2.5. Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish
Sertifikatlashtirish ikki xil ya’ni, majburiy va ixtiyoriy harakterga ega bo’ladi. Majburiy sertifikatsiya qonunlar va qonuniy aktlar asosida amalga oshiriladi va tovar (jarayonlar, xizmatlarning), texnik reglamentlar talablariga va standartlarning majburiy talablariga mosligini isbotlashni ta’minlaydi.
Ushbu normativ xujjatlarning majburiy talablari xavfsizlik insonlarning sog’lig’ini ximoya qilish va atrof muxitni muxofaza qilishga qaratilganligi sababli majburiy sertifikatsiyaning asosiy yo’nalishi bo’lib xavfsizlik va ekologiklik xisoblanadi.
Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muxitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy me’zon xisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muxitga, inson salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo’ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish xuquqiga ega bo’lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon xizmatining standartlaridagi majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Xozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini yaxshilash, ularni raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o’tkazish extiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko’pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. U ko’riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchining (birinchi tomon) va haridorning (ikkinchi tomon) manfaatlarini ximoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko’radilar.
Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarining ishonchiga sazovor bo’lmoqda va shu sababli bunday yo’l keng qo’llanilib, keng tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda, uni turlicha tashkil qilish mumkinligini ko’rsatmoqda: ishlab chiqaruvchi assotsiatsiyalar, yirik istemolchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan, masalan, Frantsiya va Angliyada 60-yillar boshida iste’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o’tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiqlikni qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. SHuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb xisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash xavfidan ximoyalangan qurilmalarning, atom reaktorlarining va tog’ texnikasining ishlatishdagi xavfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat o’rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Akkreditatsiya – bu nufuzli idora tomonidan, boshqa bir tashkilot yoki shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishda to’la huquqli vakolat berilganligini e’tirof etishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |