Ilk yoshda lug‘at hajmining ko‘rinishi:
Bola yoshi So‘z boyligi
1 yoshda 12–20
1,6 yoshda 30–40
2 yoshda 300–400
3 yoshda 1200–1300
So‘z bilan predmet o‘rtasida har xil bog‘lanish bo‘ladi, lekindastlabki tushunish vujudga kelgan vaziyatga bog‘liqdir. Agarbola «koptok» so‘zi boshqa ko‘rinishdagi koptoklarga ham daxldorliginitushunsa, «Koptok qani?» degan savolga koptokningu yoki bu xilini ham ko‘rsata oladi. Yangi predmet bola o‘z tajribasidauchratgan jismga o‘xshasa, tanishdek tuyulsa, yangiharakat bilan uni bildiradigan so‘zni o‘zaro bog‘lash birmunchayengil ko‘chadi. Shunga o‘xshash vaziyat bolaningturmushtajribasida qanchalik ko‘p uchrasa, idrok qilingan predmetlarko‘lami ham shunchalik tez kengayadi va bolaning lug‘at boyligigaqo‘shiladi. Bolaningfaoliyatida unga beriladigan savollarnitushunishmuhim ahamiyat kasb etadi va uning oddiy xattiharakatlarniamalga oshirish imkoniyatini yaratadi
Tadqiqotchi E.K. Kaverinaning tajribasida tasdiqlanganidek, bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks etishi mumkin:
a) bola eng avval atrofidagi predmetlarning nomlarini;
b) katta yoshli odamlar va o‘yinchoqlarning nomlari va rasmlarini;
d) odamlarning gavdasining tuzilishini, uning bo‘laklari va hokazolarni tushunadi.
Tushunishning eng qulay, senzitiv davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o‘zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida kattalar bilan muloqotga kirishishda uy jihozlari va boshqalarni o‘rganadi. Bola 2 yoshga to‘lganda nutqning rivojida yangi davr boshlanadi. U ona tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tuzishga harakat qiladi. Uning nutqida deyarli barcha so‘z turkumlari,murakkab bog‘lovchisiz gaplar uchray boshlaydi. Bola uch yoshga qadam qo‘yganda, unda nutqni tushunishning ko‘lami kengayadi, sifati esa yuqori darajaga ko‘tariladi. 2–3 yoshli bola kattalarning amaliy faoliyatni bajarishga doir nutqini tushunishdan tashqari ertak, hikoya, she’r kabilarni tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilingan fikrlarni ham tushunishga intiladi. 3 yoshli bola faqat yaqin kishilari bilan emas, balki begonalar, tengqurlari bilan ham muloqot ko‘lami kengayishi natijasida unda tom ma’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalarning nutqiga, xatti-harakatiga qiziqish kuchayadi, o‘ziga daxlsiz fikr va mulohazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek, uning o‘zi atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan ma’lumotlar va axborotlar bo‘yicha boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi tug‘iladi. Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib, amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi.
Xayol jarayonining dastlabki ko‘rinishlari bolada ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida ko‘rina boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda ko‘rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir maqsadni ko‘zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir. Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi kishilarning so‘zini yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasavvurlar zaxirasini bevosita idrok qilingan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odamlar nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bola o‘ziga tushunarli mavzulardagi hikoya va ertaklarni qiziqib tinglaydi. O‘zi asosiy qahramon bo‘lib qatnashadigan hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga juda tushunarli bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib turib, bevosita, o‘zining idrokiga tayanadi. Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatdan ishtirok qilgan voqealarga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklarni eshitishga juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklarni tinglayotganida bolalarning tajribasini orttiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xilma-xil va aniq tasavvurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Nutqning o‘sishi bolaning yangi taassurotlar hosil qilishi va uni boyitishi bilangina cheklanib qolmay, balki u miyada hosil bo‘lgan yangi-yangi obrazlarni so‘zlar bilan ifodalashga yordam beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi pardalar hilpirab va quyosh nurlarining shu’lalaridan tovlanib turganini ko‘rib, o‘zini polga tashlaydi va, «... qarang, oyi, go‘yo dengizga o‘xshaydi. Men cho‘milayapman...», – deydi. Bola nutqida shu go‘yo so‘zining paydo bo‘lishi juda ham xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z bilan ifodalaydi, real narsalar bilan xayolidagi narsalarni bir-biridan ajratadigan bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |