Quyosh kollektori Shunday qurilmaki, u quyosh nurlari oqimini qabul qilib, bu oqim energiyasini issiqlikka aylantirib, uni isitilayotgan suyuqlikka-issiqlik taShuvchga uzatadi. Kollektorlarning eng ko’p tarqalgani shishali yassi quyosh kollektori hisoblanadi. Undan tashqari bir qator murakkab kollektorlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq etilmoqda. Vakuum kollektorlari Shunday kollektorlardan hisoblanadi.
Quyosh nurini yig’uvchi, harakatlanuvchi va boshqa tuzilishga ega bo’lgan kollektorlarning konstruktsiyalari yaratilmoqda. Ular o’rta va yuqori haroratda ishlatish ucchun mo’ljallangan. Lekin, Shunga qaramasdan, quyosh suv isitgichlari konstruktsylarida yassi quyosh kollektorlari ishlatilmoqda. (2-rasm)
1-shaffof yopqich, 2-yig’uvchi yuza, 3-qaytargich ekran, 4-issiqlik o’tkazmaydigan qatlam, 5-korpus.
Suv isitishga mo’ljallangan yassi quyosh kollektori har xil materiallardan (po’lat, gips, alyuminiy, plastmassa va boshqalardan) tayyorlanishi mumkin. Lekin, ularning ishlashi bir xil printsipga asoslangan.
Bu- «Parnik effekti» deb atalib, quyosh energiyasini singdirish va uni minimal yo’qotishlar bilan issiqlik energiyasiga aylantirishdan iborat.
Quyosh kollektorlari konstruktiv jihatdan bajarilishiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin.
Yig’uvchi yuza - quyosh kollektorlarining asosiy unsuri hisoblanadi. Odatda u misdan tayyorlanadi. Lekin, ba`zi hollarda, alyuminiy va plastmassaning maxsus turlari qo’llanilishi mumkin. Yig’uvchi yuza g’ovak quvurlar qatoridan tashkil topadi. U quvur ichida aylanayotgan suvga quyosh issiqligini beradi. Quyosh nurlari tushayotgan yuza Shunday xususiyatga ega bo’lishi kerakki, energiya yo’qolishining minimal darajasida nur oqimining singishi maksimal bo’lishi kerak. Bunday sifatga ega bo’lgan yuzalar hosil qilish texnologiyasi bizga ma’lumki, selektiv qoplama bilan qoplashdan iborat.
Har bir ishlab chiqaruvchi ko’p hollarda, o’z «nou-xau»sini qo’llaydi. Ba`zi hollarda selektiv qoplamalar bilan qoplash o’rniga kollektorning ishlash davri davomida quyosh nuri ta’siri va haroratning tsikllik ravishda o’zgarishiga chidamli bo’lgan maxsus bo’yoqlar bilan yuzani qoplashda foydalaniladi. Yig’uvchi yuzalarning ko’plab shakllari mavjud. Lekin, ularning ko’pchiligi po’lat konstruktsiyali «Payvandlangan yuzalar» printsipi asosida (2-rasm) yoki misdan tayyorlangan buyum uchun to’siqli quvurlar panjarasi ko’rinishida bo’ladi.
Quyosh kollektorlarining o’lchamlari turlicha 0,5 dan 4 m2 gacha bo’lishi mumkin, lekin, ko’p hollarda u 2 m2 atrofida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |