18-maliy mashg’ulot
Gorizontga nisbatan qiya joylashgan berk havo prosloykasida tabiiy konvektsiya. Konduktiv va konvektiv-konduktiv rejimlar, konvektsiya koeffitsienti ( ), Nusselt soni (Nu). Berk havo prosloykasiga issiqlik ko’chishi. Atrof muhit va nur yutuvchi issiqlik almashingich panel yuzalaridagi harorat farqiga berk havo prosloykasi optimal qalinligining bog’liqligi.
Haroratni boshqarishni ta`minlaydigan quyosh kollektorlarini ishlatish jarayonida issiqlik sarfini boshqarish yaxshi natijalar berishini ko’rsatadi.
Quyosh kollektori yorug’lik o’tkazmaydigan oyna taxtaga qoplangan, ostki qismi issiqlik o’tkazmaydigan materialdan ishlangan korpus esa boshqariladigan sharnirga o’rnatiladi. Korpusning pastki qismida to’g’ri to’rtburchak oyna profilit quvurchalardan iborat yacheykalar o’rnatilgan. Har qaysi yacheykaning ostki va ustki qismlari oyna profilit bilan yopishtirilgan va aylanib turadigan hamda tarmoqli quvurlar bilan jihozlangan, yorug’lik o’tkazmaydigan qoplamalarga ega. Yacheykalar korpus ichida bir qatorda joylashtirilgan.
Tizimdagi (18-rasm) miqdoriy va sifat boshqaruvini amalga oshirish quyidagcha amalga oshiriladi. Suvni uzatadigan (3) truboprovod o’rnatilgan, A suvni uzatadigan harorat datchigi (2) elektron blokka signallarni beradi va u ish bajaruvchi
mexanizmini va boshqariladigan klapan mexanizmini harakatga keltiradi.
Quyosh kollektoridan (8) quritish-texnologik kamerasi (5) yoki binosiga beriladigan issiqlik o’tkazgichning qizigan paytida bu klapan biroz ochiladi va rekuperativ issiqlik almashtirgich (4) dagi suv miqdori kamayadi.
Texnologik kamera to’xtatilgan davrda quyosh kollektorlarida hosil bo’lgan issiqlik miqdori, akkumulyator (7) ga o’ta boshlaydi. Qurilma bir vaqtning o’zida quritish kamerasi va texnologik ehtiyojlari uchun (6) xizmat qiladi. Bu erda issiqlik tashuvchi suv yoki havo bo’lishi mumkin.
Rekupiratsiya jarayonida issiqlik o’tkazuvchi issiqlik tashuvchi sifatida gassinol smolasi ishlatiladi, u asosan Namangan yog’-moy kombinati korxonasidagi chiqindi bo’lib, u quyidagi ko’rsatkichlarga ega: nur yutish koeffitsienti-0,97; issiqlik sig’imi-0,23 Kdj/kg kollektorlarning m2 yuzasidagi hajmi-40l.
Tavsiya qilinayotgan tizimda quyosh issiqlik ishlab chiqarish agregatlarida suv va havo avtomatik tizimlaridan foydalanish afzalligi va zarurligi issiqlik tashuvchining xarakteriga va issiqlikni qayta ishlaydigan majmua strukturasiga,
tarkibiy qism va elementlarni bir-biriga ulash tizimlariga, geografik joylashuviga bog’liq.
Ishlab ciqilgan quyosh havo issiqlik generatorining tizimi (18-rasm) qattiq to’ldiruvchi akkumulyatordan iborat bo’lib, quyosh-havo qizdirgichidan boshqariladigan qoplamaning, havo aralashtirigich texnologik kamerasidan, quritish kamerasidan, qo’shimcha energiya manbaidan iboratdir.
Mazkur tizim qurilmaning to’xtab turgan davrida konvektiv issiqlik yo’qotishini bartaraf qilish yo’li bilan qurilmaning tejamkorligini oshirishga imkon beradi. Tashqi havoni o’tkazadigan truboprovod akkumulyator orqali o’tkazilgan va kirish qismida hamda chiqish shunga muvofiq to’siqcha bilan jihozlangan, akkumulyator zonasida truboprovod perforatsiyalab (teshikchalar qilib) bajarilgan.
Qoplama holatining turlicha kombinatsiyalari qurilma ish rejimini turlicha ta`minlashga imkon beradi, qurilmadan faqat quritish, faqat akkumulyatorni quvvatlantirish (zaryadlash), bir vaqtning o’zida akumulyatordan foydalanib quritish ishlarini bajarishga imkon beradi.
Tavsiya qilinayotgan qattiq to’ldirgichdan iborat akkumulyatorli quyosh quritish qurilmasi to’xtab turgan davrida konvektiv issiqlik yo’qotishni bartaraf qiladi, bu esa quritiladigan materillar sifatini yaxshilashga imkon beradi.
Tadqiqotlar bilan shu narsa aniqlandiki, quyosh havo issiqlik generatori tizimi eng samarali ko’rsatkichlarga ega bo’lib, unda quritish rejimini boshqarish bloki, uning tarkibidagi texnologik kamera (6), quyosh-havo qizdirgich (4), uning ostida oraliq bo’shliq qoldirilgan holda va qattiq to’ldirgichli issiqlik akkumulyatori (30 va kirish qismida devorlarida perforatsiya teshikchalari bo’lgan tashqi havo so`rgich ventilyator truboprovodi (1), tarmoqni bir uchi gelio havo qizdirgichga, ikinchi uchi esa akkumulyator orqali uning ichki devor teshikchalari orqali o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |