Namangan muxandislik-qurulish



Download 0,51 Mb.
bet14/20
Sana15.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#675282
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
12- Amaliy mashg’ulot
Yorug’ shaffof qoplama orqali nur yutuvchi issiqlik almashingich panel yuzalaridagi issiqlik yuqotilishlari effektiv koeffitsientining hisobi
Isroil davlati issiq mamlakat deb hisoblansada, bu erdagi ayniqsa, quddus va boshqa joylar, shu jumladan, Negev cho’lidagi qish ancha sovuqdir. Biroq mamlakat iqlimi quyosh energiyasi yordamida turar joy binolarini passiv isitish uchun juda mosdir. Bu erda qishda quyosh energiyasi hisobiga issiqlikni saqlash mumkin bo’lgan, turar joy uylarini loyihalash haqidagi so’z bormoqda.
Tom uchun 10 smli issiqlik saqlaydigan penopoliuretan qatlami nazarda tutiladi; janubga chiqadigan derazalar umumiy maydoni uy-joy maydonining taxminan 15% ni tashkil qilishi kerak.
Mamlakatning issiqroq joylarida derazalar maydonini tegishli ravishda kamaytirish mumkin. Barcha derazalar quyosh nurlarini tushishini heklaydigan jalyuza yoki to’siqlarga ega bo’lishi lozim.
Isroilda passiv isitiladigan dastlabki uy 70-yillar oxirida Sde-Bokerda qurildi, bu erda Ben Gurion nomli Universitet filiali joylashgan. Keyinhalik bu g’oya mamlakat arxitektorlarning ko’pchiligi tomonidan foydalaniladi.
Quyosh energiyasidan foydalanishga mo’ljallangan aralash isitish tizimlari, qishloq turar joy binolarini va qishloq xo’jaligida ishlab ciqilgan. Ob`ektlarni issiqlik bilan ta`minlashga mo’ljallangan. Bunday tizimlarda asosan, quyosh energiyasidan issiqlik tashuvchi sifatida esa suvdan foydalaniladi. Bunday qurilmalarda yillik energiya sarfi 10% gacha kamayishi mumkin.
TRISOL tipidagi yakka tartibdagi uyni isitish tizimi quyosh energiyasi havo kollektori va issiqlik nasosidan iborat. Quyoshli kunda kollektorda isitilgan havo bevosita isitish uchun foydalaniladi. Sovuq kunlarda, havo haroratini isitish uchun yetarli bo’lmaganda sovuq havo issiqlik nasosining bug’latuvchisiga yo’naltiriladi va Shundan keyin kollektorga qaytadi. Quyosh issiqligi va issiqlik nasosining quvvati yetarli bo’lmaganda 6kVt quvvatga ega bo’lgan elektro isitgich ishga tushiriladi.
Nemis olimlari tashqi devorlari va tomi yaltiroq issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplangan, uning ostida yutuvchi modullar bilan jihozlangan binolarni isitish uchun quyosh energiyasidan foydalanish metodini ishlab chiqdilar. Modullar har qaysi qavatda bo’ladi.
Ularning yutadigan quyosh energiyasi susaytiruvchi yoki kuchaytiruvchi qurilmalarda foydalaniladi. Kuchaytiruvchi qurilmalarda barcha energiya yoki uning qismlari tegishli qavatdagi barcha modullarni birlashtiradigan qurilmaga uzatiladi.
Yutish tizimining vazifasi nimadan iboratligiga muvofiq quyosh energiyani isitish uchun yoki ayrim xonalarni sovutish uchun susaytiruvchi yoki kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalaniladi.
Shuningdek, tizim issiqlik akkumulyatori bilan ham jihozlangan. Absorberdan havoga issiqlik uzatish yuqori, energiyasi oz yo’qotadigan va tannarxi uncha qimmat bo’lmagan, quyosh kollektorlarini ham tavsiya qilinadi.
Absorber bir necha qavatli ro’zg’or oynasidan iborat bo’ladi. Uning har bir qismida yuqoridan tushayotgan nurlar absorbirlashadi, bir qismi esa o’tkazib yuboriladi.
Yuqori qatlamlari pastkilarini ajratib turadi, Shu usulda uning issiqlik yo’qotishini bartaraf qiladi. Oddiy ro’zg’or oynasidan foydalanilgani uchun kollektor arzonga tushadi. Bunday qurilma qishloq xo’jalik ob`ektlarida pichan va donni quritish uchun havoni isitishda keng qo’llanilishi mumkin.
Stiebei Eitron (GFR) tanish bo’lgan vakuumlashtirilgan quyosh energiyasi kollektorlarining xillaridan tashqari issiq suv bilan ta`minlovchi, o’tish davrlarida havzalardagi, suvni va havoni isitish uchun qo’llaniladigan SOL 170 tipidagi yassi kollektorni va vakuumlashtirilgan SOL 180 luks tipidagi qurilmalarni ham tavsiya qiladi.
Bu kollektorlarning korpusi dengiz suviga chidamli bo’lgan alyuminiydan ishlangan, oynalari esa yuqori chidamli, 5 mm qalinlikdagi, yutilgan quyosh energiyasini kuchaytirish uchun xizmat qiladigan prizmatik qoplamli qilib tayyorlanadi. Vakuumlashtirilgan kollektorlarda quyosh energiyasi eng samarali yo’l bilan issiqlikka aylantiriladi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish