Namangan muxandislik texnologiya instituti


-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo’llaniladigan anhanaviy usullar



Download 1,17 Mb.
bet8/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

3-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo’llaniladigan anhanaviy usullar
REJA:
1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning xususiyatlari.
2.Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning asosiy elementlari tavsifi.
3. Kom’leks iqtisodiy tahlil metodikasi.
4. Omilli tahlil metodikasi.


Tayanch so’zlar: Iqtisodiy tahlilning metodi, iqtisodiy tahlil usullari, taqqoslash usuli, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, guruhlash usuli, balans usuli,zanjirli o’rin almashtirish usuli, mutlaq farqlar usuli, nisbiy farqlar usuli, indeks metodi, korrelyatsion tahlil usullari, integral usuli.


1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning xususiyatlari


Metod - grekcha «methodos” so’zidan olinib nazariya, tahlimot va amaliyotni o’rganishdagi yondashuv yo’llaridir. Keng mahnoda metod tabiat va jamiyatdagi jarayonlar, ‘redmetlar hamda voqeliklarni tadqiq etishning o’zaro bog’langan yal’i usullari, tamoyillari, shuningdek haqiqatni bilishning vositalari, uslublari va yo’llari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo’jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o’zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o’rganishdir. Ijtimoiy - iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo’jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko’rsatkichlarning o’zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning o’zaro bog’liqliklarini aniqlash hamda hisob - kitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o’ziga xos jihatlaridir.
Metodining mazmuniga ko’ra tahlil vositasida xo’jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarini o’rganishda dialektik yondashuv, yahni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o’zgarishiga va yangi sifatning ‘aydo bo’lishi, inkorni - inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi - ilg’or voqeliklarning ‘aydo bo’lishi kabi xususiyatga ega bo’ladi. Dialektik yondashuv va uning barcha usullari ho’jalik jarayonlarini o’rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo’llaniladi.
Iqtisodiy tahlil metodining tahrifida uning ehtiborli jihatlari ham ko’rsatilgan. Jumladan, xo’jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil qilishda juda ko’’lab ko’rsatkichlardan foydalanish zarurligi.
Tahlil uchun kerak bo’lgan ko’rsatkichlar, ularning turi hamda miqdori o’rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga bog’liq bo’ladi. Hatto, tahlil natijasida avvaldan mo’ljallanmagan yangi ko’rsatkichlar ham hisoblab to’ilishi mumkin. Mazkur holat iqtisodiy tahlil metodining o’ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
O’rganilayotgan xo’jalik jarayonlarining, yahni ko’rsatkichlarning o’zaro farqlanishi hamda o’zgarishi sabablarini aniqlash tahlil ishlarida muhim ahamiyatga ega. Har bir o’zgarishga tahsir ko’rsatgan sabablarni (omillar) hisoblash iqtisodiy tahlil metodining yana bir o’ziga xos xususiyatidir. CHunki, tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko’rsatkichlar va ulardagi o’zgarishlar doimo bir-biri bilan uzviy bog’liq, o’zaro aloqa hamda tahsir natijasida sodir bo’ladi. Tahlilda vositasida mazkur holatlar, yahni o’zgarishlar aniq hisoblanadi va o’rganiladi. Tahkidlash kerakki, ayrim olingan omillar oxirigi yakuniy natijaga sezilarli tahsir ko’rsatishi va uni tubdan o’zgartirib yuborishi ham mumkin. SHuning uchun ham xo’jalik faoliyatidagi o’zgarish sabablari, ularning omillar ko’rinishida yuzaga chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o’rganiladi. Demak, ko’rsatkichlarga tahsir etuvchi asosiy va qo’shimcha omillarni aniqlash ularni tasniflash tahlil metodining muhim xususiyati bo’lib sanaladi. Sabablarni aniqlash va omillarni to’g’ri guruhlash xo’jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning sifatli bo’lishida muhim rolg’ o’ynaydi.
Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o’ziga xos tomoni o’rganilayotgan ko’rsatkichlarni bir - biriga o’zaro tahsirini va bog’liqligini aniq hisoblab ko’rsatib berishdir. Mahlumki, korxona ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi uch guruh omillar ishchi kuchi, mehnat vositalari va mehnat ‘redmetlaridan foydalanishga bog’liq. O’z navbatida har bir guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi kuchidan foydalanish bo’yicha omillar miqdor va sifati bo’yicha guruhlanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni, sifat omili esa ularning mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o’rtacha mahsulot). Ishchining bir yildagi o’rtacha mehnat unumi - bir yilda ishlangan o’rtacha kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va bir ishchining yil davomida ishlagan kishi soatiga bog’liq. Bu sanab o’tilgan har bir ko’rsatkich o’z navbatida boshqa omillarga bevosita bog’liq. Ishchining bir yilda ishlangan o’rtacha kishi kunlari qo’shimcha dam olish, sababsiz ishga kelmaslik, uzoq safarga borish, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar tahsir ko’rsatadi. Aytilganlardan mahlum bo’lmoqdaki korxona iqtisodiy faoliyatidagi barcha ko’rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog’lanib ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o’z o’rni bor hamda ular muayyan miqdorda voqeliklarga tahsir ko’rsatishi mumkin. Tahlil jarayonida ehtiborga olinmagan har bir ko’rsatkich yoki omil uning natijalarni noaniq bo’lishiga hatto iqtisodchilarni noto’g’ri xulosalariga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati o’rganiladigan muayyan iqtisodiy ko’rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilnmaydi. Ularning o’zaro bog’liqliqligi doimo ehtiborda tutiladi. Faqatgina, ayrim hollarda iqtisodiy jarayonlar bo’yicha hisob-kitoblarni mantiqiy asoslash uchun, yahni yakuniy natija ko’rsatkichiga faqat bir omilning tahsiri o’rganilayotgan vaziyatlarda boshqa omillarning o’zgarish sabablari hamda tahsir etish miqdori shartli o’zgarmas, deb qaralishi mumkin.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish