Biologik ehtiyojlar. Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya qilish, o‘z avlodi hayotini saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks etadi. Shuningdek, tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarning ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam berish ham kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, oqibatda inson halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyatini xavfostida qoldiradi.
Ijtimoiy ehtiyojlar bu madaniy, moddiy, ma’naviy, mehnat qilish, bilish, estetik ehtiyojlardir. Ehtiyojlar ikki guruhga bo‘linishiga qaramasdan shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni ular o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakterigabog‘liq bo‘ladi (kundalik ovqatlanish,to’ydagi ovqatlanish)
Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z xususiyatiga ko‘ra moddiyva ma’naviy turlarga ajraladi va ularni keltirib chiqaruvchimexanizmlarmanbai ham turlicha ekanligi e’tirof etiladi.Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyga ega bo‘lish,maishiy turmush ashyolarigaintilish, komfort hissini qondirishbilan bog‘liq madaniy-maishiy buyumlarga ehtiyoj sezishimoddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviyatniyaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr-mulohazalari vahis-tuyg‘ulariga binoan boshqa odamlar bilan muomalagakirishishi hamda axborot almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarbilan tanishish, mahalliy matbuotni o‘qish, kino vateatrga borish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’niijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma’naviy ehtiyojlar tizimini yuzagakeltiradi
Ehtiyoj asosida odamda faoliyatning motivlari, ya’ni muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq ichki turtki kuchlar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, motiv odamni faoliyatga undovchi sababdir, maqsad esa odamning nimagadir intilishi, muayyan ishni bajarishidir. Maqsad hamisha ham motiv bilan mos kelavermaydi. Ammo odamning maqsadi faoliyatning motiviga aylangan taqdirdagina muhim omil bo‘la oladi. Bunda odamda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani mumkin qadar yaxshiroq bajarishga intilish paydo bo‘ladi. Bu esa uning ehtiyoji bo‘lib qoladi.
Faoliyatning amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari ishlatiladi. Motivatsiya – inson xulq-atvori, ularningbog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixopsixologiksabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bushaxs xulqini tushuntiribberish kerak bo‘lganda ishlatiladi.Motiv aniq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorganisbatan turli moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchisababni nazarda tutadi. Motivlar, ya’ni u yoki bu faoliyatni bajarishuchun moyillikni aniqlashda psixolog Kurt Levin isholibborgan.Inson kayfiyatigaqarab har qanday harakat motivlariniturlicha talqin qilish mumkin.Amerikalik psixologlarning fikricha shaxs motivining ikkituri mavjud:– muvaffaqiyatga erishish motivi;– muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.Odamlar ham u yoki bu faoliyatlarga kirishishda qaysi motivgamo‘ljal qilishlariga qarab farqlanadilar. Masalan, faqatmuvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilanshunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishishular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamayturib,yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa,odamlar ularningbarcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar.Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balkibarcha tashqi imkoniyatlaridan– tanish-bilishlar,mablag‘larkabi omillardan ham foydalanadilar.Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasiga tayangan Shaxslardabirinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nimabo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar.Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishgaishonmaslik,pessimizmga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Shuninguchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikkauchraydilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishnimuvaffaqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishgakirishishsa,ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandanso‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, ruhan tushkunlikkatushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar.Bu o‘rinda talabchanlik sifatining roli katta bo‘lib, agar muvaffaqiyatgayo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillariningtalablari aksincha, past bo‘ladi. O‘zidagi qobiliyatlargaishonganshaxs hattoki mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalikqayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi,ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidniham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi.Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urishsifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi. Kishilarda ehtiyojlar asosida qiziqishlar va mayllar vujudgakeladiki, ular shaxsning ko‘zlagan maqsadini ma’lum darajadabelgilab beradi.Kishining nimagadir e’tibor berishiga, qandaydir predmetva hodisalarni bilishga intilishi qiziqish deb ataladi. Qandaydirfaoliyatga intilish mayl deb ataladi. Qiziqish va mayllar kishiningemotsional hayoti bilan bog‘liqdir. Qandaydir bir qiziqishyoki maylni qondirib bo‘lmaslik noqulay salbiy emotsiyalaruyg‘otadi. Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlarito‘g‘risida mulohaza yuritilganda dastavval I.P. Pavlovning oliynerv faoliyati haqidagi ta’limotini eslab o‘tish joiz. Uning «Bunima?» refleksi, ya’ni oriyentirovka (mo‘ljal olish) refleksi qiziqishningmohiyatini tushunishdamuhim ahamiyat kasb etadi.Psixologiyada qiziqish quyidagitiplarga ajratiladi:
1. Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy.
2. Maqsadiga ko‘ra: bevosita va bilvosita.
3. Ko‘lamiga ko‘ra: keng va tor.
4. Qiziqishlar darajasiga ko‘ra: barqaror va beqaror.
Insonning shaxsiy qiziqishining kelib chiqishi birlamchi birlamchi bo‘lishiga qaramay u bir davrning o‘zida ijtimoiylik ahamiyatigaham ega. Qiziqishlarning mazmuni kishining biror yo‘lnitutganligini va hayotda o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarinibildiradi. Qiziqishlarning chuqurligi kishining umumiy rivojlanishiva aqli bilan uzviy bog‘liqdir. Uning kasbiy faoliyatigaqiziqishi oxir-oqibat jamiyat uchun naf keltiradi. Bevosita qiziqishlarhodisalarningemotsional jozibaliligi, his-tuyg‘ulargaega bo‘lishi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. Bilvosita qiziqishlarnitarkib toptirish hamda maxsustreninglarda amalga oshirishmuhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |