Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar
|
3-bosqich Yakuniy (10 daq.)
|
Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi
|
Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
Mavzu:№ 8. Ertak va uning mavzu jihatdan turlari.
Reja:
Ertak janri haqida umumiy ma'lumot.
2.Ertaklarning ijro usuli.
3. Ertaklarning mavzu jihatdan turlari.
So’z san'atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Ertak termini Mahmud Koshg’ariyning XI asrda yozilgan «Devonu lug’otit turk» asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og’zaki tarzda hikoya qilish ma'nosini bildiradi. Hozir fol’kloristik termin sifatida ertak so’zi qabul etilgan bo’lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona o’zbeklari orasida matal deb yuritiladi. Buxoro atrofidagi rayon va qishloqlarda, shuningdek, boshqa erlardagi ikki tilda (o’zbek va tojik tillarida) so’zlashuvchi aholi orasida ushuk deb ataladi. Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida cho’pchak termini ham ishlatiladi. O’zbeklar orasida ertak, matal, cho’pchak terminlaridan boshqa yana hikoya, afsona, o’tirik, tutal kabi atamalar uchraydi. Alisher Navoiy asarlarida afsona, ertak va masal ma'nolarida cho’rchak so’zi ishlatilganki, u ham cho’pchak so’ziga to’g’ri keladi. Cho’pchak kichik hikoyalarni to’plash, hikoya qilish, topish, izlash ma'nosida bo’lgani uchun ba'zan topishmoq o’rnida ham qo’llangan.Ertak xalq og'zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katta kichiklar uchun baravar qiziqarli bo'lgan janridir.Ular juda uzoq o'tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo'lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o'ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi. Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. Shu haqdagi nuqtai nazarini «Ertak ermak emas, ertakchi og'ziga kelganini demas” maqolida ifodalagan. Ertak ertakchi tomonidan yo bir kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Aytaylik, ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonmoq uchun ertak mazmuniga mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olamini ta'minlash uchun ovoz jilosiga, hz va gavda harakatlariga (mimika va pantomimikaga) alohida e'tibor beradi, ertakni baqirib-chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh ovozini ko'tarib, ko'zlarini har xil holatga solib, hmshoqlik bilan samimiy hikoya qiladi. Hayvonlarga xos ovozlarni taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi vahmkor ohangda bo'lishini ta'minlaydi. Shu taxlitda butun bir ertakni bir o'zi ijro etadi, asardagi ruhiy olamni o'z kechinmalari bilan to'ldiradi va hayajonbaxshligini ta'minlaydi. SHu ijro xususiyatiga ko'ra ertak ijrochiligi xalq yakka aktyor teatrini eslatsa-da, aslida har qanday dekoratsiyalardan va boshqa sahnaviy atributlardan xoliligi bilan undan farq qiladi.
Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. O'tmishda ertaklar yilning ma'lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega bo'lgan yoshi ulug', dono, hurmatli va e'tiborli kishilar tomonidan aytilgan. Odatda bunday professional ijrochilar ertakchi deb yuritiladi.Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan.Shu haqdagi nuqtai nazarini «Ertak ermak emas, ertakchi og'ziga kelganini demas” maqolida ifodalagan.Ertak ertakchi tomonidan yo bir kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi.Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Aytaylik, ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonmoq uchun ertak mazmuniga mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olamini ta'minlash uchun ovoz jilosiga, hz va gavda harakatlariga (mimika va pantomimikaga) alohida e'tibor beradi, ertakni baqirib-chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh ovozini ko'tarib, ko'zlarini har xil holatga solib, hmshoqlik bilan samimiy hikoya qiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar uchun yaratilgan o‘zbek halq ertaklari va adabiy ertaklarining asosiy ko‘pchiligida har xil hayvonlar parrandalar, darrandalar, hasharotlar, o‘simliklar, tabiat xodisalarga, turli buyumlar obrozi yaratilgan. Lekin bularning barchasi obrazlardir. Ularning o‘zlariga xos tabiat belgi xususiyatlari, xatta – xarakati saqlangan xolda saqlangan xolda jonlantirib tasvirlangan. Ma’lumki bunday ramziy obrazlardir. Ularning o‘zlariga xos tabii belgi saqlangan xolda jonlantirib tasvirlangan. Ma’lumki, unday ramziy obrazli ertaklar kattalar adabiyotila ham ko‘plab mavjud: Bunday ertaklarda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar ertagining o‘ziga xos farqlari bor. - Bu farqlar, birinchidan ertakalardan ertaklardan hir xil hayvonlar, parrandalar, o‘simliklar, jonli – jonsiz narsalar xayoti, xatti – harakati, ruhiyati, tafakkuri barcha yoshdagi bolalarga xosligini sezilib turishido‘a ikkinchidan, asarlarining ichki va tashqi badiiy shaklda, syujeti, kompazitsiyalar va ziddiyatlar qurilishida, xayotlik va uydurma, g‘ayritabiiylikning qo‘shilishi me’zonlari o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan o‘zbek xalq ertaklari va adabiy ertaklar ichida, garchi oz bo‘lsada, bevosita odamlar obrazi yaratilgan asarlar ham mavjud. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar ruhiy olamiga mos tarzda yaratilgan o‘zbek adilarining adabiy ertaklarida kichkintoylar dunyoqarashining shakllantirishida muim rol o‘ynovchi xalq ertaklari taktikasiga xos an’analariga ijodiy rooya qilinib talqin qilinganligi uchun ular qiziqarli, ta’sirli chiqqan. - ertaklarda mazmun va g‘oyalarni qiziqarli, ta’sirli ifoda etishda eng ko‘p qo‘llanadigan eng ko‘p an’anaviy 4usullardan biri badiiy takrordir. Biz bu usulning adabiyotshunoslikda kam ishlanganligini inobatga olib uni alohida tekshirib, xillarini aniqlashga harakat qildik. Kuzatishlarimiz bu usulning ham 73 bog‘cha yoshdagi bolalar ertaklarida kattalar ertaklariga nisbatan o‘ziga xos belgilar asosida qo‘llanishni tasdiqladi. - Ma’lumki, badiiylikni asosiy me’zonlaridan biri asar mazmunining haqqoniyligidir. Shu ma’noda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan o‘zbek ertaklarining ko‘pligida badiiy to‘qima rol xayot bilan bog‘langan. - Kichkintoylarga biror amarning ma’qul bo‘lishi va bo‘lmasligi shu asrning badiiy saviyasiga, unga yaratilgan obrazlarning jozibadorligiga bohliq. Agar asarlar badiiy jihatdan har tomonlama mukammal yozilgan bo‘lsa, qaysi janrda bo‘lishidan qat’iy nazar, ular kichkintoylarni qiziqtiradi, qalblarini haljonlantiradi. Bu fikrning to‘g‘riligini H.Nazir, Mirmuqsin, X. To‘xtaboev, O‘. Xoshimov, S.Anorboev, F.Musajanov, M.Murodov, M.jaloliddinova, T.Muhammadiyorova, YA.Sadullaeva, K.Rahim, N.Orifjonov A.Irisov, boshqa o‘zbek adabiyotlarining xar xil mavzularda yozilgan ko‘plab hikoyalari ham tasdiqladi. Binobarin maktabgacha yoshdagi bolalar ruhiga, bilim saviyasiga mos tarzda ular tarbiyasida muhim rol o‘ynovchi g‘oyalar tasvirli, xal etgan janridagi asarlardan aslo qolishmaydi. Maktabgacha taribya yoshidagi bolalar hikoyasining asosiy qahramonlari shu yoshdagi bolalardir. Yozuvchilarimiz kichkintoylarning oila va bog‘chadagi xayotini, o‘rtoqlari davrasida turli yig‘inlardagi xatti – xarakatlarini k4attalar mehnatida ishtirok etishni, tabiatdagi har xil narsa – hodisalarga bo‘lgan munosabatlarini g‘oyaviy mazmunga mos badiiy shaklining uyg‘unligida tasvirlash, aks ettirishi orqali ularning ruhiy – ma’naviy qiyofasini ko‘rsatishga, o‘ziga xos tipik obrazlarning yaratishga arakat qilganlar. Kichkintoylar hikoyalarining ko‘pchiligida bolalar bilan birga kattalar obrazi ham yaratilgan. Adiblarimiz insoniyatning ahloq – odob, avlod – ajdodlarga hurmat olamni bilish, tabiatni saqlash, o‘zgartirish va boshqa sohalarda erishgan eng yaxshi yutuklarini olsa shu qahramonlar obrazi orqali yosh avlod ongiga etkazishga intilganlar. Iste’dodli adiblar o‘z hikoyalarida ana shu obrazlar (kattalar va bolalar) orqali balalarning rang-barang ruhiy olamning badiiy tadqiq etishga va ko‘rsatishga erishganlar. Tekshirishlarimiz barcha yoshdagi bolalar hikoyasida tarbiyaviy ahamiyatga molik qahramonlarning yakka va umumlashgan obrazlarini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari borligini tasdiqlaydi. Bu xususiyatlar, ayniqsa ruhiyat, muhit, sharoit, tabiat, portret tasviriy, nutqiy tavsif tipiklashtirishi, individuallashtirish, qahramonning ruhiy olamini ochish va boshqa obraz yaratish vositalari hamda usullarini qo‘llashi me’yorlarida aniq bilinib turadi. SHuning uchun yozuvchilarimizning hikoyalarini obraz, harakatlar, yaratish mahorati va badiiy uslub muammolari asosida tekshirayotganda ana shu jihatlarga alohida ahamiyat berish zarur. Bularmiz ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.Garchi ertak eng qiziqarli nuqtasiga - kul'minatsiyasiga kelib qolganiga qaramay, tong otgan zahoti uni aytishdan to'xtanilgan.Xususan, sehrli-fantastik ertaklar ijrochiligida bunga qat'iy amal qilingan.Sababi - sehrli-fantastik ertaklarda mavjud dev, pari, ajina singari qorong'ulik olamining mavjudotlari yorug'lik olamiga chiqib, insonlarga, ayni paytda ertak tinglovchilariga ziyon- zahmat etkazishlari mumkin degan e'tiqod tufayli shunday yo'l tutilgan.Qolaversa, ertaklarga xos sirlilikning yo'qolishidan, uning moddiy hayot qobig'iga singib ketishidan qo'rqilgan.Shomdan boshlanuvchi qorong'ulik tonggacha hukmron bo'lganligidan ertaklar olamiga xos sirlilikni kuchaytirgan omilga aylangan.Ertakning kechqurun aytilishi an'anasi aslida ana shu asosda qaror topgan.
Ertaklarning ayrim qismlari bevosita dramatik harakat yordamida ijro qilinadi.Bunday ijroga amal qilinmasa, ertakning badiiy-estetik qimmati pasayadi. Ertaklar ijrosi uch xil usulda tashkil etilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |