Namangan muxandislik texnologiya instituti


Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o’tkazishning umumiy tartibi



Download 1,17 Mb.
bet138/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

2. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o’tkazishning umumiy tartibi
Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi buxgalteriya hisoboti «nomoddiy aktivlar» moddasining ishonchlilik darajasi to’g’risida fikr shakllantirish va korxonada qo’llanilayotgan nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubi hamda soliqqa tortish bilan bog’liq muomalalarning O’zbekiston Res’ublikasida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Nomoddiy aktivlar auditining ketma ketligi2:
A. Umumiy muolajalar. Testlar nazorat quroli.

  1. Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT);

  2. Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT);

  3. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili;

  4. Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili;

  5. Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish;

  6. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarni bir xilligini tekshirish;

  7. Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash.

B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar.

  1. Inventarizatsiya;

  2. Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish);

  3. Nomoddiy aktivlarni kirimi va chiqimi hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;

  4. NMA kiritilish kriteriyasiga mosligini tekshirish;

  5. NMA baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchilikka va hisob siyosatiga mosligini tekshirish;

  6. NMA hisobi va amortizatsiya hisoblashning to’g’riligini va hisob siyosatiga mosligini tekshirish;

  7. Tekshirilayotgan davr muomilalarining to’g’riligini tekshirish;

  8. Sotib olingan va chiqib ketgan NMA bahosini hisob ma’lumotlari bilan solishtirib tekshirish;

  9. Hisobotlardagi muhim axborotlarning oshkor qilinishini tekshirish;

  10. Xato va kamchiliklarni taxminiy ro’yxati;

  11. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot;

  12. Tanlab tekshirish natijalarini tahlili;

  13. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati;

  14. Nomoddiy aktivlarni auditi bo’yicha xulosa.

Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat o’rnatilishini aniqlash (mulkiy ob’ektlarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to’g’riligi; mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning to’g’riligini tekshirish; nomoddiy aktivlarni baholashning to’g’riligini tekshirish; inventarizatsiya qilish; hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligini aniqlash);
2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni soliqqa tortish masalalari);
3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya hisoblashda qo’llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya ajratmalarining hisobda aks ettirilishi).
Yuqorida keltirilgan masalalar bo’yicha etarli ma’lumotlarga ega bo’lish auditorga nomoddiy aktivlar hisobining holatini mustaqil baholash va qoidabuzarliklar hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan qoidalardan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi.
Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chog’ida quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi:

  1. nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog’liq muomalalarni soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar;

  2. korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i (farmoyishi) (nomoddiy aktivlar hisobiga taalluqli qismi);

  3. nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo’yicha korxonada qo’llaniladigan hisob registrlari;

  4. nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki hujjatlar;

  5. buxgalteriya hisobotlari.

Dastavval, auditor korxona hisob siyosatining nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubiyoti bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chiqadi. Bular xususan quyidagilardan iborat:
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari (bir butunligicha yoki nomoddiy aktivlarning har bir turi bo’yicha);

  1. amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar ro’yxati;

  2. nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun qo’llaniladigan namunaviy qabul qilingan va korxonaning o’zida tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari;

  3. nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish muddatlari;

  4. nomoddiy aktivlar hisobiga doir hujjatlar aylanishi;

  5. nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga olishda qo’llaniladigan schyotlar ro’yxati3.

Nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni tekshirish uchun sintetik va analitik hisob registrlari qo’llaniladigan hisob shakllariga bog’liq holda foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida nomoddiy aktivlarning sintetik hisobi 13-ASK jurnal-orderda va «nomoddiy aktivlarni hisobga olish vedomosti»da yuritiladi.
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida korxonaga mulkiy huquq asosida tegishli bo’lgan nomoddiy aktivlarning miqdori va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 0400-«Nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan schetlar»(0410-0490) schyotlar mo’ljallangan. Bu schyotlar balansga nisbatan aktiv bo’lib, ularning debet tomonida mavjud nomoddiy aktivlarning qoldig’i, kirimi va kreditida xo’jalikdan chiqishi aks ettiriladi.
Mulklar nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligining to’g’riligini tekshirish chog’ida huquqlar va shunga o’xshash fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilish natijasida sotib olinadi va ‘atent to’g’risida, tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, mualliflik huquqlari to’g’risidagi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Mavjud nomoddiy aktivlarni quyidagilar asosida sotib olish mumkin:

  1. litsenzion shartnoma;

  2. «nou-xou»ni qabul qilish-to’shirish shartnomasi;

  3. ta’sis shartnomasi.

Nomoddiy aktivlarni korxonaning o’zida yaratish quyidagilar doirasida amalga oshiriladi:

  1. asarni yaratish to’g’risidagi shartnoma;

  2. ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish to’g’risida shartnoma;

  3. ilmiy-texnik mahsulotni yaratish (berish) to’g’risida shartnoma.

Eks’ertiza o’tkazish chog’ida e’tibor qaratish zarur bo’lgan ayrim shartnomalarning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish usullari mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan muayyan huquqlar;
foydalanish uchun beriladigan huquq muddati;
mukofatlash ko’lami yoki uni aniqlash tartibi, to’lash tartibi va muddatlari.
Litsenzion shartnoma ‘redmeti bo’lib shunday nomoddiy aktivlar hisoblanadi-ki, ular tegishli organlarda maxsus ro’yxatdan o’tkaziladi (kashfiyot, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi). Litsenziyalovchi (barcha zarur hujjatlarni beruvchi tomon) va litsenziat litsenzion shartnomaning tomonlari bo’lib hisoblanadi. Litsenzion shartnomada ob’ektdan foydalanish usullari (sanoat mulki ob’ektidan foydalanishga doir muayyan huquqlar); foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; mukofatlash ko’lami yoki uni aniqlash tartibi, to’lash tartibi va muddatlari. Mukofatlash litsenziatning foydasidan ajratma ko’rinishida yoki qat’iy summa ko’rinishda, yoki ushbu usullarni birgalikda qo’shib aniqlanishi mumkin. Shartnomada tomonlarning majburiyatlari ko’rsatiladi. Litsenzion shartnoma ‘atent idorasida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim.
«Nou-xou»ni bir-birovga o’tkazish shartnomasi bo’yicha «nou-xou» (axborot)dan foydalanish uchun beriladigan huquq emas, balki uning o’zi beriladi. Shartnomada «nou-xou»ni berish tartibi to’g’risidagi asosiy shartlar, shartnomaning amal qilish muddati, bahosi va to’lov tartibi, maxfiylikni saqlash bo’yicha tomonlarning majburiyatlari ko’rsatiladi. Berilayotgan «nou-xou»ni bayon qilish shartnomaning muhim shartlaridan hisoblanadi. Shartnoma ro’yxatdan o’tkazilmaydi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish shartnomasida ishlarning nomlari va ularning har bir bosqichi; ishni bajarish uchun asos (dastur, reja, texnik to’shiriqlar va shunga o’xshash); butun ishlarni bajarish muddati va har bir bosqichni bajarish muddati; ish qiymati va to’lov tartibi; ishni qabul qilish tartibi; ishlar natijalaridan foydalanish shartlari; tomonlarning mas’uliyatlari ko’rsatiladi.
Nomoddiy aktiv ob’ektini hisobga qabul qilish kuchga kirgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomalarni yuridik eks’ertizadan o’tkazish uchun auditorlik firmasining yuristi jalb qilinishi mumkin.
Auditor shartnomalarni tekshirish bilan bir qatorda nomoddiy aktivlarni qabul qilish-to’shirish dalolatnomasi (qabul qilish dalolatnomasi) va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kartochkasi (№1-NMA shakli)ni to’lg’azishni tekshiradi. (majburiy rekvizitlarni to’lg’azishning to’g’riligi, foydali xizmat muddatining ko’rsatilish, hisobga qabul qilish sanalari (foydalanishga to’shirish, ob’ektni ro’yxat qilish; dastlabki hujjatlarni hisob registrlarida aks ettirish).
Shartnomalar va dastlabki hujjatlarning yuridik rasmiylashtirilishi tekshirilganidan so’ng auditor nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini arifmetik tekshiruvdan o’tkazadi (ularning baholanishini). «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun»ning 12-moddasi va «Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMSning 22-23 bandlariga muvofiq nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida ‘ul ifodasida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni baholash ularning tegishli shartnoma qiymati va rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlarini qo’shish tartibidan kelib chiqib aniqlanadi.
«Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMS 11 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati - bu aktivni sotib olishda haqiqatda to’langan ‘ul mablag’lari yoki uning ekvivalentlari yoki ishlab chiqarishda qilingan haqiqiy xarajatlar qiymati.
Haqiqiy xarajatlar tarkibiga jumladan, nomoddiy aktiv ob’ektining o’zini sotib olish xarajatlari, sotib olishda berilgan tijorat krediti bo’yicha to’lanadigan foizlar, tashqi iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar (xizmatlar qiymati), nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar kiradi.
Boshqa mulklar singari nomoddiy aktivlarga taalluqli buxgalterlik ma’lumotlar haqqoniyligi vaqti-vaqti bilan o’tkazib turiladigan inventarizatsiya asosida tasdiqlanadi.
Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish quyidagi vazifalarni hal etadi: ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash; haqiqiy qoldiqni buxgalterlik hisob ma’lumotlariga solishtirish yo’li bilan ularning butligini ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish.
Nomoddiy aktivlarning korxonada haqiqatan mavjudligi va ular ustidan ichki nazoratni amalga oshirish uchun nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish lozim. Bunda auditor №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli BHMS (O’zR. Adliya Vazirligida 2 noyabr 1999 y ro’yxatga olingan №833) va «Inventarizatsiya natijasida aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi NIZOM» O’zR Adliya Vazirligida – 2001 yil ro’yxatga olingan №1054) talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishi zarur.
Agar baholash natijasida ob’ektning bozor bahosi (undiriladigan summa) kam chiqqan ob’ektning qoldiq qiymatidan ‘ast bo’lsa, ko’rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) Debet 4730-«Moddiy zararni qo’lash bo’yicha xodimlarning qarzlari» scheti aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor qiymatiga.
Debet 9430-«Boshqa o’eratsion xarajatlar» scheti aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o’rtasidagi farq summaga (ko’rilgan zarar summasiga)
Kredit 9430 - «Boshqa o’eratsion xarajatlar» scheti–kam chiqqan nomoddiy aktivlar ob’ektining qoldiq qiymatiga.
Ko’rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
Hisobga olinmay qolgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ular nomoddiy aktivlar tarkibiga qo’shilgan ‘aytdan boshlab umumiy belgilangan tartibda hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish korxona rahbarining inventarizatsiya o’tkazish to’g’risidagi buyrug’i, «Nomoddiy aktivlarning inventar ro’yxati nomli inventar ro’yxat (№ INV-1 shakli), 0410-0490 schyotlarning sintetik hisob registrlari va Bosh daftarga asosan amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya vedomostining ma’lumotlariga asosan inventarizatsiya ro’yxatlarini rasmiylashtirishning to’g’riligi, korxonaning ko’rsatilgan nomoddiy aktivlardan foydalanish uchun huquqini tasdiqlaydigan dastlabki hujjatlar mavjudligi, sintetik va analitik hisob registrlarida hamda Bosh daftarda nomoddiy aktivlarni aks ettirishning to’g’riligi va o’zaro mosligi tekshiriladi. Ko’rib chiqish usulini qo’llash yo’li bilan auditor quyidagilar tengligini tekshiradi:

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish