Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi



Download 2,77 Mb.
bet25/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

Umumsifat nazorati





1-bosqich. Sifatni ishlab chiqish





2-bosqich. Sifatni qo’llab-quvvatlash





3-bosqich. Sifatni takomillashtirish

3.1.4-rasm. Sifatning umumnazorat kontseptsiyasi


Yaponiyada TQCni munosib kutib olindi va professor K. Isikava o’zining ishlarida uni yanada rivojlantirdi. U sifatni menejmentning vazifasi sifatida va sifatni oshirish tadbirlarida barcha xodimlarning ishtirok etishini talab qilgan holda, “iste’molchi–etkazib beruvchi aloqalari” terminini kiritdi.
Filip B.Krosbi sifatni umumiy kontseptsiyasining buyuk allomalaridan biri hisoblanadi. U XX asrning 60–yillarining boshida Germaniyada ko’plab tortishuvlarga sabab bo’lgan “nolь deffekt” dasturini aniq tushuntirib berdi. B.Krosbi e’tiborni korxonani boshqarish sohasidagi masalalarga qaratdi va asosan “nolь deffekt”ga erishishga yo’naltirilgan fikrlash va sifat tushunchasini anglab yetgan tadbirkorlik madaniyatini singdirishni taklif qildi.
Yaponiyada TQC statistik metodlarga e’tibor bergan va personalni sifat to’garaklariga jalb qilgan holda rivojlandi.
Yaponlar uzoq vaqt TQSC yondashuvini undagi “S” statico ma’nosini beradigan holda ishlatilishni takidlab kelishgan.
Bu bosqichda vakolat, javobgarlik, shuningdek sifat sohasida nafaqat sifat xizmati mutaxssislarini, shuningdek, butun korxona boshqaruvida hamkorlikni o’rnatuvchi xujjatlashtirilgan sifat tizimlari paydo bo’ldi. Ma’naviy rag’batlantirish ortib moddiy rag’batlantirish kamaydi. Jamoa bo’lib ishlash, hamkasblar va rahbariyatni qo’llab turgan lavozimni tan olish, hodimini kelajagi haqida firmaning qayg’urishi takomillashdi. Uning sug’urtasi, oilasiga yordam, sifatli ishni eng asosiy sabablaridan biri deb ko’rsatildi. Yaponiya va Janubiy Koreyada ishchilarni bir necha xaftadan to bir oygacha o’qitishda, shu jumladan mustaqil o’rganishdan ham foydalangan holda, hodimga e’tibor ko’proq ajratila boshlandi.
TQS ni tadbiq etilishi va asosiy tamoyillarini rivojlantirish bir xilda amalga oshmadi. TQS ning asosiy g’oyalari AQSH va Yevropa davlatlarida ishlab chiqilgan bo’lishiga qaramay, Yaponiya bu sohada ancha ilgarilab ketdi. Natijada, Amerikalik va Yevropaliklar sifatni boshqarish tizimini Yaponlardan o’rganishga to’g’ri keldi. Bunda asosiy e’tibor yangiliklarni tadbiq qilish jarayoniga qaratildi. Yevropa davlatlarida asosiy e’tibor sifat ta’minot tizimini xujjatlashtirish va uni ro’yxatdan o’tkazish yoki uchinchi tomondan sertifikatlashtirishga qaratila boshlandi. “Etkazib beruvchi-iste’molchi” munosabatlari tizimida ham mahsulotlarni 3-shaxs tomonidan sertifikatlashtirilishi, sifatni boshqarish jarayonlarini nazoratda ushlay boshladi. Bunda shartnomalarda xomashyo, materiallarning sifatiga jiddiy talablar qo’yila boshlandi. Uni bajarish kafolati mas’uliyatni oshirdi.
Sifatni kompleks tizim kabi boshqarishni rivojlantirish bosqichi sobiq Sovet Ittifoqini ham chetlab o’tmadi. Ko’plab milliy tizimlar yaratildi. Ularga:
Saratovda – mahsulotning nuqsonsiz tayorlash tizimi (bezdefektnogo izgotovleniya produktsii - BIP);
Yaraslavldagi “Avtodizelь” birlashmasida – motoresursni oshirish bo’yicha ishlarni ilmiy tashkil etish (nauchnaya organizatsiya rabot po uvelicheniyu motoresursa - NORM);
Ribindagi motorqurilish zavodida – ishlab chiqarish va boshqaruvda mehnatni ilmiy tashkil etish (nauchnaya organizatsiya truda, proizvodstva i upravleniya - NOTPU);
Gorьkovskiyda – “sifat, ishonchlilik, birinchi mahsulotdan resurs” nomli sifat tizimi (kachestvo, nadejnostь, resurs s pervыx izdeliy KANARSPI) misol keltirish mumkin.
BIP tizimi asosiga mehnatni bevosita bajaruvchi tomonidan nazorat qilish qo’yilgan. Ijrochi yaratilgan mahsulot sifati uchun mas’ul bo’lgan.
NORM tizimi dvigatel motoresurslarini rejali, tizimli nazorat qilishni va uni rejalashtirayotgan motoresursni belgilovchi dizel va detallarning uzoq muddatliligi (yashovchanligi), ishonchliligini oshirishi asosida tsiklik o’stirib borishni nazarda tutgan. NORM tizimida sifatni miqdoriy ko’rsatkichlarini rejalashtirish, uni qo’llash, mahsulotning butun hayot tsikli davomida amalga oshirilgan.
NOTPU uchun ishlab chiqarishni, boshqaruvni va mehnatni ilmiy tashkil etish usullaridan majmuaviy foydalanish, korxona bo’yicha va har bir ish joyi uchun texnologiya va texnologik jihozlarni doimiy yangilab borishni takomillashtirish harakterlidir. Korxonaning tsex va uchastkalari miqyosida boshqaruv, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasini miqdoriy jihatdan baholash ishlari ko’rib chiqilgan.
Eng yaxshi tizimlardan biri o’z davridan ancha ilgarilab ketgan KANARSPI tizimi xisoblangan. Unda:

  • mahsulot sifatini pasaytirish sabablarini aniqlash, bartaraf etish uchun mahsulotni ishlab chiqarish jarayonidan samarali foydalanish;

  • seriya namunasini yaratish jarayonida konstruktorlik va texnologik tajribalarni o’tkazish;

  • ishlab chiqaruvchi tashkilot ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning mahsulotga yangidan ishlov berish jarayonini takomllashtirish va uni ekspluatatsiyasining texnologik darajasini oshirishda faol ishtirok etishi kabi talablar mavjud bo’lib, undan sanoatning ko’plab tarmoqlarida foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Sifatni majmuaviy boshqarishning xususiyati shundaki, avvallari korxonalar tomonidan ko’proq mahsulot ishlab chiqarish hajmi, yetkazish muddati, harajat va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha alohida qarorlar qabul qilingan bo’lsa, bu davrga kelib, mahsulot sifati korxonaning birinchi raqamli harakat rejasiga aylandi va boshqa barcha yo’nalishlar ushbu maqsadga bo’ysundirildi. SHunday qilib, korxona faoliyatini boshqarishning barcha sohalari sifat manfaatlaridan kelib chiqib tashkillashtirildi.
Agar TQC – o’rnatilgan tartiblarni bajarish maqsadida sifatni boshqarish bo’lsa, TQM – maqsadlarni talablar asosida boshqarish hisoblanadi. TQMga iste’molchida mahsulot sifati haqida ishonch qozonuvchi tadbirlar tizimini ifodalovchi sifatni ta’minlash ham kiritiladi. TQM tizimi doimiy sifatni yaxshilashga, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga va o’z vaqtida yetkazib berishga yo’naltirilgan majmuaviy tizim hisoblanadi.
TQM ning asosiy g’oyasi rivojlantirishning chegerasi yo’q degan tamoyilga asoslanadi. Sifat doirasida nolь deffekt, nolь noishlab chiqarish harajatlari, o’z vaqtida yetkazish degan maqsadli harakat mavjud.
TQM tizimi sifatni boshqarish usullarining bir-biriga mos keladigan maqsadlaridan foydalanadi. Tizimning asosiy xususiyatlaridan biri muammoni izlash usullarining jamoaviy shakllaridan foydalanish, tahlil qilish va yechish hisoblanadi.
TQMda insonning o’rni va personalni o’qitish masalalari ortib boradi. Bunda motivatsiyaning shunday darajasiga erishiladiki, ishchilar ishga kirishib ketganlaridan mehnat ta’tillarini rad etadilar, ishda ko’p ushlanib qoladilar va ishni uyda ham davom ettiradilar. Yangi ishchilar sinfi paydo bo’ladi. Ta’lim ishchilarni butun mehnat faoliyati davomida uzluksiz qamrab oladi. O’qitish shakllari o’zgarib yanada faollashadi, o’yinlardan, maxsus testlardan, AKT usullaridan foydalaniladi. O’qitish motivatsiyaning bir qismiga aylanadi, ya’ni yaxshi ta’lim olgan odam o’zini jamoada yaxshi his etadi, lider vazifasini bajara oladi, karьerada afzalliklarga ega bo’ladi. Ishchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishning maxsus usullari ishlab chiqiladi va foydalaniladi.
Iste’molchi va yetkazib beruvchilarning o’zaro munosabati sifatni sertifikatsiyalash tizimiga, ayniqsa ISO 9000 standartlariga katta ta’sirini ko’rsatdi. Sifat tizimi maqsadli ravishda 9000 seriyali ISO standartlariga asosan qurildi, ya’ni iste’molchi tarafidan talab qilingan mahsulot sifatini ta’minlash, unga korxona ushbu ishlarni amalga oshirishga imkoniyati yetarli ekanligini isbotlash, biroq ISO 9000 seriyali standartlarida iqtisodiy samaradorlik masalalari biroz oqsab qolgan, o’z vaqtida yetkazish qoidalari bo’lmagan.
Ushbu standartlar tizimi barcha masalalarni va vazifalarni qamrab ololmaganligiga qaramasdan uning bozor mexanizmidagi o’rni va mavqei oshib bormoqda.
Sifat sertifikatlari korxonalar uchun ularning turli tender va loyixalarda qatnashishlarida asosiy shartlardan biriga aylandi. Keng qamrovda sifat tizimi sertifikatlarini qo’llanilishi sug’urta ishiga aylandi, ya’ni uning mavjudligi korxonaning ishonchliligidan dalolat beradi.
Beshinchi bosqich. 1990-yillarga kelib jamiyatning korxonalarga bo’lgan ta’siri kuchayib ketdi va natijada korxonalar jamiyat qiziqishlari va manfaatlarini ko’proq o’rgana boshladilar. Bu holat, menejment tizimiga atrof-muhitni muhofaza qilish va mahsulot havfsizligi nuqtai nazaridan xosil bo’lgan talablar o’rnatilgan ISO 14000 seriyali standartlarini vujudga kelishiga olib keldi.
ISO 14000 seriyali standartlar asosida sifat tizimini sertifikatlashtirish ISO 9000 seriyali standartlar asosidagi sertifikatlashtirishdan kam mashhur bo’lmadi. Sifatga insoniy ta’sirlarning o’rni ortdi, o’z xodimlari ehtiyojlarini qondirish korxona rahbarlarining diqqat markazida bo’ldi.
Korporatsiyalarning xususiyatini hisobga olgan va o’z maqsadlarini xalqaro standartlar talablarini kuchaytirish sifatida qo’ygan sifatni boshqarishning korporativ tizimlari vujudga keldi. Ya’ni, AQSHdagi yirik avtomobil kompaniyalari 1990 yilda (ikkinchi tahriri 1994 yilda ishlab chiqilgan) QS 9000 “Sifat tizimiga talablar” standartini ishlab chiqdilar. Mazkur standart ISO 9001 standartlariga asoslangan bo’lsada, keyinchalik yana boshqa og’ir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham uni o’zlari uchun ishlab chiqdilar va unga rioya qila boshladilar.
ISO 14000 va QS 9000 seriyali standartlarni tadbiq etish, shuningdek sifatni rag’batlantirish bo’yicha o’z-o’zini baholash modellarini vujudga kelishi sifat tizimini boshqarishning beshinchi bosqichini asosiy erishgan natijalari xisoblanadi.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish