Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


III BOB. SIFATNI BOSHQARISH NAZARIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI



Download 2,77 Mb.
bet24/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

III BOB. SIFATNI BOSHQARISH NAZARIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Mazkur bobni o’qishdan ko’zlangan maqsad, quyidagi savollarga javob topish ekanligini unutmang:

  • Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanishini beshta bosqichini tushuntirib bering?

  • Sifat nazoratining Teylor tizimini gapirib bering?

  • Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilishni tushuntiring?

  • TQM kontseptsiyasining shakllanishi o’z ichiga nimalarni oladi?

  • Standartlarni vujudga kelishining sabablari nimalardan iborat?

  • Sifatni boshqarishning majmuaviy tizimi (TQM) to’g’risida nimalarni bilasiz?

  • Mahsulot sifatini boshqarishning “DJIT” tizimi qanday tizim?



3.1. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari
Sifatning mazmun-mohiyatini aniqlash borasida turli tushunmovchiliklarning kuchayishiga sabab, uni ham mutlaq ham nisbiy darajada tushunishning mavjudligidir. Kundalik turmushda sifat mutlaq tushuncha sifatida qo’llaniladi. Kishilar uni masalan, qimmat restoranlar(xizmat sifati)ni va qimmatbaho avtomobillar(mahsulot sifati)ni ta’riflashda ishlatishadi.
Sifatni nisbiy tushuncha sifatida ham qo’llash mumkin. Ushbu holatda sifat mahsulot yoki xizmatning belgisi(o’ziga xos xususiyati, atributi) hisoblanmaydi. Sifat to’g’risida mahsulot yoki xizmatning mavjud standartlar yoki unga qo’yilgan talablarga javob berganida gapirish mumkin. Sifat o’z-o’zidan yakuniy natija bo’la olmaydi. U faqatgina uning yordamida yakuniy mahsulotning standartga mosligini aniqlash vositasidir. Sifatni nisbiy tushunishda sifatli mahsulot yoki xizmat qimmat yoki mushkul, chiroyli yoki mujmal bo’lishi shart emas. SHuningdek, u o’ziga xos, oddiy, siyqasi chiqqan va odatiy bo’lmasligi mumkin.
Sanoatni rivojlanishi va ilmiy texnik taraqqiyot natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga bo’lgan talablar ham ortib borishi bu tabiiy hol. SHunday ekan, sifat menejmenti ham o’zining rivojlanish bosqichlariga ega bo’lib, uning rivojlanish tendentsiyalari hamda bosqichlarini shartli ravishda quyidagicha keltirish mumkin:
- mexanik nazorat (1900 yilgacha);

  • usta nazorati(1900-1920 yillar);

  • inspektsion nazorat(1920-1940 yillar);

  • statistik nazorat(1940-1960 yillar);

  • sifatni ta’minlash(1960-1980 yillar);

  • umum sifat menejmenti(1990 yildan hozirgi vaqtgacha).

Sanoat va umuman ishlab chiqarish taraqqiyoti sifatni boshqarishga va uni aniqlashga bo’lgan yondashuvlarni o’zgartirib borgan va ushbu tendentsiya kelajakda ham davom etishi kutilmoqda.

3.1.1-rasm. SHuxart-Deming tsikli(PDCA)
Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlantirishga amerikalik olimlar SHuxart, Uolter (Walter Andrew Shewhart 1891-1967 va Deming, Uilьyam Evards ( William Edwards Deming, 1900 — 1993)  o’zlarining katta hissalarini qo’shishgan bo’lib, ular o’zlarining mashhur uzluksiz jarayonlarni yaxshilash “SHuxart - Deming TSikli” (PDCA tsikli)ga asos solishgan(3.1.1-rasm.).
PDCA - rejalash (Plan), amalga oshirish (Do), tekshirish (Check), ta’sir qilish (Act), uni turli sohalarda tizimli asosda qo’llashda ushbu soha bo’yicha tizimli faoliyatni samaradorligini oshirishga imkon beradi (3.1.2-rasm).

3.1.2-rasm. Doimiy yaxshilash
U. SHuxart birinchi bo’lib PDCA kontseptsiyasini yaratdi. (1939 y. “Sifatni boshqarishning statistik usullari” asarida. E. Deming SHuxart tsiklini faol targ’ibot qildi va keyinchalik PDCAni - tsikl PDSA (“study” - o’rganish) modifikatsiya qildi .
1950 yillarda E. Deming Yaponiyada uni qo’llashni taklif qilib Kaydzen tizimini yaratishga olib keldi (3.1.3-rasm).
Kaydzen, kaydzen (yap. 改善 ;kaydzen; Kaizen;) bu-ishlab chiqarish jarayonlarini, ishlanmalarni, yordamchi biznes-jarayonlarni va boshqaruvni, shuningdek, hayotning barcha jabhalarini to’xtovsiz takomillashtirib borishga yo’naltirilgan yapon falsafasi yoki amaliyotidir.
SHunday qilib, sifat menejmenti quyidagilarni o’zida namoyon etadi:

  • barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilganlikni;

  • qaror qabul qilishning vositalari va usullarini;

  • faoliyatning samaraliligini kafolatlovchi usullarini;

  • mehnat jarayoni ishtirokchilari sa’i harakatlarini qo’yilgan maqsadlar sari safarbar qilishni ta’minlaydi:


3.1.3-rasm. Deming tsikli asosidagi Kaydzen


“Meni eshitinglar yana besh yildan keyin sizlar G’arb bilan raqobatlashasizlar. G’arbliklar sizdan himoya so’rashmaganlarigacha eshitishni davom ettiringlar”. Ushbu so’zlar umum sifat menejmentining otasi hisoblanmish E.Demingning 1950 yilda Tokio shahrida Yaponiyaning 45 yirik kompaniyalari rahbarlari oldida so’zlagan nuqtida bayon etilgan.
Deming yondashuvining mohiyati quyidagicha: past samaradorlik va yomon sifatning sababi aksariyat hollarda, xodimlarda emas, balki tizimda. SHunday ekan, ishlab chiqarish natijalarini yaxshilash uchun rahbarlarning tizimning o’ziga o’zgartirishlar kiritishlari kerak. Deming o’zining asosiy e’tiborini quyidagilarga qaratgan:
-standartlardan chekinishlar haqida statistik axborotlarni yig’ishning zarurligiga;
-jarayonlar va kompaniya mahsulotlaridagi chetga chiqishlarning kamayishiga;
-chetga chiqishlarning sabablarini izlash, tahlil etish va bartaraf etishga.
Bugungi kundayam Edvard Demingning 14 tamoyillari butun dunyo bo’yicha sifatni boshqarishning asosiy tamoyillari bo’lib hisoblandi.
Deming, Djuran va Isikava g’oyalarini bosqichma-bosqich dastlab Yaponiyada keyinchalik boshqa G’arb mamlakatlarda keng qo’llanila boshlandi.
Bu davrda amerikalik olim A.Feygenbuam tomonidan umum sifat nazorati (TQC) kontseptsiyasi yaratiladi. TQC kontseptsiyasini Yaponiyada qo’llash ommaviylashib ketadi. Bu davrga kelib, hujjatlashtirilgan sifat tizimi paydo bo’ladi va unda nafaqat sifat xizmati mutaxassislarining, balki sifat sohasi uchun butun rahbariyatning mas’ulligi hamda vakolati o’rnatiladi.
Umum sifat nazoratini Feygenbaum iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va distribьyuterlar foydasiga bog’liq bo’lgan holda mahsulot sifati va uning narxidagi muammoni hal etishga qodir bo’lgan tizim sifatida tushundi. Feygenbaum sifatni buyumni ishlab chiqarishning yakuniy natijasi sifatida emas, balki uni yaratishning har bir bosqichida ko’rib chiqishni taklif etdi. Mazkur kontseptsiyaga muvofiq sifatning umumnazorat kontseptsiyasi quyidagi tarzda namoyon bo’ladi (3.1.4-rasm):


Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish