teatrlashtirilgan shaklda;
deklamatsion shaklda;
ohangga solingan shaklda.
O'zbekistonningturlijoylaridaertakchilikmaktablaribo'lgan.Ulardaustozertakchilaro'zlarigamunosibshogirdlartayyorlagan. Shogirdini ertak aytish san'atining nozik qirralari bilan tanishtirgan va unga ertak ijrochiligining sir- sinoatlaridan maxsus saboq bergan.
Ertak epigrafi, an'anaviy kirish qismi va boshlamasi ertakchining mahoratini baholashga xizmat qiladi, ular, asosan, saj' orqali yaratilgan bo'lib, ertak ohangdorligining jozibasini ta'minlaydi, ertakka ta'sirchanlik baxsh etib turadi.
O'zbek ertaklari a) sehrli -fantastik ertaklar; b) hayvonlar haqidagi ertaklar; v) maishiy-hayotiy ertaklar kabi ichki turlarga bo'linadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo’lib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari ifodalangan. Keyinchalik hayvonlar haqidagi ertaklarning bir qismi o’z ma'nosini yo’qotib, ko’chma ma'no kasb etdi - majoziy ertaklarga aylandi, ya'ni ba'zi qo’y, buzoq va echki singari hayvonlar orqali tadbirkor kishilar, bo’ri, tulki orqali ochko’z, yovuz, aldamchi, makkor kishilar obrazlari berilla boshladi.
Sehrli ertaklar. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo’lib, ildizi boshlang’ich jamiyatga borib etadi. Ma'lumki, ibtidoiy inson noma'lum bo’lib ko’ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan. Har qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiga ta'sir etgan. Ana shular dunyo haqida yuzaki mulohaza yuritishga va g’ayri tabiiy bo’lib ko’ringan hodisalarni o’zicha izohlashga majbur qilgan.
Hayotiy-maishiy ertaklar. Ular real, hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan bo’lib, fantastika elementlari yordamchi motivlar shaklida namoyon bo’ladi. Hayotiy-maishiy ertaklar sehrli ertaklar asosidagi an'analardan kelib chiqqan va ko’p jihatlari ularga o’xshab ketsa-da, biroq ulardan real hayot voqealari asosida qurilganligi bilan ajralib turadi.
Hajviy ertaklar. Ular xuddi hayotiy-maishiy ertaklardek, ijtimoiy hayotda real asoslari bo’lgan hayotiy uydirmalar zaminiga qurilgan bo’lib, o’tkir satira va xushchaqchaq yumor asosiy xususiyatini belgilaydi. Syujet tuzilishi ixcham, voqea va hodisalar lo’nda ifodalanadi. Naql - o'zbek xalq og'zaki ijodida alohida, mustaqil, keng tarqalgan janrlardan biri. Turmushdagi turli narsa va hodisalarni izohlashga qaratilgan axloqiy-didaktik mazmundagi, ramz va majozga asoslanuvchi kichik og'zaki hikoyalar naql deb hritiladi.
Naql xalq donoligining o'ziga xos ifodasi bo'lib, asosan, axloq normalari haqida bahs hritadi. Naqllar ma'lum bir hayotiy ehtiyoj munosabati bilan aytiladi. Besabab aytilmaydi. U ko'pincha muhokamaga sabab bo'lgan voqeani tasdiqlash yoki axloq qoidalarini buzib ish hritayotgan biror-bir shaxsni ogohlantirish yoxud noto'g'ri tushunchani tartibga solish maqsadida aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |