8.3. SHtrixli kodlashtirish
Ba’zan biron mahsulot harid qilganimizda uning ko’rinarli joyida yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni ko’rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan. Xush, shtrix-kodlar nima va qachon paydo bo’lgan?
SHtrix-kodlarni mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bor XX asrning 30 yillarida AQSHning Garvard biznes maktabida yaratilgan, undan amalda foydalanish esa bir necha o’n yillardan so’ng, ya’ni, 60 yillarda boshlangan. SHtrix-kodlardan dastlabki foydalanuvchilar temir yo’lchilar bo’lib, ular bu usul orqali temir yo’l vagonlarini identifikatsiyalashgan. Mikroprotsessor texnikasining tez sur’atlarda rivojlanishi 1970 yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSH da mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropada Kodlash Tizimi YeAN (European Article numbering) ta’sis etildi va xozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng foydalanilmoqda.
SHtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo’lib, bu chiziqlarning o’lchamlari standartlashtirilgan. SHtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o’qishga mo’ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyu’terga uzatiladi.
Ko’pgina iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda mahsulotning o’ramida (upakovkasida) shtrix-kodning bo’lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaradorligi mahsulotning 85% foizdan ko’pi kodlashtirilganda yaqqol nomoyon bo’ladi. Bundan tashqari, mahsulotga nisbatan bo’lgan talab va extiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish va xujjatlarni rasmiylashtirishda, hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvdagi nazoratlarni amalga oshirishda alohida o’rin tutadi.
Asosan YeAN (European Article numbering) ning ikki kodidan ko’proq foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo’ladi (8.3.1-rasm).
8.3.1-jadval
Dunyoda ishlab chiqariladigan tovarlarga qo’yiladigan shtrix kodlar
(faqat birinchi uchta raqam ya’ni mamlakat kodi)
kod
|
davlatlar
|
kod
|
davlatlar
|
kod
|
davlatlar
|
00-09
|
AQSH, Kanada
|
570-579
|
Daniya
|
750
|
Meksika
|
387
|
Bosniya-Gertsegovina
|
590
|
Polsha
|
754-755
|
Kanada
|
400-440
|
Germaniya
|
594
|
Ruminiya
|
759
|
Venesuela
|
450-459
|
Yaponiya
|
599
|
Vengriya
|
760-769
|
SHveytsariya
|
460-469
|
Rossiya
|
600-601
|
Janubiy Afrika
|
770
|
Kolumbiya
|
479
|
Qirg’iziston
|
603
|
Gana
|
773
|
Uragvay
|
471
|
Tayvanь
|
608
|
Baxreyn
|
775
|
Peru
|
474
|
Estoniya
|
609
|
Mavrikiy
|
777
|
Boliviya
|
475
|
Latviya
|
611
|
Marokash
|
779
|
Argentina
|
476
|
Ozarbayjon
|
613
|
Jazoir
|
780
|
CHili
|
477
|
Litva
|
616
|
Keniya
|
784
|
Paragvay
|
478
|
O’zbekiston
|
618
|
Kot-D Ivuar
|
786
|
Ekvador
|
479
|
SHri-Lanka
|
619
|
Tunis
|
789-790
|
Braziliya
|
480
|
Filippin
|
621
|
Suriya
|
800-839
|
Italiya
|
481
|
Belorussiya
|
622
|
Misr
|
840-849
|
Ispaniya
|
482
|
Ukraina
|
624
|
Liviya
|
850
|
Kuba
|
484
|
Moldova
|
625
|
Iordaniya
|
858
|
Slovakiya
|
485
|
Armaniston
|
626
|
Eron
|
860
|
Serbiya va CHernogoriya
|
486
|
Gruziya
|
628
|
Saudiya Arabistoni
|
865
|
Mongoliya
|
487
|
Qozog’iston
|
629
|
BAA
|
867
|
SHimoliy Koreya
|
489
|
Gogkong
|
640-649
|
Finlyandiya
|
884
|
Kambodja
|
500-509
|
Angliya
|
690-695
|
Xitoy
|
885
|
Tailand
|
520
|
Gretsiya
|
700-709
|
Norvegiya
|
888
|
Singapur
|
528
|
Livan
|
729
|
Isroil
|
890
|
Hindiston
|
529
|
Kipr
|
730-739
|
SHvetsiya
|
893
|
Vьetnam
|
530
|
Albaniya
|
740
|
Gvatemala
|
899
|
Indoneziya
|
531
|
Makedoniya
|
741
|
Salьvador
|
900-919
|
Avstriya
|
535
|
Malьta
|
742
|
Gonduras
|
930-939
|
Avstriya
|
539
|
Irlandiya
|
743
|
Nikaragua
|
940-949
|
Yangi Zelendiya
|
540-549
|
Belgiya, Lyuksemburg
|
744
|
Kosta-Rika
|
955
|
Malayziya
|
560
|
Portugaliya
|
745
|
Panama
|
958
|
Makao
|
EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo’lib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Gretsiya - 520, Rossiya - 460-469, BAA - 629, Braziliya - 789-790 va boshqalar. 8.3.1-jadvalda davlatlarning litsenziya asosida olingan kodlari keltirilgan.
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo’lib, davlat kodidan keyin keladi. Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo’ladi. Bu kodning rasshifrofkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli bo’lgan muayyan xususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o’zigagina ma’lum bo’lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin.
13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko’rsatiladi:
- davlat kodi (“davlat bayrog’i”);
- korxona (firma) — tayyorlovchi kodi;
- mahsulotning kodi;
- nazorat soni.
Nazorat soni YeAN ni algoritmi bo’yicha kodni skaner vositasida to’g’ri o’qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.
CHetki shtrixlar
Markaziy shtrixlar
5 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 0
Davlat kodi Nazorat soni
Mahsulot kodi
Tayyorlovchi kodi
8.3.1-rasm. 13 razryadli YeAN kodi
EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo’lmaydigan kichik o’ramlar uchun mo’ljallangan. YeAN-8 kodi quyidagi kodlar tartibidan iborat:
- davlat kodi (“davlat bayrog’i”);
- korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
- nazorat soni.
Ba’zan, tayyorlovchi korxona kodining o’rniga mahsulotning qayd etish tartib raqami keltirilishi ham mukin.
Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki haridorlar uchun mo’ljallangan. Talabgor (haridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot ba’zalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To’liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo ob’ektlariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish, kerak bo’lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan paramaetlari va ko’rsatkichlari borasida aniq manzilga raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.
IX BOB. O’ZBEKISTONDA SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMI
VA TARTIBI
Ushbu bob mavzusi ham o’ta qiziqarli va xozirgikunda dolzarb bo’lib, uni o’rganish jarayonida quyidagi savollarga javob topish zarur:
O’zbekiston milliy sertifikatlashtirish tizimini tushuntirib bering?
O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimining qaysi turlaridan foydalaniladi?
Sertifikatlashtirish tartibi va bosqichlari to’g’risida nimalarni bilasiz?
O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to’g’risida nima deya olasiz?
Gigienik sertifikatni, veterinariya va fitosanitariya xulosalarini rasmiylashtirish va berish tartibi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |