Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet125/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Shaxsning ijobiy va salbiy xususiyati deganda nimani tushunasiz?

  2. Xarakter deganda nimani tushunasiz?

  3. Bolalarda ijobiy xarakterni shakllantirish uchun nima qilish kerak?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. MTMlarining tarbayalanuvchilari uchun rivojlantiruvchi o’yinlar majmuasi. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi. Respublika tashxis markazi Toshkent-2013

  2. M.Zufarova Umumiy psixologiya. Toshkent-Faylasuflar-2010



46-mavzu: Qobiliyatlar. Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash
Reja:
1.Qobiliyat haqida umumiy tushuncha
2.Layoqat va uning turlari
3.Qobiliyat turlari
Tayanch tushunchalar: Qobiliyatlar haqida tushuncha. Qobiliyat va faoliyat. Qobiliyatlarning nerv fiziologik asoslari. Layoqat nishonalari va uning turlari. Qobiliyatlarning rivojlanib borishi. Qobiliyatlarning turlari: umumiy va maxsus qobiliyatlari. Iste`dod va iqtidorlilik. Talant va daholik. Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash. Layoqatning bolalarda erta ko’rinishi.
Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba’zilari qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, ba’zi bolalar ehtiyojlari vaqiziqishlaridan kelib chiqib she’r va ertaklarni, sahnalashtirilgan rollarni tez va oson yodlab oladilar. Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi ular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik farqlari, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbatlarni tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bilan shug‘ullanishida) va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ayrim qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir. Qobiliyatlar bilim, malaka va ko‘nikmalardangina iborat emas, garchi ular asosida paydo bo‘lib rivojlanib borsada. Shuning uchun o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror narsani sust bilishi, unda qobiliyatning yo‘qligidan deb hisoblamasdan, juda ehtiyot bo‘lish va xushmuomalalik bilan ish ko‘rishi kerak. Bunday xatolar ba’zan biror sabab bilan maktabda yaxshi o‘qimagan bo‘lajak yirik olimlarga nisbatan ha yo‘l qo‘yilgan. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrofmuhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, kеyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shonshuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albеrt Eynshtеyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachеvskiy (yangi gеomеtriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishiga qaraganda gеnial olim bo‘lib voyaga yеtishishida hеch qanday asos yo‘q edi.
Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini o‘rganar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki juda ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin.
Layoqat va uning turlari
Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug‘ma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologiyada tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqatdeb yuritiladi. Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyatlardan oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaningyarimsharlarining qanday ishlashi, qo‘1-oyoqlarning biologic va fiziologik sifatlari, bilishjarayonlarni ta’minlovchi sezgi organlari – ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab turgan muhit, muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu ikkala layoqat muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy anatomik- fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi. Layoqatsizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham anashu yuqorida ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarinirivojlantirish, shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak.
Bolalar bilan individual ishlash Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakatqilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlikyotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qobiliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi. Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobiliyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3–4 yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradiganturli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chalgan. Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik bu bola buyuk kompozitor bo‘lib yetishdi. Kishilarda musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan birmuncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim talantli shoirlarda bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, A. Navoiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov hali10 yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan. Qobiliyat turlari Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega o‘quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay o‘qiydilar. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi. Masalan matematik, texnikaviy, adabiy, musiqaviy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo‘ladi. Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yoshligidan boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va undan qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor insonning o‘z xatti-harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo‘lmasligi mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lib, ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidorli insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. Iste’dod har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish, irodasi va butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi. Biror faoliyatning, ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo‘r qobiliyatlar birikmasi iste’dod deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Bunday kishilar ijtimoiy munosabatlar sohasida o‘z davrining progressiv g‘oyalarini juda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradilar, adabiyot va san’at sohasida hozirgi zamonning ilg‘or tafakkuri darajasidagi mukammal asarlarni yaratadilar, fan va texnika sohasida ular murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yaxshi hal etadilar. Talantlilikning yuqori bosqichi daholik deb ataladi. Ijtimoiy hayotda fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda prinsipial ravishda yangi biror narsa yaratgan kishilar daholar (geniy) deb hisoblanadilar. Genial kishilar ijodining mahsuli faoliyatning biror sohasini rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo‘lko‘rsatuvchi bosqichlar bo‘lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxsga aylanadilar. Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat ishlari sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli o‘smir va o‘spirin yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyatini va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha fondlar tashkil etildi. Qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirovka o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bolalarning oilada tarbiyalashni tashkiliy psixologik-pedagogik uslubiy jihatdan ta’minlash, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, sohalashtirish, tabaqalashtirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.



Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish