Nazorat savollari:
1. Qobiliyat deb nimaga aytiladi? U nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Layoqat nima?
3. Qobiliyatning qanday turlari bor?
4. Iste’dod va iqtidor haqida tushuncha bering, ularning farqi nimada?
5. Layoqatni rivojlantirish uchun ta’lim tizimida qanday ishlar olib borilmoqda?
47-48-mavzu: Maktab ta’limiga psixologik tayyorlash. Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan tayyorlash
Reja
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda psixadiagnostika metodikalari
Bolalarni maktabdagi yangi munosabat shakllariga va yangicha bilish faoliyatiga tayyorlash vazifalari
O’qish ehtiyoji va motivlarining o’zgarish sabablari
Tayanch tushunchalar: Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga jismoniy, aqliy va ijtimoiy-psixologik tayyorlashning psixologik tomonlari va unga qo’yiladigan talablar. Bolalarni maktabdagi yangi munosabat shakllariga va yangicha bilish faoliyatiga tayyorlash vazifalari. O’qish ehtiyoji va motivlarining o’zgarishi. Bilish faoliyati sohasida bolaning maktabdagi ta’lim jarayoniga tayyorligi.
Bolalarning maktabga tayyorgarligini tekshirishda psixodiagnostika metodlaridan foydalanish. Vaqtni chamalash, matematika, mantiqiy fikrlashga oid metodikalar. (Jan Piaje, Kern Yerasek va boshqa metodikalar)
Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktabyoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari va vazifalari o‘qish, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib qoladi. Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qishulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab qiladi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi nutq, irodava shuning bilan birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik hislari bo‘lishi kerak. Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Bolalar maktabga o‘tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlarida ham o‘zgarish yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlashgan bolalar bog‘chada «katta», ya’ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edi. Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichkinalar »qatoriga tushib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotgahar tomonlama tayyorlash kerak. Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularning taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, o‘z navbatida maktabdagi o‘qish bilan bog‘chadagi ta’limtarbiya o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi. Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib ular bilan o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvur va xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda taraqqiy ettirib boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. K.D. Ushinskiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egallashlari ularning maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng ishonchli dalildir. Shuning uchun tayyorlov guruhi bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyorlashda ularning o‘z ona tillarini yaxshi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashd ularning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta guruh bolalari maktab hayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar.
Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab-quvvatlashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun maktab va unda o‘qish haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazish hamda yaqin atrofdagi maktabga ekskursiya uyushtirish yaxshinatija beradi. Bog‘chalardagi yetti yoshga to‘lgan bolalarning hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlarigabab-baravar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktabdagi yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydi. Ularda o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyor deb hisoblash mumkin? Ayrim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qish uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliyjihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini aniqlashda
hal qiluvchi omil emas, chunki bu yerda yosh masalasi ham bor. Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugallanishi va o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi.Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun ham shu davrdan boshlab bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir.K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyorligiShaxsning ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy tarqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi vaOiladagi butun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yoshga to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qilishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, jamoada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning turmush tajribasi anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada rivojlanib, so‘z zaxirasi ko‘payadi. Natijada u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila oladigan bo‘ladi. Yetti yoshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mustahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurollaridan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor aktivlik hali ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsalar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga chiqqanidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. Bola o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom etaveradi. O‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini idora qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini ustun qo‘yishga odatlanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning aql-idroki, xotira va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z navbatida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta, oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bolalarda 5–6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi. Bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini belgilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq munosabatlarga kirishishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga chiqishdan ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, maktabda nimalar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. Maktabga borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari maktabga o‘tib ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklaridan o‘ksinib yuradilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining maktabga intilishi ijtimoiy munosabatlar doirasida yangi mavqeni egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Ta’limga psixologik
tayyorgarlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv tayyorgarligi nazarda tutiladi. Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi, uning psixikasi bilim olishgayetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, bolaning qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |