarro`yxati:
1.DavlеtshinM.G, To`ychiеvaM. Umumiypsixologiya –T., 2002.
2.Karimova V.M. Psixologiya. –T., 2000.
3.Nеmov R.S. Psixologiya –M., Prosvеhеniе. 2004.
2-mavzu: Psixologiya fanining vazifalari, psixologiya fanining tarmoqlari.
Reja:
Psixologiya fanining vazifalari.
Psixologiya fanining tarmoqlari va fanlararo bog’liqligi.
Tayanch atamalar: Psixologiya fanining vazifalari. Tarmoqlari, fanlararo bog’liqligi.
Zamonaviy ta’lim markazida shaxs turadi, unga ta’sir etuvchi, zaruriy fazilatlarni shakllantiruvchi bo‘lib o‘qituvchi timsoli mujassamlashgan.
O‘zbekistondagi islohotlar inson omili, uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, qayg‘urishi muammosini har qachondagidan ham dolzarb masalaga aylantirdi. Turli o‘zgarishlarga psixik jihatdan tayyorgarlikni ta’minlash yangicha fikrlash va ro‘y berayotgan jarayonni obyektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosi inson psixikasini bilishni ilgari surdi.
Psixik hodisalar bilan har bir inson tanish bo‘lishi yangi davr o‘zgarishlariga oqilona javob bera olishini talab qiladi. Psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi
psixik hayotning asosiy qonunlarini o‘rganishdan iboratdir. Psixologiyani o‘rganish odamning o‘zini va boshqalarni yaxshiroq tushunishiga, ularning psixik holatini hisobga olgan holda yondashishiga yordam beradi. Kishi o‘zining kuchli va zaif tomonlarini ko‘ra oladi, o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, nuqsonlarni yo‘qotib borishga o‘rganadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyoti ham aynan ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tatbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturini oladigan bo‘lsak, uning bajarilishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning aralashuvi zarur.
Psixologiya muammolari turli sohalar bilan bog‘liq bo‘lishi bilan birga hozirgi kun uchun o‘ta dolzarb vazifalarni hal qilish bilan ham bog‘liqdir. Bularga ekologiya muammolari, zoopsixologiya va odamshunoslik muammolari,demografik va millatlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muamolari bilan bog‘liq psixologik muammolarni ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mehnat samaradorligini oshirish, inson-inson, inson-texnika, yer-inson, inson-iqlim munosabatlari, oila munosabatlari, o‘z joniga qasd qilish, turli jinoyatchilik singarilar ham o‘ta muhim bo‘lganligidan psixologik tadqiqotlar orqali aniqlanadi va tuzatishlar kiritiladi.
Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan bo‘lib barcha fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Har bir sohasi o‘z yo‘nalishida psixologiyaning ma’lum bir yo‘nalishini ochib berish bilan birga kasb psixologiyasiga oid tushuncha va qarorlarni ilgari suradi:
Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan bo‘lib hozirgi kunda uning 300 dan ortiq tarmog‘i mavjud
umumiy psixologiya– psixologiya tomonidan aniqlanadigan eng umumiy qonuniyatlarni, bu fanda qo‘llaniladigan tadqiqot metodlarini, nazariy prinsiplarni, ilmiy tushunchalarni ta’riflaydi. Psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik xususiyatlardan iborat uchta asosiy kategoriyani birlashtiradi;
pedagogik psixologiya – ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. O‘qituvchitarbiyachilar uchun bolalar psixologiyasini va pedagogik psixologiyani bilish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonida o‘quvchilar psixikasini, ularni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalashning psixik sharoitlarini tekshiradi. Pedagogika va maxsus fanlar psixologiyaning ma’lumotlari negi
zida ish ko‘radi;
–yosh davrlari psixologiyasi– turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanishi jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bola rivojlanishining turli bosqichlarida uning psixikasini o‘rganadi;
–maxsus psixologiya– psixik rivojlanishda normadan og‘gan bolalar, ya’ni anomal taraqqiyot psixologiyasini o‘rganadi. Patopsixologiya – kasallar psixologiyasi. Oligofrenopsixologiya – aqli zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya – kar-soqovlar psixologiyasi, tiflopsixologiya – ko‘zi ojizlar psixologiyasi;
–ijtimoiy psixologiya– jamiyatda odamlarning birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni o‘rganadi;
–mehnat psixologiyasi– kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadi;
–muhandislik psixologiyasi– avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyati, odam–texnika o‘rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish xususiyatlarini o‘rganadi;
–yuridik psixologiya– huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‘liq masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi;
–harbiy psixologiya– kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi;
–savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga va jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini o‘rganadi;
–tibbiyot psixologiyasi– shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, rahbar psixologiyasi, parapsixologiya va boshqa ko‘plab sohalar mavjud. Psixologiyaning qaysi tarmog‘ini olmang ular oldida turgan asosiy vazifalar mehnat faoliyatida odamlar ishini yengillashtirish va takomillashtirishdan iboratdir.
XVIII asrga kelib psixologiya falsafa tarkibidan ajralib chiqdi va mustaqil fan darajasiga ko‘tarildi. Uning mustaqil bo‘lishi tez rivojlanishga olib keldi. Natijada XX asrga kelib o‘zining eng muhim muammolarini ishlab chiqa boshladi. Hozirgi davrga kelib psixologiya fani o‘zining alohida o‘rganish metodlariga, o‘ziga xos vazifalariga va o‘z predmetiga ega bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda psixologiya inson haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatida tan olinmoqda. Psixologiya falsafa, tabiatshunoslik, pedagogika, sotsiologiya, tabiiy fanlar, texnika fanlari, kibernetika iqtisodiyot kabi ko‘plab fanlar bilan bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |