Qiziqish turlari
Mazmuni (Ijtimoiy-siyosiy IntellektualEstetik, sport)
Maqsadi(bevosita bilvosita)
Kengligi( tor, keng)
Barqarorligi (Barqaror Beqaror)
Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridanfarq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham borki, ularningqiziqishlaribir sohaga qaratilgan bo‘ladi, boshqalarda esa qator sohalarga,fanlarga, kasblarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qiziqishlarningkengligi kishining aqliy ehtiyojlarini xilma-xilligidandarak beradi. Tabiatshunos olim K.A. Timiryazov bunday deganedi: «Hamma narsa to‘g‘risida oz-ozdan bilish kerak vaoz narsa haqida hamma narsani bilish kerak». Barqaror qiziqishgaega shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan buyumlariga,obyektlariga, hodisalargao‘z maylini o‘zgarishsiz saqlabtura oladi. Qiziqishlarningba’zan beqarorligi katta yoshdagio‘quvchilarda ko‘rinadi. Ulardaqiziqishlar ko‘pincha g‘oyatehtirosli, lekin qisqa muddatli bo‘ladi, masalan, bir vaqtningo‘zida ular matematika, tarix, falsafa, logikaga qiziqishlarimumkin. Bunday bolalar hamma narsaga qizg‘in kirishib,masalaga hali chuqur kirib bormasdan, boshqa narsalar bilanqiziqib ketadilar. Har xil mashg‘ulotlarga nisbatan o‘spirinlikva yoshlik chog‘larida goh alangalanib, goh so‘nib turadiganqiziqishlar,yoshlarning o‘z iste’dodlarini jadal ro‘yobga chiqarishinita’minlaydi va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishigahamda o‘z samarasini ko‘rsatishiga yordam beradiE’tiqod – shaxsning shunday ongli bir yo‘nalishiki, ungao‘z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashlariga mos tarzda yashashgaimkon beradi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi mumkin: Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga,oilaga, go‘zallikka e’tiqod va hokazo. E’tiqod va qiziqishlarhar biri kishidagi dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyoqarash– tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilganbilim, tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum birqolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosibo‘rin egallashga chorlaydi. Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat hissigabog‘liq yo‘nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadiganmaqsadlar va ideallar bo‘lib, ular shaxsni kelajakni bashorat qilish,ertangi kunini tasavvur qilish, uzoq va yaqinga mo‘ljallanganrejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsadsizva rejasiz inson ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlardoimo o‘zining anglanganligi va shaxsning real imkoniyatlarigabog‘liqligi bilan xarakterlanib, ularning shakllanishi vaongda o‘rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham muhim rolo‘ynaydi. Ideallar shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidantashqaridagiorzu-umidlari, ular ongida mavjud bo‘lsada,lekin ular har doim ham amalga oshmaydi. Chunki, ularningpaydo bo‘lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo‘lib, o‘sha ideallarobyekti bilan shaxs imkoniyatlari o‘rtasida tafovut bo‘lishimumkin. Masalan, o‘smirning ideali otasi, u otasidek mashhurva el suygan san’atkor bo‘lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakdaerishib bo‘lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamgamaqsadlar qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishgairodani safarbar qilishgayordam berishi tabiiy.
Mavzu yuzasidan savollar:
Shaxs deganda nimani tushunasiz?
Individ va individuallik deganda nimani tushunasiz?
Motiv va uning turlari, motivatsiya nima?
Dunyoqarash deganda nimani tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar
Shavkat Mirziyoev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko'taramiz" Toshkent – "O'zbekiston"-2018.
E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.
S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013, 2017
Do'stlaringiz bilan baham: |