Shaxsning tuzilishi. Psixologiyada ikkita omil – biologik vaijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan ikki asosiy kichik strukturaborligi ta’kidlanadi. Inson shaxsining o‘zi «endopsixik vaekzopsixik» tuzilishga bo‘linadi. Endopsixika ichki psixik holatdir.Biologik jihat bilan bog‘liq bo‘lib, kishining nerv psixik tuzilishiga o‘xshash inson shaxsining ichki mexanizmlari kabipsixik qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqliginiifodalaydi. Endopsixika moyillik, xotira, tafakkur va xayol xususiyatlari,irodaviy zo‘r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlikkabi boshqa xislatlarni o‘z ichiga oladi.Ekzopsixika tashqi psixik holat bo‘lib, ijtimoiy omil bilanbelgilanadi, kishi munosabatlarining tashqi sistemasini vauning tajribasini, ya’ni qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini, ustun darajadagi his-tuyg‘ularini, shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o‘z ichiga oladi. Biologik xususiyat kishi shaxsining tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo‘ladi.
Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi. Odam shaxs sifatida doim qandaydir faoliyatda bo‘ladi va ana shu turli-tuman faoliyatlarda shaxsning faolligi namoyon bo‘ladi. Shaxsning faolligi deganda biz odamning tevarak-atrofidagi tashqi muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini tushunamiz. Tashqi muhit bilan faqat odamlargina emas, balki hayvonlar ham o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Lekin bu munosabatlar o‘rtasida keskin farq mavjud. Hayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi muhitga passiv ravishda moslashib yashaydilar. Ular o‘z hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya’ni tashqi muhitdagi tayyor narsalardan foydalanadilar. Odam esa, tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta’sir qilib, uni o‘z irodasiga bo‘ysundiradi hamda o‘zgartirib, o‘z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi. Odam shaxsining faolligi uning turli-tuman ehtiyojlarida, qiziqishlarida, yo‘nalishida, dunyoqarash va ishonche’tiqodlarida namoyon bo‘ladi.
Jonli mavjudot hayot kechirishning yaqqol shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va mazkur sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat ehtiyoj deb ataladi. Odamning ehtiyoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko‘nikma, malaka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ehtiyojlar ijtimoiy va shaxsiy xarakterga ega:
1. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy mehnat mahsulidan foydalaniladi (mas. non yeyish uchun mehnat qilishkerak).
2. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy muhitda tarkib topgan vosita va usullardan foydalaniladi (mas. ovqat pishirishuchun qozon, gaz va hokazolar kerak).
3. Shaxsiy ehtiyojlar o‘ziga mansub guruhning ehtiyojlaridankelib chiqadi (mas. ma’ruzachi guruhga kerak ma’ruzanitayyorlab keladi).Har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni 2 guruhga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |