3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini ta’minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: qiymati korxonada belgilab qo’yilgan chegaradan ‘ast bo’lgan ob’ektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo’lgan ob’ektlar asosiy vositalar qatoriga o’tib qolmaganligi; korxonada asosiy vositalar inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga va aksincha o’tkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, ob’ekt qiymatining chegarasi ob’ektni sotib olish (foydalanishga to’shirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga asossiz o’tkazish auditorlik tekshiruvi chog’ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko’’ hollarda bunday o’tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi chog’ida korxonaning asosiy vositalar ob’ektlariga mulkiy huquqining talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur.
Auditorga asosiy vositalar ob’ektlarini yaratish, sotib olish, berish shartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sottini ro’yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to’g’ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish chog’idagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog’liq.
Auditor tekshiruv o’tkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi.
Asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish yo’’asiga (ob’ektlar soni unchalik katta bo’lmaganda) yoki tanlab o’tkaziladi.
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish usuliga bog’liq.
Auditor O’zbekiston Res’ublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo’shishning qonuniyligini; tugallangan qurilish ob’ektlari inventar qiymatining to’g’ri aniqlanganligi; qo’shimcha qurilganidan va qo’shimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so’ng ob’ekt qiymati to’g’ri aniqlanganligini tekshiradi.
Bunda auditor №21 BHMS ga muvofiq kiritilgan o’zgartishlarga alohida e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog’liq, ammo belgilangan tartibga ko’ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shilmaydigan xarajatlar 01. 01. 2002 dan ob’ektlarning dastlabki qiymatiga qo’shilmasdan, 9439 schyot debetiga olib borilganligiga e’tibor berishi kerak.
Auditor baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki qiymatiga qo’shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo’llashning ishonchliligini tekshiradi.
Asosiy vositalar bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o’xshash mahsulotlar baholari to’g’risida tayyorlovchi - tashkilotlarning yozma ravishda bergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan baholar to’g’risidagi ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati to’g’risida eks’ert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo’yicha korxona tomonidan qilingan xarajatlar ham ob’ekt qiymatiga qo’shiladi.
Chet el valyutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el valyutasini O’zbekiston Res’ublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan, asosiy vositalar ob’ektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Auditor kontrakt shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o’tish vaqti to’g’ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq bojxona to’lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo’shilganligini tekshirishi lozim.
Auditor asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish chog’ida asosiy vositalar dastlabki qiymatining o’zgarish hollari bo’lganligiga, qanday sabablar (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish) o’zgarishga olib kelganligiga, ka’ital qo’yilmalarga doir xarajatlar 0810, 0820, 0840, 0850, 0860 va 0890 schyotlarda aks ettirilganligiga e’tibor qaratishi lozim.
So’ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMSga muvofiq korxonalarda asosiy vositalar ob’ektlarini qayta baholash summalari 8530–«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: barcha asosiy vositalar to’lig’iga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan er uchastkalari va tabiiy foydalanish ob’ektlari qayta baholanganligi; qayta baholash qanday usullar yordamida o’tkazilganligi (indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri hisoblab o’tkazilishi va h. k. ); bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; hisob-kitoblar to’g’riligini tanlab tekshirish; qayta baholashdan so’ng eskirganlik darajasi o’zgarganligi, qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga o’xshashlar.
Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish o’rganiladi. (bu haqda keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek, auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya qilish natijalarini ham tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlar - iventarizatsiya ro’yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18 shakllar), inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari bo’yicha korxona rahbariyatining qarorini o’rganadi.
Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur.
Bunda u inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida oshiqcha va kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishi va soliqqa tortilishining to’g’riligini ham tekshiradi. Bunda auditor O’zbekiston Res’ublika Adliya Vazirligi tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-raqam bilan ro’yxatga olingan «Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi qaror»ga rioya qilinganini tekshiradi.
Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi ma’lumot manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi:
moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari;
moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari;
Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko’rsatkichlarini o’zaro taqqoslash natijalari jadvalda ko’rsatilgan shakl bo’yicha ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi mumkin.