Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Sertifikatlashtirish, muvafiqlik va muvofiqlikni attestatsiyasi



Download 2,77 Mb.
bet22/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

2.4. Sertifikatlashtirish, muvafiqlik va muvofiqlikni attestatsiyasi
Sertifikatlashtirish tovar, xizmatining yuqori darajasini aks ettiruvchi va uning ma’lum talablariga javob berishi hamda belgilangan sifatga ega ekanligini kafolatlaydi.
Sertifikatlash is’temolchiga mahsulot faqat standart talablariga muvofiq ishlab chiqarilishini kafolatlaydi, lekin u mahsulotni texnik darajasi talablariga mos ekanligini kafolatlamaydi.
Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi, mahsulot yoki xizmat turini xayot uchun xavfsizligini ta’minlash, atrof-muxitni muxofaza qilish, tovarlarni o’zaro almashinuvi va o’rindoshligini ta’minlash, hamda xalqaro savdoda texnik qarshiliklarni olib tashlash, mahsulot va xizmat turlarini raqobatga bardoshliligini oshirish kabi savollarda haridor yoki iste’molchini talab va istaklarini ximoya qilishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha milliy muassasasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- respublikada sertifikatlashtirish jarayonini mukamallashtirish va undan foydalanish bo’yicha umumiy siyosatni uyg’unlashuvini ishlab chiqish;
- qonun ishlab chiqaruvchi va uni bajaruvchi xokimiyat organlari hamda tegishli davlat sertifikatsiya organlari bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatish;
- tegishli davlatlar sertifikatsiya organlarini qonun ishlab chiqaruvchi va uni bajaruvchi xokimiyat organlari bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatish;
- sertifikattsiyalash masalalari bo’yicha shug’ullanuvchi chet el va xalqaro tashkilotlarning tegishli organlari bilan o’zaro kelishuv asosida faoliyat ko’rsatish, zarur xollarda O’zbekiston respublikasining ushbu tashkilotlar ishida qatnashishini ta’minlash;
- sertifikatlashtirishning hamma uchun yagona bo’lgan qoida va protseduralarini o’rganish;
- sertifikatsiyalash natijalariga ko’ra tegishli xujjatlarni qayd etish jarayonlarini kuzatish va tekshirish;
- respublika va chet ellik haridorlarni tegishli axborotlar bilan ta’minlash;
- mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar turlariga sertifikattsiyalash bo’yicha barcha savollar O’zbekiston respublikasining “Mahsulot va xizmat turlarini sertifikatlashtirish xaqida”gi qonuniga hamda ushbu qonunga mos keluvchi respublikamizning boshqa qonuniy xujjatlari asosida ko’rib chiqiladi.
Sertifikatlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir.
- mahsulotni sotish va uning bozorda raqabotbardoshligini ta’minlashni nazorat qilish;
- is’temolchilarni har tomonlama ximoya qilish;
- tayyorlovchilar arizasiga asosan mahsulot sifati ko’rsatkichlarini tasdiqlash.
Sertifikatlashtirish milliy tizimi - sertifikatlashni boshqarish va o’tkazish xuquqlariga davlat ta’sir o’tkazadigan tizimdir.
Mahsulotni sertifikatlash-mahsulotga o’rnatilgan talablarni to’g’ri kelishini tasdiqlash bo’yicha faoliyatdir. Sertifikat belgisi shu mahsulotni davlat standartiga mos kelishini qayd etilgan belgidir.
Respublikamizda sertifikatlashga o’rnatilgan umumiy qoidalar, ishlab chiqarilayotgan loyixalar, sertifikatlash bo’yicha nazorat qilish va shu kabilar “O’zstandart” agentligi tomonidan olib boriladi. Sertifikatlashning ob’ekti bo’lib, mahsulot, xizmatlar va sifat tizimi xisoblanadi.
Sertifikatlash sub’ekti bo’lib-shaxs yoki mahsulotni davlat standartiga mos keladigan xolda sertifikatlashtirishda ishtirok etayotgan shaxs (tadbirkor) xisoblanadi. Sifatni sertifikatlash tizimi jarayoni uchta asosiy bosqichlardan iborat bo’ladi:
- birinchi bosqich-sifat tizimini dastlabki baxolash.
- ikkinchi bosqich-sifat tizimini yakuniy tekshirish va baxolash.
-uchunchi bosqich-sertifikat muddati tugaguncha sifat tizimini sertifikatlashtirish ustidan nazorat qilish.
Sertifikatlashtirish muvofiqlik sertifikati umumiy tushuncha va mazmunida bu jarayonda uchunchi tomonni qatnashishini bildiradi, birinchi tomon-ishlab chiqaruvchi, ikkinchi-iste’molchi.
Muvofiqlikning quyidagi ko’rinishlari belgilangan:
- muvofiqlik to’g’risidagi ariza;
- muvofiqlik attestati;
- muvofiqlik sertifikati.
Muvofiqlik to’g’risida ariza-bu ishlab chiqaruvchini mahsulot va texnologik jarayon xizmatlari ma’lum standart yoki me’yoriy xujjatlarga moyilligi to’g’risidagi arizasidir. Boshqachasiga buni o’z-o’zini sertifikatlash deyiladi. Muvofiqlik to’g’risidagi ariza-ishlab chiqaruvchi tomonidan xech qanaqa yuridik, administrativ va iqtisodiy mas’uliyatni belgilamaydi.
Muvofiqlik attestati - bu sinov laboratoriyasi tomonidan mahsulot na’munasi ma’lum standartlarga yoki me’yoriy xujjatlarga moyil ekanligi to’g’risidagi arizadir.
Bu vaziyatda standartlar talablariga seriyali ishlab chiqarilayotgan mahsulot emas, balki sinovga taqdim etilgan mahsulot na’munasining muvofiqligi baxolanadi. Sinovlar sertifikatlash tizimi doirasidan tashqarida o’tkaziladi.
Sertifikatlash tizimi milliy, regional va xalqaro darajalarda tashkil qilinadi:
Ma’lum bir mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlarga tegishli bo’lgan standartlar va qoidalar sertifikatlash tizimining bir ko’rinishini (sxemasini) bildiradi.
Mahsulotning standart talablariga mos kelishini muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi tasdiqlaydi.
Muvofiqlik sertifikati – bu mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlar ma’lum standartlar talablariga yoki me’yoriy xujjatlarga moyilligini uchunchi tomon kafolat berishini bildiradi.
Demak muvofiqlik sertifikati uchunchi tomondan berilgan kafolatni bildiradi va belgilangan tashkilliy tizim va qoidalar doirasida o’tkazilgan xolda tan olinadi. Muvofiqlik sertifikati o’zining qoida va tartibiga ega bo’lgan sertifikatlash tizimi doirasida o’tkaziladi.
Muvofiqlik belgisi – bu mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlar ma’lum standartlarga va me’yoriy xujjatlarga mos ekanligini bildiruvchi, sertifikatlash tizimi qabil qilgan qoidalarga mos va qonun tomonidan ximoyalanganlik belgisidir.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish